Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

institutlardir, ya’ni firma va turli muassasalardir. 
Bozorning miqyosi, unda ishtirok etuvchi tovarlarning tarkibi, oldi-
sotdi munosabatlarining xarakteriga qarab turli infratuzilma bo‘g‘inlari 
amal qiladi. Infratuzilma ikki xil bo‘ladi. Birinchisi, hamma bozor 
aloqalariga xizmat qiluvchi infratuzilma. Bu tovarlar qanday ko‘lamda, 


 139
qanday usullar bilan sotilishidan qat’i nazar, hamma bozorlarga xos 
bo‘ladi. Bunga sug‘urta, savdo-sotiqda sherik topish, pulni undirish kabi 
xizmatlarni ko‘rsatuvchi muassasalar kiradi. Ular xizmatidan bozorning 
barcha ishtirokchilari kerak bo‘lgan paytda foydalanadi. Infratuzilmaning 
ikkinchi turi bu maxsus bozorlarda maxsus xizmat ko‘rsatuvchi 
institutlardir. Bular jumlasiga savdo uylari, tovar birjalari, reklama 
kompaniyalari, mehnat birjalari, fond (qimmatli qog‘ozlar) birjalari, 
broker kompaniyalari, auditor firmalarini kiritish mumkin. Bular ham 
vositachilik qiladi, ammo ular xizmati hamma yerda emas, balki ayrim 
bozorlarda yuz beradi. Tovar birjalari ulgurji savdo xizmatini ko‘rsatadi, 
ular orqali tovar ishlab chiqaruvchilar xaridor topadi. Mehnat birjasi ish 
beruvchi bilan ishga kiruvchiga xizmat ko‘rsatadi. Fond birjasi qimmatli 
qog‘ozlar (aksiya, obligatsiya, sertifikat va boshqalar) egalari bilan ularga 
xaridorlarni bir-biriga bog‘lashda xizmat qiladi. Broker firmalari ulgurji 
savdoda vositachilik qiladi. Auditor firmalari xizmati maxsus tavsifga 
ega. Ular axborot xizmatini ko‘rsatadilar, ya’ni taftish asosida 
firmalarning ahvoliga tegishli xolisona axborotni bozor ishtirokchilariga 
yetkazib beradi. 
Bozor infratuzilmasida huquqiy xizmat ko‘rsatish alohida o‘rin 
tutadi. Bozorda faoliyat yuritishning qoidalari turli qonunlarda 
belgilanadi, ularga rioya etish nazorat qilinadi. Bozor qoidalari uning 
hamma ishtirokchilari manfaatini hisobga oladi, qanday ish qilish 
mumkinligini va qanday ishga yo‘l berilmasligini aniqlab qo‘yadi. Bozor 
qonun-qoidalari buzilganda, uning layoqatsizligi paydo bo‘ladi, muhimi 
bozor aloqalarini o‘rnatishga qaratilgan xarajatlar (bular transaksion 
xarajatlar deb yuritiladi) ortib ketadi, bozor o‘z vazifalarini yaxshi 
bajarmay qo‘yadi. Shu sababli qonun-qoidalarning bajarilishini 
ta’minlovchi huquqiy xizmatlar borki, bularni xo‘jalik sudlari, arbitraj 
firmalar va advokatlar firmalari bajaradi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling