Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
O‘z yo‘li deganda O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish va
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
O‘z yo‘li deganda O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish va
mustaqillikni ta’minlash muammolarining birgalikda hal etilishi tushuniladi. Mazkur yo‘lning o‘ziga xosligi shundaki, ilgari birorta mamlakat ijtimoiy (davlat) mulkka asoslangan sotsialistik tuzum o‘rnida bozor iqtisodiyoti tamoyillariga yo‘naltirilgan ko‘p ukladli tuzum qurmagan, ya’ni bu borada sinalgan yo‘l yo‘q edi. Bu yo‘lning o‘ziga mosligiga kelsak, Sharq mamlakatlari, ayniqsa, O‘zbekistonda yashash, ishlash, tadbirlar o‘tkazish – hamma-hammasi qadimdan sherikchilikka, jamoa bo‘lib ish tutishga asoslangan. Bu yo‘l O‘zbekistonni kelajakda iqtisodiyoti rivojlangan, de- mokratiya rivoj topgan, sotsial barqarorlik hukm surgan davlatga aylantirishni mo‘ljallaydi, O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat degan ilmiy xulosaga asoslanadi. Mustaqillikning ilk yilidayoq Prezident Islom Karimov Vatan taraqqiyotini ta’minlovchi yo‘lning ahamiyatini quyidagicha ta’kidlab: «Respublikaning bozor munosabatlariga o‘tishida o‘z yo‘lidan izchillik bilan borishi demokratik o‘zgarishlar, respublikani rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib chiqish, uning xalqaro obro‘- e’tiborini mustahkamlash uchun puxta moddiy negiz yaratadi» 1 , – deb ta’kidlagan edi. Bu borada O‘zbekiston oldiga quyidagi vazifalarni belgiladi: 1 Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ – ɛɨɡɨɪ ɦɭɧɨɫɚɛɚɬɥɚɪɢɝɚ ʆɬɢɲɧɢɧɝ ʆɡɢɝɚ ɯɨɫ ɣʆɥɢ. – Ɍ.: «ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ», 1993. – Ȼ. 8. 147 ¾ barcha mulk shakllarining tengligini ta’minlash; ¾ iqtisodiy faoliyatga erkinlik berish; ¾ ishbilarmonlikni rivojlantirish, tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish; ¾ erkin narx-navoga o‘tish; ¾ iqtisodiy monopolizmga yo‘l bermagan holda raqobatga keng yo‘l ochish; ¾ ishlab chiqarishning zamonaviy milliy manfaatga mos bo‘lgan strukturasini yaratish; ¾ qudratli iqtisodiy salohiyatga tayangan holda mamlakat milliy boyligini oshirib, xalqning hamma qatlamlariga farovonlik, kelajakka ishonch berish; ¾ xalqaro iqtisodiy munosabatlarda faol ishtirok etish, mamlakat iqtisodiyotining jahon xo‘jaligi bilan integrasiyalashuviga erishish. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, bozor iqtisodiyoti – bu mukammal ishlab chiqarish omillariga ega bo‘lgan, tovar-pul munosabatlariga asoslangan aniq ijtimoiy mo‘ljali bor, bozor signallariga binoan va pul vositasida boshqarilib turuvchi iqtisodiyotdir. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling