Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Bozor iqtisodiyotining mohiyati va belgilari quyidagilardan
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozor iqtisodiyotining jadal borishini ta’minlovchi kuchlar
Bozor iqtisodiyotining mohiyati va belgilari quyidagilardan
iborat: iqtisodiy faoliyatning erkinligi; mulk shakllarining xilma-xilligi; iqtisodiyotning antimonopolistik xarakteri; raqobat; sog‘lom pul muomalasi; yuridik va jismoniy shaxslarning teng imkoniyati; narx-navoni erkinlashtirish; iqtisodiy manfaatlarni uyg‘unlashtirishga erishish; ijtimoiy yo‘nalishlarning kuchayishi; boshqaruvga asoslanganligi. Bozor iqtisodiyotining jadal borishini ta’minlovchi kuchlar: iqtisodiy faoliyat erkinligi – bu tadbirkorlar uchun keng imkoniyat yaratadi; qonuniy daromadlarning cheklanmasligi – bu qo‘shimcha daromad topishga undaydi; sog‘lom raqobat kurashi – bu kim o‘zdi qoidasini yuzaga keltiradi, yangilikni joriy etishga undaydi, texnika-texnologiyani, mehnat unumdorligini va sifatini oshiradi. Qattiq mehnat va ijro etish intizomini yaratadi. 148 Shunday qilib, O‘zbekiston o‘zining istiqlol va taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi, o‘zining ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti yo‘lini ishlab chiqdi. Ammo, bu yo‘l g‘oyat mashaqqatli va uzoq yo‘ldir. Mustaqillikning dastlabki yillarida «O‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘limiz, – deb ta’kidlagan edi Islom Karimov, – bu gul bilan qoplangan yo‘l emas, bu totalitarizm merosidan xalos bo‘lish va poklanish, mafkuraviylik illati yetkazgan ziyon-zahmatlarni bartaraf etishning qiyin, uzoq davom etadigan yo‘lidir. Bu – jahon sivilizatsiyasiga qo‘shilish chinakam siyosiy va iqtisodiy istiqlolga erishish yo‘lidir. Bu yo‘ldan faqat haqiqiy vatanparvargina, o‘z mamlakati va xalqining taqdiri uchun butun qalbi va yuragini bag‘ishlagan, o‘z manfaatlarini respublikaning qudratli va farovon bo‘lishiga erishish maqsadlariga bo‘ysundira oladigan, bunga o‘zining kuch-g‘ayrati, tashabbusi, bilimi va mehnatini bag‘ishlay oladigan kishilargina yura oladi» 1 . «O‘zbekiston yo‘li» va unga binoan respublikamizda o‘tkazilayotgan islohotlarni akademik M. Sharifxo‘jayev «Istiqlol istiqbollari» risolasida ta’kidlaganidek, «Islom Abdug‘aniyevich islohotlari», deb atalsa xato bo‘lmaydi. Chunki islohotlarning ilmiy-nazariy asoslari va yo‘nalishlari Prezidentning mamlakat taraqqiyotiga bag‘ishlangan risolalari, nutq va chiqishlarida bayon etilgan. Islohotning o‘zi ham bevosita Islom Karimov rahbarligida amalga oshirilmoqda 2 . L. Levitin va D. Karlaylning «Islom Karimov – yangi O‘zbekiston Prezidenti» asarida «O‘zbekiston yo‘li» xususida quyidagilar bayon qilingan: «Aminmanki, «O‘zbekiston yo‘li» – bu Islom Karimovning kashfiyoti, ko‘p jihatdan, agar ta’bir joiz bo‘lsa, uning «NOU-XAU»sidir. Bu uning iqtisodiy tafakkurining natijasi, yaqqol fikrlash qobiliyati, siyosiy yo‘lboshchilik iste’dodi hamda oddiy odamga nima kerakligini bilishi va tabiiyki, dunyo tajribasini juda yaxshi bilishi oqibatidir» 3 . Islom Karimovning «O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqur- lashtirish yo‘lida» (1995) kitobida esa ma’lum darajada yaxlit davrda – bozor iqtisodiyotiga o‘tishning birinchi bosqichi ya’ni istiqlolning to‘rt yili mobaynida mamlakatimiz taraqqiyotining barcha jabhalarida amalga 1 Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ – ɛɨɡɨɪ ɦɭɧɨɫɚɛɚɬɥɚɪɢɝɚ ʆɬɢɲɧɢɧɝ ʆɡɢɝɚ ɯɨɫ ɣʆɥɢ. – Ɍ.: «ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ», 1993. – Ȼ. 127. 2 ɒɚɪɢɮɯʆɠɚɟɜ Ɇ. ɒ. ɂɫɬɢԕɥɨɥ ɢɫɬɢԕɛɨɥɥɚɪɢ. – Ɍ.: «ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ», 1994. – Ȼ. 20. 3 Ʌɟɜɢɬɢɧ Ʌ., Ʉɚɪɥɚɣɥ Ⱦ. ɂɫɥɨɦ Ʉɚɪɢɦɨɜ – ɹɧɝɢ ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɉɪɟɡɢɞɟɧɬɢ. – Ɍ.: «ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ», 1996. – Ȼ. 44. 149 oshirilgan tarixiy ishlarning amaliy yakunlari va uning saboqlari, istiqbolda bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor va dolzarb vazifalar chuqur va atroflicha tahlil etilgan. Shuningdek, bu haqda Koreya Respublikasi Milliy assambleyasi sobiq spikeri Li Man-sop O‘zbekiston Prezidentining asarlari, shuning- dek, uning nazariyasi va rahbarligida O‘zbekistonda tadrijiy va bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinayotgan islohotlar bilan anchadan buyon yaxshi tanish ekanligi, so‘nggi o‘n yil va asosan avj olayotgan jahon moliyaviy inqirozi nafaqat asosiy ijtimoiy-siyosiy islohotlarni amalga oshirish, balki jahon inqirozi oqibatida yuzaga kelgan murakkab vaziyatdan chiqish borasida ham O‘zbekiston tomonidan tanlangan yo‘lning to‘g‘ri ekanligini aniq ko‘rsatgani haqida yozadi. U sanoatni modernizatsiya qilish va texnik jihatdan yangilashda bank va moliya tizimini takomillashtirishning davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlanishi O‘zbekistonga tashqi salbiy ta’sirdan kelayotgan zararni kamaytirishi va asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning barqarorligini ta’minlash imkoniyatini berganini ta’kidlagan. Yuqorida ko‘rib chiqilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning turli modellari barcha mamlakatlarni bitta manzilga – erkin bozor iqtisodiyoti tizimiga olib keladi. Ammo, bozor munosabatlari shakllanishining sotsial-iqtisodiy, tarixiy, milliy va xalqaro sharoiti har xil bo‘lganligi tufayli, unga o‘tishning milliy xususiyatlari ham mavjud bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan biror mamlakatning taraqqiyot yo‘lini yoki taraqqiyot modelini borligicha qabul qilib bo‘lmaydi. Fransiyada chop etiladigan «Liberasyon» gazetasi muxbirining «Turkiya modeli» xususida bergan savoliga Prezident Islom Karimov quyidagicha javob berdi: «Turkiya bozor munosabatlari yo‘liga o‘tib erishgan tub o‘zgarishlari bilan ham hurmatga loyiqdir. Biroq, mustaqil O‘zbekiston Turkiya yo‘lidan ko‘r-ko‘rona nusxa ko‘chirmoqchi emas. Odamzod birovning bo‘yiga qarab o‘ziga to‘n bichmaydi» 1 . O‘z mamlakati milliy manfaatlarini hisobga olmay, Vatan taraqqiyoti va xalq farovonligini ta’minlash mumkin emas. Turli xorijiy mamlakatlar taraqqiyot modeliga ko‘r-ko‘rona tayanib, ish tutgan MDH doirasidagi ayrim mamlakatlarda islohotlarda depsinish hollari, tashqi qarzga botish, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida ochilib, o‘zining zaif tomonlarini ko‘rsatdi. 1 Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling