Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
Huquqiy tizim – mamlakat hududida amal qiladigan barcha yuridik
vositalar, institutlar va muassasalarning yig‘indisi bo‘lib, butun jamiyat hayotining huquqiy tashkil etilishini ifodalaydi. 3.2. Davlat iqtisodiy o‘zgarishlarning tashkilotchisi va bosh islohotchisi. 167 Bozor munosabatlariga o‘tish davrida davlat bosh islohotchi bo‘lishi, iqtisodiyot va ijtimoiy turmushning hamma sohalarini o‘zgartirish rejalarini tuzib, uni izchillik bilan amalga oshirishi zarur. 3.3. Davlat iqtisodiy faoliyatining asosiy yo‘nalishlari: bozor iqtisodiyoti huquqiy asoslarini ta’minlash; bozor mexanizmi yaxlitligi va uning normal ishlashi uchun shart- sharoit yaratish; aholini iqtisodiy jihatdan himoya qilish va daromadlarini adolatli taqsimlash; atrof-muhitni muhofaza etish; xalqaro iqtisodiy munosabatlarning samarali rivojlanishini ta’minlash. 3.4. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning iqtisodiy vazifalari: tartibga solinadigan bozor sharoitida asosiy maqsad yo‘nalishlarini ishlab chiqadi, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning strategik yo‘lini belgilaydi va bu yo‘lni o‘tkazish yuzasidan taktik xatti-harakatlarni amalga oshiradi; bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida iqtisodiy erkinliklarning kafolati vazifasini o‘taydi; bozor institutlarini yaratish uchun qulay sharoit tug‘diradi; vujudga kelayotgan ishbilarmonlik tuzilmalari qaror topishi va rivojlanishiga ko‘maklashadi; aniq maqsadga qaratilgan tuzilma siyosatni amalga oshiradi (ustuvor yo‘nalishlarni aniqlaydi); hamma ma’lum iqtisodiy vositalar – moliya, kredit, soliq, valuta siyosati, narx-navoni nazorat qilish va bevosita ta’sir o‘tkazishning choralari orqali iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni tartibga soladi; iqtisodiyotni sog‘lomlashtirish muammolarini birinchi navbatda hal etadi. 4. O‘zbekistonning o‘z yangilanish va taraqqiyot yo‘liga asos bo‘lgan eng muhim qoidalardan biri bozor iqtisodiyotiga o‘zining barcha bosqichlarida oldindan kuchli ijtimoiy siyosat o‘tkazishdir. 5. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi. Bozor iqtisodiyoti tomon izchillik bilan bosqichma-bosqich borishda O‘zbekistonga xos xususiyat mana shundadir. 5.1. O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tishida dastlabki vazifalar: bozor iqtisodiyotining huquqiy asoslarini yaratish; fuqarolarni ijtimoiy jihatdan himoya qilish; mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish; bozor infratuzilmasini yaratish; 168 mulkning xilma-xil shakllarini rivojlantirish; bevosita xo‘jalik aloqalarini har tomonlama rivojlantirish; narx-navoni bosqichma-bosqich erkinlashtirish; iqtisodiyotning ochiqligi va jahon tizimiga kirib borishini ta’minlash; tadbirkorlikni rag‘batlantirish; iqtisodiyotni ma’naviy barqarorlashtirish, milliy pulni joriy etish. 5.2. Boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o‘tish xususiyatlari: bu mavjud xo‘jalik yuritish usulini yangilash yoki takomillashtirish emas, balki tamoman yangicha xo‘jalik yuritish tizimini joriy etishdir; bu bir sifat holatidan ikkinchisiga o‘tishdir; bu odamlar uchun mutlaqo yangi hayot falsafasidir; bu bir vaqtning o‘zida bo‘ladigan tadbir sifatida amalga oshirilishi mumkin emas, balki bir qancha bosqichlarni o‘z ichiga oluvchi uzoq davrni talab etadi. 6. Taraqqiyotning «O‘zbek modeli»ning hayotiyligi. Mustaqil rivojla- nishning o‘tgan davrini umumlashtirish va tahlil etish isloh qilishning «O‘zbek modeli» asosli va to‘g‘ri bo‘lib chiqdi, deb aytish uchun to‘la imkon beradi. Bugun uni obro‘li xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, jahonning ko‘pgina mamlakatlari tan olmoqda. Eng asosiysi – hayotning o‘zi uni tasdiqlamoqda. 7. «O‘zbek modeli»ning amaliy natijalari: iqtisodga ortiqcha siyosiy tus berilmadi, mafkuradan xoli etildi; iqtisodiy islohotlarni o‘tkazishda davlatning roli kuchaytirildi; bozor munosabatlariga o‘tish odamlar ongini o‘zgartirish bilan bog‘liq holda asta-sekin amalga oshirildi; iqtisodiy islohotlar kuchli ijtimoiy siyosat bilan qo‘shib olib borildi, bu ijtimoiy keskinlikning oldini olishga olib keldi; bor imkoniyatlar, cheklangan resurslar iqtisodiyotning hayotiy ustuvor sohalariga qaratildi; mamlakatning neft mahsulotlari, gaz, yoqilg‘i hamda don bilan ta’minlash sohalariga ustuvor sohalar deb qaraldi; ishlab chiqarishning keskin pasayishiga yo‘l qo‘yilmadi. 8. Islohotlar natijasida O‘zbekistondagi barcha yer osti va usti boyliklari, barcha korxonalar, transport va aloqa vositalari, boy xom ashyo, yerimiz, suvimiz respublika mulkiga aylantiriladi. O‘zbekiston markazning iqtisodiy sohaga hukmronligidan xalos bo‘ldi, iqtisodiyotimiz to‘la-to‘kis respublika aholisi manfaatiga xizmat qiladigan bo‘ldi. 9. O‘zbekiston uchun bosh yo‘l va maqsad iqtisodiyoti rivojlangan, xalqi farovon yashaydigan, inson haq-huquqlari to‘la tantana qilgan, chinakam demokratik jamiyat barpo etishdan iborat. Shunday jamiyat sari borishning 169 sharti bozor iqtisodiyotiga o‘tish hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarishni barqaror va shaxdam o‘stirish vositalarini yuzaga keltirishi bilan istiqbolli hisoblanadi. Butun dunyo tajribasi ko‘rsatganidek, iqtisodiy yuksalish uchun bozor munosabatiga o‘tishdan boshqa umid yo‘li yo‘q. Jahon sivilizatsiyasi ijtimoiy taraqqiyotning sifat jihatidan yangi yo‘llarini ishlab chiqdi, tartibga solingan bozor iqtisodiyoti mana shu yo‘lga asos qilib olingan. 10. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lining hamma yerda o‘ziga xos xususiyatlari bor. Davlatimiz rahbari Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston konsepsiyasi mana shundan kelib chiqadi va bozor iqtisodiyotiga o‘tishda o‘z yo‘li borligiga asoslanadi. Bu yo‘l bozor iqtisodiyotini O‘zbekistonning o‘ziga xos sharoitlarini hisobga olgan holda izchillik bilan shakllantirib borishni, unga sekin-asta, bosqichma-bosqich, xalqni himoya qila borib, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash orqali o‘tishni bildiradi. Ammo bu bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lgan qandaydir yangi milliy qonuniyatlar bor va ular faqat O‘zbekistonga xos degan so‘z emas. Bozor iqtisodiyoti umuminsoniy istiqbol yo‘li, insoniyat uchun umumiy qadriyat hisoblanadi, uning rivojlanish qonun-qoidalari ham umumiy, lekin bu umumiylik xususiylikni inkor etmaydi, aksincha, uni taqozo qiladi. Bozor iqtisodiyoti mavhumlik emas, aniq ko‘rinishga ega va bu har bir mamlakatning o‘ziga xos sharoitida ifoda etiladi. 11. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish konsepsiyasi shu iqtisodiyotning tub belgilarini ilmiy izohlagan holda, ularni shakllantirish yo‘llarini ochib beradi. Bozor iqtisodiyoti keng ma’noda erkin, monopollashmagan, yuksak rivojlangan va aniq ijtimoiy mo‘ljalga ega bo‘lgan iqtisodiyot deb qaraladi, unga iqtisodiy faoliyat erkinligi, mulk shakllarining tengligi; iqtisodiyot subyektlarining raqobatlashuvi, xo‘jalik yuritish shakllarining turli-tumanligi, iqtisodiyotni tartiblash zarurligi, ijtimoiy hayotda ijtimoiy hamkorlik munosabati bo‘lishi qayd etiladi. 12. O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot yo‘li – bu ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘li, yangi iqtisodiy tizim zamirida inson manfaatini yuzaga chiqarish, uning mehnatini qadrlash, aholining nochor qatlamlarini ijtimoiy himoyalash maqsadlari yotadi. Tarixan tasdiqlangan tajribaga ko‘ra, bozor mexanizmi ijtimoiy yangilanishning eng samarali vositasi hisoblanadi, chunki u xalqning ijodiy va mehnat potensialini to‘la ishga tushiradi, boqimandalik va tekinxo‘rlik kayfiyatiga chek qo‘yadi, iqtisodiy tashabbus va ishbilarmonlikni rivojlantiradi, har bir kishini milliy boylikni orttirishdagi mas’uliyatini oshiradi, har bir kishini boy qilish orqali jamiyatni ham boy qilib boradi. Bozor munosabatlari ishlab chiqarishni iste’molchining talab-ehtiyojiga bo‘ysun- diradi, yangilikka, tejamli xo‘jalik yuritishga, kasbiy mahorat va tashabbusni qadrlashga undaydi. 170 13. O‘zbekiston konsepsiyasi bozor iqtisodiyotini ilohiylashtirishdan yiroq, uning o‘z muammolari borligini e’tirof etadi, unga o‘tish uzoq davom etishini, iqtisodiy beqarorlik, ishlab chiqarish munosabatlarida buzilishlar bo‘lishi singari noxush voqealar bo‘lib turishini nazardan qochirmaydi hamda davlat ishtirokida ularning oldini olish va yoyilishiga yo‘l qo‘ymaslik chora- tadbirlarini ko‘radi. Unga ko‘ra bozor iqtisodiyoti inqilobiy sakrashlar, ijtimoiy to‘qnashuvlar orqali emas, balki tinchlik vaziyatida, ketma-ket evolyutsion o‘zgarishlarni o‘tkazish orqali shakllanadi. 14. Qariyb 21 yillik mustaqil taraqqiyot yillari mobaynida iqtisodiy yutuqlarni tahlil etar ekanmiz, bu natijalarga avvalo keng ko‘lamli tizimli bozor islohotlarini joriy etish va xorijiy investisiyalarni jalb qilish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va uni modernizatsiya qilish hamda boshqa izchil islohotlar, puxta o‘ylangan siyosat orqali erishayotganimizni alohida qayd etish lozim. Bu haqda chet el ekspertlari har yili dunyoning 162 ta mamlakati bo‘yicha iqtisodiy erkinlik indeksini e’lon qiladigan «Naslediye» fondi xalqaro reyting agentligining bu boradagi xulosasi e’tiborga sazovor. Bu tashkilot 2000–2007- yillarda O‘zbekistonda erkinlashtirish indeksi 18 punktga yaxshilanib, 53 foizni tashkil qilganini e’tirof etgan edi. 2011-yilda esa «Gallup International» tadqiqot markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov tadqiqotlariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi hayotdan mamnun bo‘lib yashash bo‘yicha ancha yuqori mavqeda ekan. O‘zbekiston bu borada 13 o‘rinda turishi e’tirof etilgan. Ya’ni mamlakatimizda baxtiyorlik indeksi 62 foizni tashkil qilar ekan. Hech shubhasiz, bu ko‘rsatkichlar milliy iqtisodiyotimizni erkinlashtirish sohasida sezilarli darajada rivojlanishga erishganimizdan dalolat beradi. Nufuzli xalqaro tashkilotning ushbu e’tirofi mamlakatimizda izchil olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar, mustaqillikning ilk davridanoq belgilab olingan qat’iy ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning sobitqadamligi bilan bog‘liq bo‘lib, «O‘zbek modeli»ning hayotiyligini yana bir bor isbotladi. Yuqoridagi e’tirof, shubhasiz, O‘zbekiston – ulkan imkoniyatlar mamlakati ekanligini tasdiqlaydi. Ulardan oqilona foydalanishda hamjihatlik, ahillik va mehr-oqibat muhiti zarurligini anglashimizning o‘zi mustaqillik, sobitqadamlik, barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashning muhim sharti hisoblanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling