Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Yakka tartibdagi tadbirkorlik


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Yakka tartibdagi tadbirkorlik – jismoniy shaxs tomonidan 
tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda amalga 
oshirishdir. Amaldagi qonunga ko‘ra, yakka tartibdagi tadbirkorlik yakka 
tadbirkor tomonidan mustaqil, xodimlarni yollash huquqisiz, mulk huquqi 
asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida, shuningdek, mol-
mulkka egalik qilish va undan foydalanishga yo‘l qo‘yadigan o‘zga 
ashyoviy huquq sifatida amalga oshiriladi. 
Industrial biznes bu sanoat, qurilish, aloqa va transport sohasidagi 
tadbirkorlik, unga dinamizm, ya’ni shiddat bilan yangilanib borish xos
lekin bu serxarajat hisoblanadi. Uning asosini sanoat firmalari tashkil 
etadi. Sanoatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tarmog‘ining o‘sish 
sur’atlari 2008–2009-yillarda o‘rtacha 23–24 foizni tashkil etdi. 
Agrobiznes – bu qishloq xo‘jaligidagi tadbirkorlik bo‘lib, bu ham 
serxarajat, lekin uning turlari g‘oyat cheklangan. Uning asosini fermer 
xo‘jaligi tashkil etadi. Qishloqda fermerlar xo‘jaliklariga barcha 
xizmatlarni ko‘rsatayotgan zamonaviy ishlab chiqarish va bozor 
infratuzilmasi shakllantirilmoqda. 
Servis biznesi – bu aholiga xizmat ko‘rsatishga qaratilgan biznes. Bu 
kam xarajat hisoblanadi, lekin uning turlari g‘oyat ko‘p, chunki unga ham 
dinamizm xos. Bunga tibbiyot, ta’lim, shou (tomosha), sport-turizm 
(sayyohlik), qimor (kazino, avtomat o‘yinlari), madaniy-maishiy xizmat 
ko‘rsatishga oid biznes turlari kiradi. Iqtisodiyot qanchalik yuksak bo‘lsa, 
servis biznesi shuncha rivoj topadi.
Tadbirkorlik ko‘lamini belgilash me’yorlari bir xil emas. Bir 
mamlakatdagi yirik korxona boshqa yerda o‘rtacha hisoblansa, yana bir 
yerdagi kichik korxona boshqa yerda o‘rta korxona safiga kiritiladi. 
Bundan qat’i nazar, hamma yerda tadbirkorlik ko‘lamini belgilashda 
kapital miqdori, ishlovchilar soni va nihoyat ishlab chiqarish hajmi 
nazarda tutiladi. Biroq bularning hammasi yoki ayrimlari qo‘llaniladi. 
Turli miqyosdagi tadbirkorlik iqtisodiyotda har xil o‘rin tutadi. 
Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik tovar va xizmatlarning 50–80 foizini yaratadi.


 182
1-jadval 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling