Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

2. Tadbirkorlik tizimi 
Tadbirkorlik tizimi – bu tadbirkorlikka xos bo‘lgan iqtisodiy 
munosabatlar va tadbirkorlikning huquqiy tashkiliy jihatlari va unga oid 
siyosatning yaxlitligi, ya’ni majmuidir. 
Bu tizimning nimalardan iborat bo‘lishini quyidagi chizmada ko‘rish 
mumkin. 
Tadbirkorlik rivojlanib, jamiyatda mustahkam o‘rin egallashi uchun 
aytilgan tizimning barcha bo‘g‘inlari birgalikda ishlashi kerak bo‘ladi. 
Bular orasida tadbirkorlikka oid qonun-qoidalarga rioya etish alohida 
o‘rin egallaydi. Ayniqsa, 2010-yil 12-noyabrda bayon qilingan 
Konsepsiyaga muvofiq, O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini tartibga 
soluvchi qonunlar va qarorlar qabul qilingan bo‘lib, ular faoliyatini 
tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi. Ularning ayrimlarini keltiramiz: 
O‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining 
kafolatlari to‘g‘risida»gi 2012-yil 2-may (yangi tahrirda); «Oilaviy 
tadbirkorlik to‘g‘risida»gi 2012-yil 2-may; «Xususiy mulkni himoya 
Tadbirkorlik tizimi
Tadbirkorlik 
obyekti 
Tadbirkorlik 
subyekti 
Tadbirkorlik 
qonun-
qoidalari 
Tadbirkorlik-
ning axloqiy 
me’yorlari 
Tadbirkorlik 
siyosati 
Tadbirkorlik 
infratuzilmasi 
T
ovar is
hlab chiqar
is

Pulli xiz
m
at
ko‘rs
at
is

T
ovar
lar
ni s
o
tis

Yur
idik s
h
axs
lar
Ji
sm
o
n
iy
sh
ax
sl
ar
Yozilgan qonun-
qoidalar
Yozilmagan qonun-
qoidalar
Davlat o‘
rn
atgan me’
yor
lar
Odat tus
iga kir
g
an me’
yor
lar
Davlatning s
iyos
ati 
T
adbir
kor
lar
ning o‘
zini s
iyos
ati
Is
hla
b
c
h
iqa
ris
h infratuzilmas

M
o
liyaviy infratuzilma 
T
ijora
t infra
tuz
ilma
si
T
adbir
kor
lar
ning nodavlat 
uyus
hmas



 179
qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi 2012-yil 24-
sentabr qonunlari;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik subyektlari 
tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni 
noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida»gi 
2005-yil 15-iyun PQ-100-sonli; «Davlat xaridlari tizimini optimal-
lashtirish hamda ularga kichik biznes subyektlarini jalb qilishni 
kengaytirish to‘g‘risida»gi 2011-yil 7-fevral PQ-1475-sonli; «Kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlik yili» Davlat dasturi to‘g‘risida»gi 2011-yil 
7-fevral PQ-1474-sonli; «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyekt-
lariga kredit berishni ko‘paytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida»gi 2011-yil 11-mart PQ-1501-sonli qarorlari; 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik subyekt-
larini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi 2005-yil 14-iyun; «Tadbirkorlik subyektlarining 
xo‘jalik sohasidagi huquqbuzarliklari uchun moliyaviy javobgarligini 
erkinlashtirish to‘g‘risida»gi 2005-yil 24-iyun; «Tadbirkorlik subyekt-
larini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2005-yil 5-oktabr; «Tadbirkorlik 
subyektlarini tekshirishlarni yanada qisqartirish va ular faoliyatini nazorat 
qilishni tashkil etish tizimini takomillashtirish borasidagi qo‘shimcha 
chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2011-yil 4-aprel; «Kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini 
shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2011-yil 
24-avgust farmonlari; 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Kompleks 
tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 2010-yil 4-
noyabr 244-sonli; «Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan 
shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash 
to‘g‘risida»gi 2011-yil 7-yanvar 6-sonli qarorlari.
Tadbirkorlik faoliyati qonuniylikka asoslanar ekan, ularning qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish huquqni muhofaza qiluvchi organlar 
xodimlariga mas’uliyatli vazifani yuklaydi. Chunki mamlakatda qanchalik 
o‘rtacha mulkdorlar sinfi mustahkam qaror topsa, jamiyatning iqtisodiy 
negizlari shu qadar mustahkam bo‘ladi. Barcha ham tadbirkor bo‘la 
olmaydi, faqat tadbirkorlik qobiliyati sohiblari tadbirkorlikni o‘z 
zimmasiga oladi. Shu bois, jahon tajribasiga ko‘ra tadbirkorlik qobiliyati 
iqtisodiy o‘sishning muhim sharti sifatida qaraladi.


 180
Tadbirkorlik g‘oyat murakkab va mas’ul faoliyat bo‘lganidan uning 
har xil turlari mavjud. U tasniflanganda mulkiy maqom, qonuniylik, 
faoliyat turi kabi mezonlar asos qilib olinadi.

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling