Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Mulkiy jihatdan xususiy, jamoaviy-guruhiy va davlat tadbirkorligi 
ajratiladi: 
Xususiy tadbirkorlik – bu xususiy mulkchilikka asoslangan 
tadbirkorlik. Bu yerda tadbirkorlikka jalb etilgan moddiy, moliyaviy 
resurslar, yaratilgan tovar va xizmatlar, ularni sotishdan kelgan daromad, 
birinchidan, individual (yakka tarzdagi), ikkinchidan, korporativ (guruh 
tarkibidagi) xususiy mulk hisoblanadi. Bozor iqtisodining yetakchisi 
xususiy tadbirkorlik hisoblanadi. Shu sababli O‘zbekistonda xususiy 
mulkning ustuvorligini ta’minlash strategik vazifa hisoblanadi. 
O‘zbekistondagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik jami tovar va 
xizmatlarning 54 foizdan ziyod qismini (2012-y.) yaratgan. O‘zbekiston-
dagi xususiy tadbirkorlik xususiy korxonalar (firmalar), fermer va dehqon 
xo‘jaliklari, yakka tartibda biznes qilish doirasida kechadi. 
Jamoaviy-guruhiy tadbirkorlik xususiy mulk sohiblari o‘z mulkini 
ko‘ngilli ravishda birlashtirganda paydo bo‘ladi. Bu turli kooperativlar, 
uyushmalar va shirkatlardan iborat. Bu yerda mulk ikki qismga ajraladi
birinchisi – jamoaga birikkanlarning umumiy mulki, ikkinchisi – ularning 
individual mulki. O‘zbekistondagi tadbirkorlikning bu turi kichik 
kooperativlardan va qishloqdagi shirkat xo‘jaliklaridan iborat.
Davlat tadbirkorligi – bu davlatga qarashli korxonalar faoliyati 
bo‘lib, iqtisodiyotning davlat sektorini tashkil etadi. Ular davlat mulki 
hisoblanadi, lekin bozor qoidalariga amal qilgan holda mustaqil ish 
yuritadilar. Davlat sektorining iqtisodiyotdagi o‘rni har xil bo‘ladi, biroq 
ko‘pchilik mamlakatlarda uning yaratilgan tovar va xizmatlar miqdoridagi 
hissasi 20 foiz atrofida bo‘ladi. Tadbirkorlik o‘zining yo‘nalishi, ya’ni 
qaysi sohada yuz berishiga qarab, industrial, agrar va servis bizneslariga 
ajraladi. 
Amaldagi qonun hujjatlariga ko‘ra kichik tadbirkorlik subyektlari 
quyidagilar:
1) yakka tartibdagi tadbirkorlar; 
2) ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha 
yillik soni ko‘pi bilan yigirma kishi, xizmat ko‘rsatish sohasidagi va 
ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa tarmoqlarda band 
bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan o‘n kishi, ulgurji, 


 181
chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlarida band bo‘lgan 
xodimlarning o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan besh kishi bo‘lgan kichik 
firmalar. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling