Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

1.2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni 
rivojlantirish zaruriyati 
XXI asrda O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilishning 
ustuvor yo‘nalishlaridan biri, avval ta’kidlaganimizdek, o‘rtacha 
mulkdorlar sinfi vujudga kelishiga yordam beradigan kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdir. 
Shu bois, O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
bugungi kunda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning kafolati va tayanchi, 
mamlakatimizni taraqqiyot yo‘lida faol harakatlantiradigan kuchga 
aylanib bormoqda. 
Prezident Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda bo‘lib o‘tgan 
qo‘shma majlisida so‘zlagan «Mamlakatimizda demokratik islohot-
larni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish 
konsepsiyasi» nomli ma’ruzasida respublikamiz iqtisodiyotida kichik 
biznes, birinchi navbatda, xususiy tadbirkorlikning roli va ulushini yanada 
kengaytirish hamda uning huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan 
qonunlarni qabul qilish muhim masala ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Aytish 
joizki, bugungi kunga kelib yalpi ichki mahsulot tarkibida kichik biznes 
va xususiy tadbirkorlikning ulushi ko‘payib, uning yurtimiz iqtisodiyotini 
rivojlantirishdagi roli sezilarli darajada oshmoqda. 
XXI asrning ikkinchi o‘n yilligi boshida aholisi soni bo‘yicha 
dunyoda 39-o‘rinda turadigan O‘zbekistonda demokratik islohotlarni 
yanada chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishni izchil 


 175
davom ettirish orqali davlatimiz iqtisodiy negizlarini yanada mustah-
kamlash va xalq farovonligini yanada yuksaltirish uchun kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga davlatimiz rahbari Islom Karimov 
asosiy e’tiborni qaratib, «yaqin besh-o‘n yil ichida ushbu sohada yalpi 
ichki mahsulotning salmoqli ulushini ishlab chiqarishga erishish»
vazifasini qo‘yadi hamda «bu sohani rivojlantirish aholini ish bilan 
ta’minlash va uning daromadlari o‘sishining eng muhim manbalaridan 
biriga aylanishi lozim» ekanligi va «mamlakatimizdagi siyosiy, iqtisodiy 
va ijtimoiy barqarorlikning poydevori bo‘lmish kichik va o‘rta mulkdorlar 
sinfini shakllantirishdan iborat»ligini uqtirib o‘tdi. Shu bilan birga, 
«xususiy tarmoqning jadal rivojlanishini, uning mamlakat iqtisodiyotidagi
ulushi ko‘payishini ta’minlash» ustuvor vazifa ekanligini bundan qariyb 
5–6 yil ilgari ta’kidlaganini eslash joiz. Ushbu sohani rivojlantirishga 
vaqtida qilingan e’tibor bugunga kelib o‘z natijasini berdi. Shu bois, 
davlatimiz rahbari Islom Karimov: «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
sohasining mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashning 
ishonchli tayanchi bo‘lgan mulkdorlar sinfini, ya’ni o‘rta sinfni 
shakllantirishdagi ulkan ahamiyatini hech narsa bilan qiyoslab 
bo‘lmaydi», – deb ta’kidlaganida yuz karra haq edilar. Chunki mulkdorlar 
sinfi biz qurayotgan huquqiy demokratik davlatning iqtisodiy va siyosiy 
negizini tashkil etadi. 
Darhaqiqat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik dunyoning taraqqiy 
topgan davlatlarida yaratilayotgan yalpi ichki mahsulot hajmida yetakchi 
va hal qiluvchi o‘rin egallaydi. 
Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, aynan kichik biznes, xususiy 
tadbirkorlik jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini 
bartaraf etishda eng samarali vosita, aholi bandligini ta’minlash, uning 
daromadlari oshib borishining g‘oyat muhim omili hisoblanadi. Darha-
qiqat, kichik biznesning YAIMdagi hissasi AQShda 50–55 foiz, Buyuk 
Britaniyada 55–60 foiz, Italiyada 57–60 foiz, Germaniyada 50–55 foiz, 
Yaponiyada 52–55 foiz, Xitoyda 60–65 foizni tashkil etadi, umumiy 
bandlikda 50–70 foizni va jami korxonalarda 97–99 foizni tashkil etadi.
Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarning tajribasiga yana e’tibor 
qaratadigan bo‘lsak, ularning iqtisodiy o‘sishi biznesning ushbu shakliga 
davlat tomonidan alohida ahamiyat berilayotganligi va qo‘llab-
quvvatlanayotganligi samarasi ekanini kuzatish mumkin. Masalan, Xitoy 
davlati hukumatining taxminiga ko‘ra, iqtisodiyotning to‘liq 
modernizatsiyasi 2030-yilga kelib tugaydi, bunda hukumat asosiy o‘rinni 
kichik biznes tashkil etishiga e’tibor qaratadi. 


 176
«SNN Time Warner Group» tomonidan olib borilgan tadqiqotlar 
natijasiga ko‘ra, Singapur davlati kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni 
rivojlantirish bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘rinni egallaydi. Mazkur 
mamlakatda kichik tadbirkorlik subyektlari mavjud korxonalar umumiy 
sonining 90 foizini tashkil etadi va har-yili ular tomonidan aholini ish 
bilan ta’minlash bo‘yicha o‘sish 5–6 foiz ko‘tarilib bormoqda. 
Fan sig‘imi yuqori bo‘lgan ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik 
korxonalar rivojlantirilishini qo‘llab-quvvatlash borasida Yaponiya 
tajribasi e’tiborga loyiqdir. Yaponiyada barcha kompaniyalarning 99,6 
foizi, sotilgan mahsulotning 55 foizi va sanoatda band bo‘lganlarning 80 
foizi kichik va o‘rta korxonalar ulushiga to‘g‘ri keladi. 
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik nafaqat mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda, balki yuz 
berishi mumkin bo‘lgan turli inqirozlardan chiqib ketishda ham katta 
ahamiyatga ega va eng asosiysi, barqaror, shu bilan birga, tez 
moslashuvchan soha hisoblanadi. 
Yurtboshimiz tashabbuslari bilan mustaqilligimizning dastlabki 
yillaridanoq ushbu masalaning davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi bejiz 
emas. Binobarin, kichik tadbirkorlikning ichki bozorni oziq-ovqat 
mahsulotlari, kundalik ehtiyoj tovarlari bilan to‘ldirishni ta’minlashdagi 
roli beqiyosdir. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «O‘zbekis-
tonda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyati» mavzuidagi xalqaro 
anjumanning ochilish marosimidagi nutqida «Kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni ustuvor yo‘nalish sifatida belgilash 
nima bilan, qanday omil va sabablar bilan bog‘liq edi», degan savolga 
javob berar ekan, ular quyidagilardan iborat ekanligini ta’kidladi: 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling