Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Davlatning kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inqirozga qarshi
- Mamlakatimizda demok
4. Davlatning kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish
siyosatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilishda ichki ishlar idoralari xodimlarining roli 4.1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi Tadbirkorlik o‘z-o‘zidan, davlat ishtirokisiz, uning yordamisiz rivoj topmaydi. Davlat soliqlar, subsidiyalar, eksport imtiyozlari, o‘zining axborot xizmatlari orqali, shuningdek, o‘z hisobidan bepul umumiy ta’lim berish orqali tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlaydi. Darhaqiqat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning asosiy xususiyatlaridan biri iqtisodiyotning ushbu sohasi doimo davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga ehtiyoj- mand ekanligidir. Davlat moddiy-texnik, informatsion, texnologik, maslahat, marketing, ta’lim xizmati, moliyaviy ta’minot va boshqa yo‘nalishlardagi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlaydi va tartibga soladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish nafaqat davlat va 188 jamiyat taraqqiyotida, balki har bir insonning yuksalib borayotgan hayotiy ehtiyojlarini qondirishda muhim ahamiyatga ega, ya’ni xizmat ko‘rsatish, chakana savdo, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish kabi sohalarda ushbu faoliyat yaqqol namoyon bo‘ladi. Demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish jarayonlarida tadbirkorning banklar bilan aloqalarida iqtisodiy erkinligi ta’minlanishiga katta e’tibor berilmoqda. Tadbirkorning o‘zi tanlagan bankda o‘z hisob varag‘i (schoti)ni ochishi, o‘z pul mablag‘larini o‘z bilganicha qonuniy sarflashi, mablag‘ini naqd pul qilib yoki naqd pulsiz schotdan schotga ko‘chirib olishiga imkoniyat yaratilmoqda. Tadbirkor qonuniy faoliyat bilan shug‘ullanganda, uning moliyaviy ishlariga hech kim aralashishga haqli emas. Mamlakatimizda tadbirkorlarning budjet bilan ham erkin aloqada bo‘lishiga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Belgilangan soliq summasini budjetga to‘laydi, budjetdan tegadigan pulni o‘zi o‘zlashtiradi. Keyingi-yillarda tadbirkorlik subyektlarini «bir darcha» orqali tezlik bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimi hamda bir necha turdagi soliqlarni to‘lash o‘rniga kichik biznesni yagona soliq to‘lovi shaklidagi soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimi joriy etildi. Bunda kichik firmalar va korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkalari 2005-yilda 13 foiz, 2008-yilda 10 foizdan 8 foizgacha, 2009-yildan boshlab esa 7 foizgacha pasaytirilgan bo‘lsa, 2011-yilda 6 foizga, 2012-yilda 5 foizga tushirildi. Xalq amaliy san’ati va oilaviy biznes obyektlari esa umuman soliqqa tortilmaydi yoki eng kam stavka bo‘yicha soliqqa tortiladi. Davlat soliq qo‘mitasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu tadbirlar natijasida 2011-yilda tadbirkorlar ixtiyorida 58 milliard so‘m mablag‘ qoldirildi. Bu ularning yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirishlari uchun xizmat qiladi, deganidir. Yangidan tashkil etilayotgan kichik va xususiy korxonalarni qo‘llab-quvvatlash uchun imtiyozli kreditlash tizimi yaratildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan «Mikrokreditbank» tashkil etildi. Shu o‘rinda alohida qayd etish kerakki, hatto jahon moliyaviy inqirozi sharoitida ham yalpi ichki mahsulotda soliq yukini yengillashtirish O‘zbekistondagi soliq siyosatining muhim jihatidir. Tadbirkorlik yuridik jihatdan qayd etiladi, uning shart-sharoiti, qonun-qoidalari, haq-huquqini belgilovchi, davlat va jamoatchilik tomonidan himoya qilinishi va kafolatlanishini ta’minlovchi qonunlar, farmon va qarorlar amalga kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2012- yil 2-mayda qabul qilingan yangi tahrirdagi «Tadbirkorlik faoliyati 189 erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunida tadbirkorlarga o‘z mol- mulkidan foydalanish erkinligi, mahsulotlarni taqsimlash mustaqilligi, huquqiy tenglik, ixtiyoriy ishga yollash, cheklanmagan qonuniy daromad olish imkoni kafolatlanadi. 2011-yilning «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik-yili» deb e’lon qilinishi zamirida jamiyatimiz ko‘zlagan maqsad inobatga olingan edi. U ham bo‘lsa, dunyoning demokratik taraqqiy topgan mamlakatlari qatoridan o‘rin egallashdir. Respublikamizda so‘nggi-yillarda kichik biznesning roli va ahamiyatini inobatga olgan holda, uni qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar izchillik bilan amalga oshirib borilmoqda, bular mamlakatimizda 2009–2012- yillarga mo‘ljallangan Inqirozga qarshi dastur hamda «Barkamol avlod» yili davlat dasturi talablari asosida 2009-yil 15-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 1112- qarori hamda 2010-yil 28-iyuldagi «Ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 4232-farmoni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 10-iyundagi «Tadbirkor- lik faoliyatini amalga oshirishda ruxsatnomalar olish tartibotlarini takomillashtirish va soddalashtirish to‘g‘risida»gi 158-sonli hamda 2009- yil 29-iyuldagi «Oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish va kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 216-sonli qarorlaridir. Prezident Islom Karimovning Oliy Majlis palatalarining 2010-yil 12- noyabrda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi «Mamlakatimizda demok- Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling