Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


 Oshkora va yashirin tadbirkorlik


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

3. Oshkora va yashirin tadbirkorlik 
Tadbirkorlik o‘zining qonuniyligi, ya’ni qonunlarga naqadar mos 
yuritilishi jihatidan oshkora va yashirin tadbirkorlikka ajraladi. 
Bu hamma yerda bor, lekin uning miqyosi har xil. Iqtisodiyotga 
qanchalik erkinlik berilgan bo‘lsa, shunchalik yashirin tadbirkorlik kam 
bo‘ladi. Bordi-yu erkinlik cheklangan bo‘lib, soliqlar og‘ir bo‘lsa, faoliyat 
turlarini man etish ko‘p bo‘lsa, yashirin tadbirkorlik shunchalik 
rivojlanadi. O‘zbekistonda yashirin ishlash kichik korxonalarda, xonaki 
ishlab chiqarishda, yakka tartibdagi tadbirkorlikka xos. Yashirin 
tadbirkorlik O‘zbekiston iqtisodiyotida ham mavjud. Bu asosan soliq 
to‘lamaslik uchun ruxsat olmasdan biznes qilishdan iborat. Yashirin 
tadbirkorlik ijtimoiy foydali bo‘lganda bozor talabini qondirish uchun 
kishilar ehtiyojini qondiradigan tovarlar va xizmatlar yaratiladi. To‘g‘ri, 
bu ruxsatsiz bo‘ladi, lekin iqtisodiyotga salmoqli hissa qo‘shadi. Yashirin 
tadbirkorlikning eng xavflisi – bu kriminal (jinoiy) biznesdir. Bu 


 185
kishilarga foyda o‘rniga zarar keltiradigan ishdir. Bunga narkobiznes, 
parnobiznes, kishilarni o‘g‘irlab qullikka sotish, ularni garovga olib pul 
talab qilish, yashirin ravishda qurol-aslaha sotish, harom pullarni bank 
orqali halollab olish kabilar kiradi. Bularning orasida eng rivoj topgani 
narkobiznes bo‘lib, bu narkotik moddalarni (geroin, kokoin, marixuanna, 
qoradori, nasha, ko‘knori va boshqalar) ishlab chiqarish va sotishni 
anglatadi. Hozirgi dunyodagi narkotiklar oldi-sotdisining 50 foiz ziyod 
qismi Afg‘onistonga to‘g‘ri keladi. Kriminal biznes ashaddiy va g‘oyat 
zararli faoliyat bo‘lganidan jamiyat unga qarshi bor kuchi bilan kurashadi.
Oshkora tadbirkorlik – ruxsat berilgan va davlat belgilagan qonun-
qoidalarga binoan yuritiladigan tadbirkorlik bo‘lib, bu ochiq-oydin 
yuritiladi. Uning qanday faoliyat bilan shug‘ullanishidan jamiyat ahli 
xabardor bo‘ladi. Bu iqtisodiyotning rasmiy, ya’ni oshkora sektori 
hisoblanadi. Bu yerda tovar va xizmatlarning asosiy qismi yaratiladi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling