Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning 
rivojlanish sur’atlari (foiz) 
2000-yil 
2005-yil 
2010-yil 
2011-yil 
Kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikning ulushi, foiz 
YAIMda 31,0 
38,2 
52,5 
54,0 
Sanoatda 12,9 
10,0 
21,1 
– 
Ish bilan band 
bo‘lganlarning umumiy 
sonida 
49,7 64,8 74,3 74,3 
Eksportda 10,2 
6,0 
13,6 
16,3 
Kimki tadbirkorlik ishi bilan shug‘ullansa, o‘sha tadbirkor deyiladi. 
Barcha tadbirkorlik birgalikda tadbirkorlar toifasini tashkil etadiki, bu 
ma’lum guruh kishilarning ijtimoiy-iqtisodiy yaxlitligini tashkil etadi. 
Tadbirkorlarga xos umumiylik shuki, ularning barchasi xususiy mulk 
sohiblari va foyda topishni ko‘zlaydilar, boy-badavlat yashab, ish 
beruvchilar hisoblanadilar, ular tavakkaliga ishlab, o‘zaro bellashadilar, 
iqtisodiy faol hisoblanadilar. Mazkur umumiylik tadbirkorlarning maxsus 
toifa hosil etishiga asos beradi. O‘zbekistonda tadbirkorlar toifasini 
shakllantirish va mavqeini mustahkamlash yo‘li tutilmoqda. Bu toifaga 
xususiy korxona egalari, qo‘shma korxonalardagi sheriklar, fermerlar, 
dehqon xo‘jaligi sohiblari va yakka tartibda biznes bilan shug‘ulla-
nuvchilar kiradi. Biznes turlarining iqtisodiyotdagi salmog‘i har xil 
bo‘ladi. Yigirma bir yil avval O‘zbekistonda tadbirkorlik deyarli yo‘q edi. 
Bugun esa mavjud barcha xo‘jalik subyektlarining 90 foizdan ortig‘ini 
kichik biznes korxonalari tashkil etadi. 2012-yilda yalpi ichki 
mahsulotning 54,5 foizi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 22 foizi 
va qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 98 foizi aynan shu soha hissasiga 
to‘g‘ri kelmoqda. O‘tish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlarda 
bu ko‘rsatkich katta emas. 
Tadbirkorlar boy toifa hisoblansa-da, tarkiban bir xil emas. Katta 
korxona egasini mayda, o‘zi ishlaydigan tijoratchilar bilan solishtirib 
bo‘lmaydi, albatta. Tadbirkorlarning o‘z iyerarxiyasi, ya’ni martabasiga 
qarab o‘rin egallashi bor. Ular ham quyi, o‘rtacha, yuqori va oliy 
tabaqalarga ajraladi. Tadbirkorlar toifasi quyidan yuqoriga qarab quyidagi 
tabaqalarga ajraladi:


 183
1) faqat foyda olishni ko‘zlab, uning ketidan tinimsiz quvuvchi 
tadbirkorlar. Ular biznesga yangidan kirib kelgan bo‘ladilar, shu sababli 
ular boyib ulgurmagan va quyi tabaqani hosil etadilar; 
2) foyda ko‘rish bilan birgalikda o‘z ishidan qoniqish oluvchi 
tadbirkorlar. Bular ma’lum darajada boylik to‘plab ulgurganidan biznesda 
o‘z o‘rnini topishga intiladilar. Ularni tadbirkorlarning o‘rta toifasiga 
kiritish mumkin; 
3) foyda olib, o‘z ishidan qoniqish hosil etishdan tashqari biznes 
olamida o‘z hokimiyatini o‘rnatishga va raqobatda doimo g‘alabaga 
intiluvchi tadbirkorlar. Ular tadbirkorlik iyerarxiyasidagi yuqori qatlamni 
hosil etadi, shu sababli biznes elita deb yuritiladi;
4) yuqori foydaga ega bo‘lishdan tashqari, biznes olamida mutlaq 
hokimiyat o‘rnatishga, o‘z biznes imperiyasini tashkil etib biznes tarixida 
o‘z nomini qoldirishga intiluvchilar ham mavjud. Bular biznesdagi super 
elitani hosil etadilar. Uchinchi va to‘rtinchi toifadagi tadbirkorlar 
dunyoning eng boy milliarderlaridir. Dunyoning eng boy odami 
«Microsoft» firmasining egasi B. Geyts hisoblangan.
O‘zbekistonda mol-mulkni xususiylashtirish tartibli ravishda va 
qattiq nazorat ostida o‘tkazilganidan bu yerda katta mulkni tekinga 
o‘zlashtirish hisobidan shakllangan oligarxlar guruhi Rossiyada 
bo‘lganidek yuzaga kelmadi. Shu sababli bu yerda elita va super elita 
toifalari kuzatilmadi, tadbirkorlar iyerarxiyasida uning birinchi va 
ikkinchi toifalari asosiy o‘rin egalladi. Tadbirkorlik yuzaga kelishi uchun 
tadbirkorlik qobiliyatining mavjudligi kifoya qilmaydi. Buning uchun 
yetarli miqdorda kapital ham topilishi kerak. Turli sohalardagi biznesning 
kapital sig‘imi, ya’ni uni boshlash uchun zarur bo‘lgan kapital miqdori 
turlicha bo‘ladi. Bir yerda u katta bo‘lsa, boshqa yerda kichik bo‘ladi. 
Lekin bundan qat’i nazar, biznes boshlash uchun minimal miqdorda 
kapital to‘plash zarur. Shu massa jamg‘arilgach, tadbirkorlik faoliyati 
boshlanadi. Shu sababli o‘tish davrida kapitalning dastlabki jamg‘arilishi 
yuz beradi. Kapital quyidagi yo‘llar bilan boradi, bu yo‘llar 
O‘zbekistonga ham xos. 
Tadbirkorlar toifasi ikki yo‘l bilan shakllanadi: 
1) 
tadbirkorlik avloddan-avlodga o‘tadi, ya’ni bu toifa o‘zini o‘zi 
takroran yaratadi. Buning natijasida tadbirkorlar sulolasi paydo bo‘ladi. 
Masalan, AQShda Fordlar, Mellonlar, Dyuponlar sulolasi, Fransiyada 
Rotshildlar, Germaniyada Krupplar sulolasi yuzaga kelib, so‘ngra tarqab 
ketgan;


 184
2) ilgari tadbirkorlik qilmaganlar tadbirkorlikka qo‘l uradi, natijada 
tadbirkorlar safiga kirib boradi. Bu yo‘l o‘tish davridagi mamlakatlarga, 
jumladan O‘zbekistonga xos. O‘zbekistondagi tadbirkorlarning kelib 
chiqishini tahlili ko‘rsatishicha, ular tadbirkorlikdan oldin turli kasb 
sohiblari bo‘lganlar. Hozirgi tadbirkorlar avlodi yangidan shakllangan 
bo‘lsa, ularning so‘nggi avlodi o‘zini o‘zi qaytadan yaratish asosida 
yuzaga keladi. Tadbirkorlar toifasining shakllanib ulgurishi o‘tish 
davrining tugallanganini bildiradi, chunki iqtisodiyot bozor qoidalariga 
amal qiluvchi faol kishilar qo‘liga o‘tadi. 
Tadbirkorlik quyidagi guruhlardan tashkil topadi: 
¾ mayda ishlab chiqarish bilan band bo‘lgan ishbilarmonlar, ularni 
odatda yakka tartibda faoliyat ko‘rsatuvchilar deb atashadi;
¾ intellektual mulk sohiblari, aqliy ijodiy mehnat bilan shug‘ullanuvchi 
kishilar;
¾ fermerlar, tomorqa xo‘jaligi sohiblari, dala hovli egalari;
¾ jamoa va aksionerlar mulkining birgalikdagi egalari.
Aytish joizki, 21 yil avval O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlik deyarli 
yo‘q edi. Totalitar iqtisod bunga yo‘l qo‘ymas edi. Vaholanki, bizda 
ajdodlarimizdan meros bo‘lgan tadbirkorlik an’analari tarixiy bo‘lib, ota-
bobolarimiz asrlar davomida o‘z yeri, mulki va kasb-korini e’zozlab, 
qadrlab, asrab-avaylab kelganlar. Tariximizda azal-azaldan xususiy 
tadbirkorlik muhim o‘rin tutgan. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling