Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
iqtisodiyotida kichik biznes, birinchi navbatda, xususiy tadbir-
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunning
- Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish
iqtisodiyotida kichik biznes, birinchi navbatda, xususiy tadbir-
korlikning roli va ulushini yanada kengaytirishni ta’minlay oladigan qonunlarni qabul qilish masalasi biz uchun dolzarb bo‘lib qolmoqda. O‘zbekistonning bu yilgi yalpi ichki mahsulotida kichik biznesning ulushi 54 foizdan ortib borayotganiga qaramasdan, afsuski, bu soha real iqtisodiyotimizda, avvalambor sanoatda yetakchi o‘rinni egallay olmayapti. Ushbu vazifani hal etish uchun «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahriri 2012- yil 2-mayda qabul qilindi. Bu qonunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini tashkil qilish yo‘llarini soddalashtirish, ularning faoliyati uchun ko‘proq erkinliklar berish ko‘zda tutilgan. Hozirgi kunda mamlakatimizda 30 ta tijorat banki, 115 ta kredit tashkiloti, 36 ta mikrokredit tashkiloti hamda 28 ta lombard faoliyat yuritmoqda. Endilikda ushbu moliya muassasalari kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yaqin hamkoriga aylanayotir. Respublikamizda 2010-yilda ushbu soha vakillariga ajratilgan kreditlar hajmi 1,4 barobarga ko‘payib, 2 trillion 700 milliard so‘mni tashkil etdi. Yaratilgan huquqiy zaminlar, qabul qilingan kafolatlar, imtiyoz va preferensiyalar hayot, najot, saodat yo‘li bo‘lgan kichik biznesning jadal rivojlanishiga imkoniyat yaratdi, buning natijasida uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2000-yildagi 31,0 foizdan 2012-yil yakuniga kelib qariyb 55,0 foizga yetdi. Bugungi kunda jami band aholining 74,3 foizdan ko‘prog‘i mazkur sohada mehnat qilmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning eksportda 13,6 foiz, importda 36,6 foiz ulushga ega bo‘lgani bejiz emas. Muhim yangilik yana shundan iboratki, bugunga kelib kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlashning natijasi sifatida aholining daromadlari tarkibida tadbir- korlik faoliyatidan olinayotgan daromad ulushi tobora salmoqli o‘rin egallayotganini alohida qayd etish lozim. Chunki barcha daromadlarning 51 foizdan ortig‘i tadbirkorlik faoliyatidan olinayotgan daromad hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu natijalar mamlakatimizda so‘nggi yillarda kichik hajmdagi moliyaviy resurslar bilan ta’minlashning maxsus samarali shakli hisoblangan mikromoliyalash tizimini rivojlantirishga e’tibor qaratilga- nidandir. Davlatimiz rahbari Islom Karimov mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo‘lini izchil davom ettirishda «2011-yil – Kichik biznes va xususiy 196 tadbirkorlik yili»ning o‘rni beqiyosligiga to‘xtalib, «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» bo‘yicha qabul qilinadigan davlat dasturida bir qancha ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kid- ladi. Ustuvor yo‘nalishlardan biri – kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati uchun yanada qulay muhit yaratishdan iboratligi Prezidentimiz ma’ruzasining markaziy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Unda oxirgi- yillarda tadbirkorlik sohasida o‘z ishini ochish uchun ruxsat olish, soliq, moliya va statistika organlariga hisobot topshirish masalalarini tartibga solish bo‘yicha ancha ishlar qilingani va qilinayotgani ta’kidlanib, lekin bu sohada bajaradigan ishlarimiz hali kam emasligi ko‘rsatib o‘tildi. Ayni paytda, kichik biznes subyektlarining energiya, gaz, suv va kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti va boshqa shu kabi muhandislik- kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishi yoki ularni qurishda ishtirok etishi uchun ruxsat olish tartib-qoidalarini soddalashtirish masalasi bo‘yicha ham dasturda aniq chora-tadbirlar belgilanishi va ularning ijrosini qat’iy nazoratga olish yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari, davlatimiz rahbari kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ushbu soha rivoji uchun yanada keng yo‘l ochib berish maqsadida mavjud normativ-huquqiy bazani tanqidiy nuqtai nazardan qayta ko‘rib chiqish, yangi qonun hujjatlarini qabul qilish masalasiga to‘xtaldi. Bu haqda Islom Karimov joylarda kichik bo‘lsa ham o‘z ishini, o‘z biznesini ochishga intilayotgan xususiy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash o‘rniga, mahalliy amaldorlar tomonidan ularni ko‘rolmaslik, qo‘lidan ish keladigan odamlarning yo‘liga turli-tuman g‘ov-to‘siqlar qo‘yilayot- ganiga aslo toqat qilib bo‘lmasligini aytib o‘tib, keyingi yillarda bunday salbiy holatlarni bartaraf etish maqsadida tegishli ishlar olib borilayotganligi, jumladan, korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyatiga davlat va nazorat tuzilmalarining aralashuvini keskin kamaytirish, shuningdek, xo‘jalik va tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy huquq va erkinliklarini sezilarli darajada kengaytirish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilganini ta’kidladi. Lekin nazorat organlariga mansub ayrim mansabdorlar malakasining pastligi hanuz o‘tkir muammo bo‘lib qolayotganligi va ishimizga salbiy ta’sir o‘tkazayotganligini kuyinib gapirdi. Shular qatorida ko‘pgina viloyat va tumanlarda korrupsiya degan balo, ya’ni poraxo‘rlik, tamagirlik, xizmat vazifasini suiiste’mol qilish 197 kabi illatlar uchrab turayotganini inkor etib bo‘lmasligini, qonunga zid bo‘lgan bunday xunuk holatlar bilan murosa qilishga chek qo‘yishning vaqti kelganligi, yoshi va vazifasidan qat’i nazar, bizningcha, keng jamoatchilik ongiga korrupsiyaning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalarda mamlakatning barqarorligi va iqtisodiy o‘sishiga g‘ov ekanligi, oxir-oqibatda aholi farovonligini o‘stirishga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi illat ekanligini singdirish zarurligi davlatimiz rahbari tomonidan alohida qayd etilgan. Mamlakatimizning barcha mintaqalarida biznesni rivojlantirish uchun yanada qulay ishchan muhit yaratish, tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesga yanada keng erkinlik berish, byurokratik to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligi talabidan kelib chiqib, «Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling