Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Korxona (firma)ni tashkil qilish tamoyillari


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

2. Korxona (firma)ni tashkil qilish tamoyillari 


 207
Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va ishlab chiqarish kuchlarining 
o‘sishi faoliyat yuritayotgan korxonalardan tashqari, yangi korxonalarni 
tashkil qilish va ishga tushirishga tayanadi. Bunday qadam iqtisodiy 
jihatdan maqbullikka, resurslar imkoniyati va korxona mahsulotlariga 
bo‘lgan talabga asoslanadi. Biron-bir mahsulotning taqchilligi yoki 
umuman yo‘q bo‘lishi ham yangi korxona yoki ishlab chiqarishni tashkil 
qilishga sabab bo‘lishi mumkin. 
Yangi korxonani tashkil qilish quyidagi tashkiliy tamoyillar asosida 
amalga oshiriladi: 
– korxona tashkil qilish fikrining paydo bo‘lishi; 
– korxona ta’sischilarini tanlash; 
– taklif qilinayotgan mahsulotga bozordagi talabni o‘rganish; 
– korxona Nizom jamg‘armasini tuzish biznes-rejasini tayyorlash; 
– davlat ro‘yxatidan uchun moliya manbalarini aniqlash; 
– korxonaning ta’sis hujjatlari va o‘tish; 
– muhr, shtamp va boshqa rekvizitlarni tayyorlash
– soliq idoralarida ro‘yxatdan o‘tish. 
O‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar to‘g‘risida»gi qonuniga 
asosan, korxonalar mulk egasi (egalari) yoki u (ular) tayinlagan vakillik 
idorasi, mehnat jamoasi yoki ta’sischilar guruhining qarori bo‘yicha 
belgilangan qonun-qoidalarga asosan tashkil qilinishi mumkin. 
Shuningdek, korxonalar, agar korxona mulki egasi yoki u tayinlagan 
vakillik idorasining roziligi bo‘lsa, faoliyat yuritayotgan korxona 
tarkibidan bir yoki bir necha tarkibiy bo‘linmalarni, ushbu bo‘linmalarning 
mehnat jamoalari tashabbusiga ko‘ra, ajratib chiqarish natijasida ham 
tashkil topishi mumkin. 
Korxona joriy va hisob-kitob raqamlari ochish va ular to‘g‘risidagi 
holatlarni tasdiqlash huquqiga ega bo‘lgan, mustaqil huquqiy shaxs 
maqomidagi sho‘’ba korxonalari, filiallar, vakolatxonalar, bo‘lim va 
boshqa tashkiliy bo‘linmalarni tashkil qilishi mumkin. Korxona mulkini 
shakllantirish va undan foydalanish Nizom va Ta’sis shartnomasining 
muhim qismi hisoblanadi. «Korxonalar to‘g‘risida»gi qonunga asosan 
quyidagilar korxona mulkini shakllantirishning manbalari hisoblanadi: 
• ta’sischilarning pul va moddiy ko‘rinishdagi badallari; 
• 
mahsulot (ish, xizmat) sotishdan va boshqa turdagi faoliyatdan 
olingan daromadlar; 
• qimmatbaho qog‘ozlardan olingan daromadlar; 
• banklar va boshqa kreditorlardan olingan kreditlar


 208
• budjetdan olinuvchi mablag‘lar (dotatsiya), kapital qo‘yilmalar; 
• korxona, tashkilot va fuqarolarning beg‘araz va xayriya badallari, 
shuningdek, almashish, meros va sovg‘a tariqasida olinuvchi mulk; 
• qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. Davlat korxonalarning 
mulkiy huquqlarini kafolatlaydi. Davlatning korxonalar mulkini (asosiy 
fondlar, aylanma mablag‘lar va hokazo) tortib olishiga yo‘l qo‘yilmaydi, 
qonunchilikda ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasno. 
Korxona (firma)larning davlat tomonidan ro‘yxatga olinishi va 
korxona (firma)ni tugatish va qayta tashkil qilish masalasiga to‘xtalamiz. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling