202
birining bozor narxiga bog‘liq bo‘ladi. Yalpi daromad muayyan
paytda firma
topgan jami daromad bo‘lsa, tovar va xizmatlar birligini sotishdan kelgan pul
o‘rtacha daromad hisoblanadi. Marginal daromad qo‘shimcha tovar birligini
sotishdan tushgan qo‘shimcha pul bo‘ladi. Daromad birinchidan
xarajatlarni
qoplasa, ikkinchidan foyda hosil qiladi.
Foyda – tadbirkorlik faoliyati uchun bizneschilar oladigan mukofot
bo‘lib, uni tadbirkorlik qobiliyati va biznesga qo‘yilgan kapital keltiradi.
Tadbirkorlik qobiliyati uchun olinadigan foyda me’yordagi foyda hisoblanadi
va xarajatlar tarkibiga kiradi. Kapital uchun tegadigan
foyda iqtisodiy foyda
bo‘lib, daromadning jami xarajatlardan ortib qolgan qismi bo‘ladi.
Tadbirkorlikda omad foydasi ham bor, bu mazmunan boshqalarnikidan
ortiqcha foyda bo‘lib, bozor narxlarining kutilmaganda ortib ketishi tufayli
hosil bo‘ladi,
buni omadi yurishganlar oladi, u juz’iy bo‘lganidan narxlar eski
holiga tushgach yo‘q bo‘lib ketadi.
Foyda topish – xatar (risk)li ish. Risk tadbirkorlik yo‘lida xavf-xatarga
yo‘liqib, o‘z maqsadiga erisha olmay qolishdir. Riskni
noaniqlik yuzaga
keltiradi, bu o‘z navbatida bozordan kelgan axborotning asimmetrik bo‘lishi,
ya’ni real vaziyatni to‘la aks ettirmasligi natijasidir. Risk muqarrar bo‘lsa-da,
uni boshqarish mumkin. Bu riskka har xil munosabatda bo‘lishni bildiradi:
riskka bormaslik, riskka befarq bo‘lish, riskka borish. Risk yo‘q joyda kichik
foyda bilan
qanoat hosil etiladi, risk bor joyda katta foyda ham kutiladi. Riskni
kamaytirish uchun ishlab chiqarish diversifikatsiyalanadi,
tadbirkorlik xatari
sug‘urtalanadi, risk sheriklar o‘rtasida taqsimlanadi va nihoyat axborotdan
samarali foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: