Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
tartib-qoidalari to‘g‘risida
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini
tartib-qoidalari to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Qonun haqidagi
ma’lumotimiz kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarning bu boradagi yangiliklardan xabardor etishga ko‘mak beradi. Darhaqiqat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishida ishlab chiqilgan qonunning ahamiyati va dolzarbligini qayd etish maqsadida yaqin o‘tmishga bir nazar tashlab, tadbirkorlar o‘z ishini boshlashi uchun zarur bo‘lgan ruxsatnoma va kelishuvni olishda qanday qiyinchiliklarga duch kelganini bugungi kunda e’tirof etib o‘tish zarur. Chunki, ushbu hujjatlarsiz ish boshlab bo‘lmasligi barchamizga yaxshi ma’lum. Zero, tadbirkor o‘z biznesi bilan shug‘ullana turib, amaldagi tartib-qoidalarga rioya etmog‘i, boshqalarning huquq va qonuniy manfaatlarini hisobga olishi zarurdir. Ammo ruxsat beruvchi hujjatlarni olish ko‘plab muammolar bilan bog‘lanib ketgan edi. Mahtal bo‘lib kutilgan ruxsatnoma qanchaga tushganini tadbirkorlarning ko‘pchiligi yaxshi ma’lum. Chunki ular uzoq vaqt mobaynida idoralar ostonasida sarg‘ayib turishga, turli hujjatlarni yig‘ishga vaqt, kuch va anchagina mablag‘ sarflashga majbur bo‘lishardi. Ish shu darajaga borgan ediki, hatto har bir idora turli xil ichki idoraviy buyruq va qoidalar chiqarib, o‘zlari tartib o‘rnatgan edi. Ushbu me’yoriy hujjatlarning ayrimlari amaldagi qonunchilik normalariga ham muvofiq emas edi. U yoki bu turdagi ruxsatnoma va kelishuvlar olishni tartibga soluvchi qoida hamda me’yorlarning shaffof emasligi, shuningdek, ushbu hujjatlarni beradigan organlarning ko‘pchiligi qo‘shimcha ma’muriy to‘siqlarni yaratib, O‘zbekistonda tadbirkorlik va sog‘lom raqobatchilik muhitining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatardi. Sir emas, ayrim 198 amaldorlar yuzaga kelgan vaziyatdan o‘zining shaxsiy g‘arazli maqsadlarida ham foydalanganlar. Bugunga kelib Prezidentimiz qo‘ygan talablar asosida ushbu muammolarni hal etish uchun aniq chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Bunday ishlar, ayniqsa, mamlakatimizda faol demokratik o‘zgarishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davriga to‘g‘ri keldi. 2003-yilning sentabridan boshlab bu boradagi vaziyat tubdan o‘zgara boshladi. O‘shanda hokimiyatlar huzuridagi maxsus inspeksiyalarda ruxsatnoma va kelishuvlar olishni soddalashtirish uchun «bir darchaga» tizimi joriy etildi. Bu tizim tadbirkorlarning idorama-idora sarson yurishiga barham berib, hujjatlar to‘plamini bitta joyda topshirishga imkon yaratdi. Muhimi, barcha qolgan ishlarni tegishli davlat organlari bajarishi lozim edi. Yangi tizim o‘zining ijobiy jihatlariga qaramay, bir qator muammolarni hal etolmadi. Xususan, «bir darchaga» ruxsatnoma va kelishuvlarni olish faqatgina to‘rtta ruxsatnoma turlari bilan cheklangan edi. Bular: inshootlarni qurishga; inshootlarni ta’mirlash va faoliyat yo‘nalishini o‘zgartirishga; turar joylarni noturar joy toifasiga o‘tkazishga; auksion savdolarida xarid qilingan yer uchastkalarida inshootlar qurishga berilardi. Ayni paytda «bir darchaga» doirasidan yer uchastkalaridan foydala- nish huquqini beruvchi ruxsatnomalar, gigiyenik sertifikatlar olish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga muvofiqligi haqida xulosalarni olish singari ko‘plab ruxsatnoma va kelishuvlar chetda qoldi. Tadbirkorlar o‘zlari olishga majbur bo‘lgan mazkur hujjatlarning bir qismini yangi tizimga kiritishlari ham mumkin edi. Qolaversa, ko‘pchilik tadbirkorlar yangi tizim bo‘yicha ruxsat beruvchi guvohnomalarni olish muddati qonunchilikda ko‘zda tutilganidan uzayib ketishini ta’kidlashgan. Bu, o‘z navbatida, tashkiliy ishlar vaqtini kechiktirib, ular biznesining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatardi. Bundan tashqari, tadbirkorlar tomonidan yana ko‘plab e’tirozlar bildirilardi. Xususan, ularning fikricha, talab qilinadigan ruxsatnoma va kelishuvlar soni haddan tashqari ko‘p bo‘lib, ularning hammasi ham asoslab berilmasdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 21-sentabr PQ- 186-sonli «Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling