Oilaviy tadbirkorlik – oila a’zolari tomonidan tavakkal qilib va o‘z
mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga
oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyatidir.
Oilaviy korxona – uning ishtirokchilari tomonidan tovarlar ishlab
chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) va realizatsiya qilishni amalga
oshirish uchun ixtiyoriy asosda, oilaviy korxona ishtirokchilarining ulushli
yoki birgalikdagi mulkida bo‘lgan umumiy mol-mulk, shuningdek oilaviy
korxona ishtirokchilaridan har birining mol-mulki negizida tashkil etiladigan
kichik tadbirkorlik subyektidir. Oilaviy korxona faoliyati uning
ishtirokchilarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Oilaviy korxona tadbirkorlik
subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakllaridan biridir.
Institutsional tadbirkorlik – iqtisodiy munosabatlar subyektining
institutsional yangiliklarni yaratish va xo‘jalik amaliyotiga joriy etish bora-
sidagi faoliyati.
Soxta tadbirkorlik – ustavida ko‘rsatilgan faoliyatni amalga oshirish
maqsadini ko‘zlamasdan ssudalar, kreditlar olish, foydani (daromadni)
soliqlardan ozod qilish (soliqlarni kamaytirish) yoki boshqacha mulkiy
manfaat ko‘rish maqsadida korxonalar va boshqa tadbirkorlik tashkilotlarini
tuzish. (O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, 179-modda).
Tadbikorlar riskini kamaytirishning ayrim yo‘llari:
Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash – bunda kapital bir-biriga bog‘liq
bo‘lmagan turli sohalarga joylashtiriladi. Bunda bir yerdagi yo‘qotish boshqa
yerdagi yutuq bilan qoplanib turadi. Sherikchilik kapitalini hosil etish – bunda
shirkat firmalari tashkil etilib, uning kapitali bir necha sheriklarga qarashli
bo‘ladi. Bu yerda faqat erishilgan yutuq emas, balki ehtimolidan yiroq
bo‘lmagan yo‘qotish ham sheriklar o‘rtasida taqsimlanadi.
Axborotni to‘plash va undan samarali foydalanish. Firma riskning
oldini olish yoki uni kamaytirish uchun ichki va tashqi bozordagi ahvol, u
yerda narxlarning o‘zgarishi, tovar sotilishining dinamikasi, raqobatchilarning
fe’l-atvori va sa’y-harakatlari to‘g‘risida, partnyorlar ahvoli, davlat siyosatida
kutilayotgan o‘zgarishlardan xabar topishi kerak. Firma oladigan axborot
qanchalik xilma-xil, ko‘p manbali va miqdoran ko‘p bo‘lsa, shunchalik uning
simmetrik bo‘lish ehtimoli katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |