Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish 
to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, 12 ta ruxsatnoma, 


 199
xususan, talab yuqori bo‘lgan chakana savdoga ruxsatnoma berish bekor 
qilindi. Keng tarqalgan ruxsatnomalardan yana biri – ulgurji savdo bilan 
shug‘ullanish uchun ruxsatnoma bir martalik beriladigan litsenziyaga 
almashtirildi.
Shuningdek, «Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-
qoidalari to‘g‘risida»gi qonun mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojla-
nishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbir-
korlik uchun shart-sharoitlarni yaxshilashda yana bir muhim qadam 
bo‘ladi. 
Shu munosabat bilan davlatimiz rahbari Islom Karimov tadbirkorlik 
faoliyati muhitining qanday holatda ekani, buning uchun zarur shart-
sharoitlarni yaratish va bu faoliyatning amaldagi rivojlanish sur’atlari 
barcha darajadagi hokimlar faoliyatini baholashning asosiy mezoniga 
aylanishi darkorligiga alohida e’tibor berib kelmoqda. 
Bosh prokuraturaga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
subyektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga har qanday noqonuniy 
aralashuvni iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha davlat 
siyosatiga qarshi qaratilgan harakat sifatida ko‘rib chiqish va 
huquqbuzarlarga nisbatan qonunchilikka muvofiq javobgarlik normalarini 
qo‘llash vazifasi topshiriladi deb, bu borada Prezidentimiz ta’kidlagan, 
«Mamlakatimizning kelajagini va obro‘-e’tiborini qadrlaydigan har bir 
vijdonli fuqaro bu tahdidni korrupsiya va jinoyatchilikni esda tutmog‘i 
darkor. Halol mehnat qilish, o‘z bilimi, kuch-g‘ayrati va ijodiy 
qobiliyatini sarflash uchun barqaror shart-sharoit bo‘lishini istaydigan, 
farzandlari va yaqin kishilari kelajakda ham demokratik, fuqarolik 
jamiyatida sivilizatsiyalashgan bozor munosabatlarining samaralaridan 
to‘la-to‘kis foydalanishini orzu qiladigan har bir fuqaro, jinoyatchilik va 
korrupsiya yo‘liga o‘z vaqtida zarur to‘siq qo‘yilmasa, bu illatlar qanday 
ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yaxshi anglab yetmog‘i 
lozim»ligini bugungi kunda eslash o‘ta dolzarbdir. Chunki biz 
mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilishning yangi davri – 
milliy taraqqiyotimizning navbatdagi mantiqiy bosqichi davom etayotgan 
davrda yashayapmiz. Zero, davlatimiz rahbari Islom Karimov: «O‘z 
mehnati, aql-zakovati va salohiyati bilan o‘zini o‘zi boqadigan, o‘zini 
himoya qilishga, kelajagini o‘z qo‘li bilan qurishga qodir bo‘lgan xalqni 
jahon ahli e’tirof etadi. Barchamiz, avvalo, yoshlarimiz bu oddiy 
haqiqatni hech qachon unutmasligimiz zarur», – deganlarida haq gapni 
aytdilar. Yurtimizda tadbirkorlik yanada rivojlanaversa, taraqqiyotimiz 
ham shunchalik ravnaq topib boraveradi. Eng muhimi, tadbirkorlik 


 200
faoliyati bilan shug‘ullanish amaldagi qonunlarni puxta egallashga 
undaydi. Bu tadbirkorning huquqiy va iqtisodiy savodxonligi hamda 
madaniyatini yuksaltirishga zamin bo‘ladi. U o‘rtacha mulkdor darajasiga 
yetganda siyosiy faolligi yanada kuchayadi: yon atrofdagi demokratik 
o‘zgarishlarga daxldorlik hissi bilan yashash ko‘lami ortadi. Bu jihatlar 
esa jamiyatimizda barqarorlikka ham iqtisodiy, ham siyosiy tayanch 
bo‘ladi. Muhimi milliy va iqtisodiy xavfsizligimizni ta’minlashga va oson 
kechmagan mustaqilligimizni mustahkamlashga xizmat qiladi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling