Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Korxonani tugatish va qayta tashkil qilish


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

2.2. Korxonani tugatish va qayta tashkil qilish 
Korxona faoliyatini to‘xtatish uni tugatish yoki qayta tashkil qilish 
shaklida amalga oshirilishi mumkin. Ishlab chiqarishning barqaror 
emasligi, moliyaviy qiyinchiliklar, surunkali zarar ko‘rish va to‘lov 
qobiliyatining yo‘qolishini korxonalarni tugatish yoki qayta tashkil 
qilishga asosiy sabab qilib ko‘rsatish mumkin. 
Korxonani qayta tashkil qilish uning birlashib ketishi, qo‘shilishi, 
bo‘linishi, ajralib chiqish va shaklini o‘zgartirishidir. Korxonani qayta 
tashkil qilish ta’sischi (ta’sischilar) yoki korxona boshqaruvi qaroriga 
muvofiq amalga oshiriladi. Qayta tashkil qilish korxonaning ishlab 
chiqarish ko‘rsatkichlari, moliyaviy va iqtisodiy ko‘rsatkichlari avvalgiga 
nisbatan yaxshilanishiga xizmat qilishi lozim. 
Korxonani tugatish huquqiy xatti-harakat bo‘lib, ishlab chiqarish va 
xo‘jalik yuritish faoliyatining to‘xtatilishini anglatadi. Korxona 
tugatilganda u davlat ro‘yxatidan chiqariladi, uning bankdagi hisob raqami 
yopiladi hamda muhr, shtamp va boshqa rekvizitlari haqiqiy emas, deb 
hisoblanadi. Korxonani tugatishga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin: 
• ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat)ga bo‘lgan talabning 
pasayib ketishi yoki umuman yo‘qolishi; 
• ishlab chiqarishning zarar keltirishi; 
• ishlab chiqarishning atrof-muhit va aholi hayotiga xavf tug‘dirishi; 
• 
korxonaning bino va inshootlari, asbob-uskunalari va boshqa 
vositalaridan iqtisodiy jihatdan unumliroq, yanada sifatli va iste’molchilar 
talabiga javob beruvchi mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalanish 
imkoniyatining yuzaga kelishi. 
Korxonani tugatishda tugatish komissiyasi tuzilib, unga kreditorlarga 
korxona tugatilganini xabar qilish, kreditorlarni aniqlash va debitorlik 
qarzini undirish choralarini ko‘rish, shuningdek, korxonaning tugatilishi 
sababli ishsiz qolgan xodimlar ish bilan ta’minlanishiga yordamlashish 


 210
vazifasi yuklanadi. Korxonani tugatish jarayonida oraliq tugatish balansi 
tuzilib, unga tugatilayotgan korxonaning mulki, kreditorlarning talablari va 
ularni ko‘rib chiqish natijalari ro‘yxati kiritiladi. Ushbu balans 
korxonaning ta’sischisi (ta’sischilari) yoki korxonani tugatish to‘g‘risida 
qaror chiqargan idora tomonidan tasdiqlanadi. Tugatish komissiyasining 
aybi bilan keltirilgan zarar uchun tugatish komissiyasi javobgar 
hisoblanadi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling