Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


IQTISODIY KO‘RSATKICHLARI


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

IQTISODIY KO‘RSATKICHLARI
1. «Korxona (firma)» tushunchasi, belgilari
 vazifalari va funksiyalari 
Korxona – iqtisodiy faoliyatni tashkil qilishning asosiy ijtimoiy-
iqtisodiy shakli hisoblanib, milliy iqtisodiyotning birlamchi bo‘g‘inidir.
Korxona tovarlar ishlab chiqaradi va xizmatlar ko‘rsatadi. Agar uning 
nizomida korxonaning tashkiliy-huquqiy vazifalari belgilangan bo‘lsa, 
uning ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyati tarkibiga esa asosiy va 
aylanma fondlar, pul mablag‘lari va boshqa aktivlar kiruvchi nizom 
jamg‘armasi mavjud bo‘lib, unga tayanadi. Korxona o‘z pasport va 
nizomiga ega. Nizom jamg‘armasi qonunga asosan korxonani tashkil 
qilish jarayonida ta’sischilar: davlat, huquqiy va jismoniy shaxslar 
tomonidan shakllantiriladi. Korxona rivojlanishi va ishlab chiqarishning 
kengayib borishi, daromad hajmi va boshqa moliyaviy tushumlarning 
ortishi natijasida nizom jamg‘armasi ko‘paytirilishi mumkin. Umuman 
olganda, nizom jamg‘armasi korxonaning iqtisodiy barqarorligi va 
moliyaviy jihatdan baquvvatligini aks ettiradi. 


 204
O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan 
«Korxonalar to‘g‘risida»gi qonuniga asosan, korxona huquqiy shaxs 
maqomiga ega, mustaqil ravishda xo‘jalik faoliyati yurituvchi subyekt 
bo‘lib, o‘ziga tegishli mol-mulkidan foydalanish asosida iste’molchilar 
(xaridorlar) talabini qondirish va daromad (foyda) olish maqsadida 
mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqaradi va sotadi yoki ayirboshlaydi. 
Korxonani turli jihatlariga ko‘ra tavsiflash mumkin: 
– ishlab chiqarish va texnika munosabatlarida korxona ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi va turlari, ularni tayyorlash texno-
logiyasiga miqdor va sifat jihatidan mos keluvchi mashinalar tizimi; 
– ijtimoiy munosabatlarda korxona turli kategoriyadagi xodimlar 
o‘rtasida ularning huquq va majburiyatlari asosida yuzaga keluvchi 
munosabatlar; 
– tashkiliy huquqiy munosabatlarda korxona huquqiy shaxs sifatida 
faoliyat yuritadi; 
– moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarda korxona tarmoqning mustaqil 
bo‘g‘ini bo‘lib, o‘z-o‘zini moliya bilan ta’minlash, o‘z-o‘zini boshqarish, 
ya’ni bozor munosabatlari tamoyillarida faoliyat yuritadi. 
Amaldagi qonunchilikka asosan korxona davlat ro‘yxatidan ʆɬɝɚɱ,
yuridik shaxs sifatida tan olinadi. Davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun 
quyidagi hujjatlar ahamiyatga ega bo‘ladi: ta’sischining arizasi; 
korxonaning nizomi; korxonani tashkil qilish haqida qaror yoki 
ta’sischilar shartnomasi; davlat bojini to‘laganlik haqida kvitansiya va 
hokazo. Korxona quyidagi xususiyatlarga ega: 
birinchidan, korxona o‘ziga tegishli va xo‘jalik boshqaruvidagi 
mulkka ega bo‘lib, ushbu mulk uning faoliyatini, moddiy-texnikaviy 
imkoniyatlarini, iqtisodiy mustaqilligini va ishonchliligini ta’minlaydi; 
ikkinchidan, korxona kreditorlar, jumladan, davlat bilan o‘zaro 
munosabatlardagi majburiyatlar yuzasidan o‘z mulki bilan javob berish 
xususiyatiga ega bo‘ladi; 
uchinchidan, korxona o‘z nomidan harakat qiladi hamda amaldagi 
qonunlarga asosan xo‘jalik faoliyati yurituvchi hamkorlar, mahsulot (ish, 
xizmat) iste’molchilari, xom ashyo va asbob-uskuna yetkazib beruvchilar, 
shuningdek, boshqa huquqiy va jismoniy shaxslar bilan shartnoma tuzish 
huquqiga ega; 
to‘rtinchidan, korxona qonunchilikka asosan sudda da’vogar va 
javobgar sifatida qatnashish huquqiga ega; 
beshinchidan, korxona mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lib, 
ishlab chiqarish va mahsulot savdosi xarajatlarini hisobga olib boradi 


 205
hamda davlat idoralari tomonidan belgilangan tartibda o‘z vaqtida 
hisobotlarni taqdim etadi; 
oltinchidan, korxona o‘z nomiga ega bo‘lib, unda korxonaning 
tashkiliy-huquqiy shakli o‘z aksini topadi. 
Har bir korxonaning faoliyati ishlab chiqarish, qayta ishlab chiqarish 
va muomala jarayonlaridan iborat bo‘ladi. Korxonaning ishlab chiqarish 
sohasidagi faoliyati yangi mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash va 
ishlab chiqarishni tashkillashtirishda namoyon bo‘ladi. Qayta ishlab 
chiqarish sohasidagi faoliyat ishchi kuchini yollash, kadrlar tayyorlash va 
ularning malakasini oshirish, ishlab chiqarish vositalarini yangilash va 
kengaytirish jarayonlarida aks etadi. Muomala sohasidagi faoliyat esa 
ishlab chiqarishning moddiy-texnika ta’minotini tashkil etishda, mahsulot 
(ish, xizmat)larni sotish va foydalanilgan ishlab chiqarish vositalarining 
daromad shaklida qaytib kelishida ko‘zga ko‘rinadi. 
Korxonalarni ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida uni tashkil qiluvchi 
ikkita tarkibiy qism tizimning o‘zi (korxona) va ushbu tizim faoliyat 
yurituvchi tashqi muhitni ko‘rib chiqish lozim. Korxonaning ichki muhiti 
ishlab chiqarish vositalari, pul mablag‘lari, axborotlar va inson 
resurslaridan tashkil topadi. Ishlab chiqarish o‘zaro aloqalari natijasida 
tayyor mahsulot paydo bo‘ladi, ishlar bajariladi va xizmat ko‘rsatiladi, 
ya’ni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan ishlab chiqarish va mehnatga haq to‘lash 
faoliyati yuzaga keladi. 
Korxonalarning aloqasi ularning tashqi tizimga chiqishida ro‘y berib 
(resurslarni jalb qilish, ularning qiymatini aniqlash, xom ashyo, material 
va yoqilg‘ining o‘z vaqtida yetkazib turilishi va hokazo), tashqi muhitga 
ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar oqimi yordamida ta’sir ko‘rsatish 
jarayonida namoyon bo‘ladi. 
Iqtisodiyotimiz oldida turgan asosiy vazifalardan biri sanoat ishlab 
chiqarishini jahon iqtisodiyotida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan raqobatbardosh 
korxonalar tashkil qilish maqsadidagi tuzilmaviy qayta qurishdan iborat. 
Buning uchun integratsiya hamda turli tashkiliy-huquqiy shakldagi 
korxonalarni vaqtinchalik yoki doimiy ravishda kooperatsiya yoki 
konsentratsiya asosida birlashtirish amalga oshiriladi. Kooperatsiya 
jarayonida konsern, konsorsium, xo‘jalik assotsiasiyasi kabi tashkiliy 
shakllar vaqtinchalik yoki doimiy ravishda tuzilishi mumkin. Ushbu 
tuzilmaviy birliklarning mohiyatiga qisqacha to‘xtalamiz. 
Konsern – umumiy manfaatlarga ega hamda shartnomalar, kapital va 
qo‘shma faoliyatda ishtirok etish bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalarning 
yirik birlashuvini aks ettiradi. 


 206
Konsorsium – kompaniya va banklarning vaqtinchalik birlashuvi 
natijasida yirik kapital talab qiluvchi loyihalarni amalga oshirish yoki 
mablag‘ni birgalikda joylashtirish maqsadlari uchun umumiy kelishuvlar 
asosida yuzaga keladi. Konsorsium buyurtmachilar oldidagi majburiyatlar 
uchun javobgar hisoblanadi. 
Xo‘jalik assotsiatsiyasi – jismoniy yoki huquqiy shaxslarning o‘zaro 
hamkorlik yuritish maqsadida ko‘ngilli birlashuvini anglatadi va unda 
birlashgan subyektlar o‘z mustaqilligini saqlab qoladilar. 
Korporatsiyalar – umumiy maqsadlarga erishish, hamkorlikda 
faoliyat yuritish maqsadida birlashib, mustaqil huquqiy subyekt – 
huquqiy shaxsni tashkil qiluvchi shaxslar yig‘indisini tavsiflaydi. Ular 
aksiyadorlik (hissadorlik) jamiyatlari shaklida tashkil qilinadi. 
Korxonalarning konsentratsiya asosida birlashuvi kartel, sindikat, 
xolding va moliya-sanoat guruhlari ko‘rinishida amalga oshiriladi. 
Ishlab chiqarish sohasidagi kartellar ishlab chiqarish masalalari, 
narxlar, tovarlarni sotish, ishchi kuchini yollash va shu kabi masalalar 
borasida kelishuvga asoslanib faoliyat yuritadi. Integratsiyaning bu 
shaklida korxonalar mustaqillikni saqlab qolgan holda kooperatsiya 
asosida birlashadilar. 
Sindikat tijorat faoliyatini (ta’minot, sotish, narxning paydo bo‘lishi) 
hamkorlikda tashkil qilishga asoslangan birlashmadir. Sindikat tarkibida 
korxonalar huquqiy va xo‘jalik yuritishni saqlab qoladilar. 
Trestlar yuqori darajada markazlashgani bilan ajralib turadi. Uning 
tarkibiga kiruvchi korxonalar ishlab chiqarish, tijorat va mustaqilligini 
yo‘qotib, yagona reja asosida faoliyat yuritadi. 
Xoldinglar ishtirokchilarning moliyaviy imkoniyatlarini birlashtirish 
va muvofiqlashtirish hamda ishlab chiqarish bilan bog‘liq vazifalarni 
tezkor ravishda amalga oshirish imkonini beruvchi boshqaruvning 
samarali shaklini ifodalaydi. 
Integratsiya jarayonlarini amalga oshiruvchi korxonalar quyidagi 
maqsadlarni ko‘zlaydi: 
• resurslardan yanada samaraliroq foydalanishga erishish; 
• kooperatsiya asosidagi aloqalarini yangilash va mustahkamlash; 
• mamlakatdagi korxonalarning tashqi bozorga chiqishi; 
• ishlab chiqarishga investitsiyalarning yangi turlarini jalb etish; 
• ichki va tashqi bozordagi raqobatda muvaffaqiyat qozonish maqsa-
dida narx va sotish bo‘yicha yagona siyosat yuritish. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling