Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Korxonalarning davlat tomonidan ro‘yxatga olinishi


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

2. 1. Korxonalarning davlat tomonidan ro‘yxatga olinishi 
Yuqorida aytib o‘tilganidek, korxona joylashgan manzilgohi bo‘yicha 
davlat idoralarida ro‘yxatga olingan kundan boshlab tashkil qilingan 
hisoblanadi. Bu vazifani asosan hokimiyatlar bajarib, ular korxonani 
ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘n kun mobaynida Moliya 
vazirligiga yagona davlat reyestriga kiritish uchun taqdim etishlari shart. 
Davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun korxonani tashkil qilish to‘g‘risidagi 
qaror, korxona nizomi (ta’sis shartnomasi) va Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan belgilab beriluvchi ro‘yxatdagi boshqa hujjatlar taqdim etiladi. 
Korxonani davlat tomonidan ro‘yxatga olish zarur hujjatlar ilova qilingan 
ariza berilgan kundan boshlab, 30 kun muddatda amalga oshirilishi lozim. 
Korxonalarni ro‘yxatga olishdan, ularni tashkil qilish maqsadga muvofiq 
emas, degan sabab bilan bosh tortishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Agar korxonani ro‘yxatga olish o‘z vaqtida amalga oshirilmasa yoki 
ta’sischi ro‘yxatga olinmaslik sabablarini asossiz deb hisoblagan taqdirda, 
ta’sischi sudga murojaat qilishi mumkin. Korxonani ro‘yxatga olishdan 
asossiz ravishda bosh tortish mahalliy hokimiyat idoralarining moddiy 
javobgarlikka tortilishiga olib kelishi mumkin. 
Korxonani ro‘yxatga olish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
1) korxonani ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi ariza; 
2) ta’sis shartnomasi yoki korxonani tashkil qilish to‘g‘risidagi qaror; 
3) korxona nizomi;
4) ta’sis shartnomasi yoki korxonani tashkil qilish to‘g‘risidagi qarorda 
ko‘rsatilgan nizom jamg‘armasining kamida 50 foiz miqdoridagi qismi 
to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar; 
5) davlat bojini to‘laganlik haqida guvohnoma
6) monopoliyaga qarshi muassasaning korxonani tashkil qilishga 
roziligini tasdiqlovchi hujjat


 209
7) Davlat mulkini boshqarish qo‘mitasi yoki uning quyi idoralari 
roziligi haqidagi hujjat. 
Ro‘yxatga olish korxonaga kelib tushuvchi hujjatlarni qayd qilish 
kitobida tartib raqami berish orqali amalga oshiriladi. Yuqoridagi 
jarayonlar amalga oshirilgach, korxona joylashgan manzilgohi bo‘yicha 
soliq idoralarida hisobda turishi va buni tasdiqlovchi hujjat olishi hamda 
bankda hisob raqami ochishi mumkin. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling