Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
ratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
ratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish konsepsiyasi» nomli ma’ruzasida ta’kidlanganidek, mamlakatimizda biznesni tashkil qilishning ushbu shakli biznesni yuritishda yuzaga kelgan milliy an’analarimizga, xo‘jalik yuritish faoliyatining mavjud holatiga to‘la mos keladi. Oilaviy biznesni kengaytirish O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bugungi kunda milliy iqtisodiyotimizda ushbu tarmoqning roli muntazam ortib bormoqda. Oilaviy biznes muhim daromad manbaiga aylanmoqda. Darsligimizda 2011-yil 2-aprelda «Xalq so‘zi» gazetasida e’lon qilingan, «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan aholi o‘rtasida oilaviy biznesning bugungi ahvoli va uni rivojlantirish 190 istiqbollarini aniqlashga bag‘ishlab o‘tkazilgan so‘rov natijalarini keltirishni lozim topdik. Unda yurtimizning barcha hududlaridan aholi qatlamlari vakillari ishtirok etdi. So‘rov qatnashchilari kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi o‘z rivojlanish jarayonida jamiyatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning muhim kafolatlaridan biri bo‘lib xizmat qilayotganini qayd etdilar. Mamlakatimizda 2011-yilning «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» deb e’lon qilinishi munosabati bilan tegishli Davlat dasturi qabul qilindi. Unda amaldagi me’yoriy-huquqiy bazani tanqidiy baholash va takomillashtirish, ushbu sohadagi islohotlarni izchil rivojlantirish va jadallashtirish bo‘yicha zamon talablariga javob beradigan yangi qonun hujjatlarini qabul qilish muhim vazifalar sirasiga kiritildi. O‘zbekistonda xalqimizning eng yaxshi milliy an’analarini qayta tiklash, jumladan, odamlarning hunarmandchilik va xususiy biznes yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Bu borada oilaviy biznes ijtimoiy ishlab chiqarishning ana shu ko‘nikmalarini qo‘llash va rivojlantirishga har tomonlama ko‘maklasha- digan samarali tashkiliy-huquqiy omil bo‘lib xizmat qilishi mumkin. So‘rov davomida bugun mamlakatimizda har to‘rt oiladan biri oilaviy biznes bilan shug‘ullanayotgani aniqlandi. Har uch oiladan biri qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirmoqda, har olti oiladan biri savdo sohasida mehnat qilmoqda, har sakkiz oiladan biri hunarmandchilik hamda kundalik ehtiyoj tovarlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanayotir. So‘rov ma’lumotlariga ko‘ra, oilalarning 6,5 foizi transport xizmatlarini ko‘rsatish sohasida mehnat qilmoqda. Oilaviy biznes tibbiy, ta’lim, huquqiy va boshqa turdagi xizmat ko‘rsatish sohalarida ham rivojlanmoqda. Ijtimoiy tadqiqot qatnashchilari o‘z oilaviy biznesini amalga oshirishga yordam berayotgan mavjud shart-sharoit va qoidalarni ijobiy baholaydi. So‘ralganlarning 41,3 foizi bu qoidalar oilaviy biznesni samarali rivojlantirish imkonini berayotganini qayd etdi. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda oilaviy biznes katta istiqbolga ega ekanini tasdiqladi. Ayni paytda ishtirokchilarning 53,8 foizi iqtisodiyot real sektorining ushbu sohasini kengaytirish uchun oilaviy biznes huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq muayyan qiyinchiliklarni bartaraf etish zarur, deb hisoblaydi. Prezidentimiz ham «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da bu masalaga alohida e’tibor qaratgan. 191 So‘rov natijalariga ko‘ra, mamlakatimizning barcha hududlarida yashayotgan oilalarning uchdan bir qismi kelajakda o‘z oilaviy biznesini yo‘lga qo‘yishni istaydi. Ularning orasida qishloq ahli shaharliklarga qaraganda 1,2 marta ko‘p. So‘rov qatnashchilarining aksariyati oilaviy biznesini umumiy ovqatlanish, hunarmandchilik, savdo, qishloq xo‘jaligi, jumladan, chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish, xizmat ko‘rsatish, tikuvchilik va boshqa sohalarda tashkil etish istagini bildirgan. Fuqarolarimizning fikricha, davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan Konsepsiyaga muvofiq, oilaviy biznesni tashkil qilishning qonunchilik bazasini yaratish huquqiy kafolatlarni yanada mustahkamlash imkonini beradi va ushbu sohani jadal rivojlantirish sharoitlarini shakllantiradi. Shuningdek, joylarda rasmiyatchilik holatlariga barham berishga ko‘maklashadi. Muxtasar aytganda, «Oilaviy biznes – rivojla- nishning yangi bosqichi» mavzuida o‘tkazilgan so‘rov mamlakatimiz aholisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning qonun- chilik tashabbuslarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatdi. Chunonchi, so‘rov natijalariga ko‘ra, fuqarolarning aksariyati (92,9 foiz) «Mamlakati- mizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da qayd etilgan biznesning yangi shakli – oilaviy biznesning tashkiliy-huquqiy bazasini qonuniy belgilash zarurligi to‘g‘risidagi qoida milliy iqtisodiyotimiz va aholi farovonligini jadal yuksaltirishda o‘ta muhim ahamiyatga ega, deb hisoblaydi. Darhaqiqat, ijtimoiy hodisa bo‘lmish oilaga ilmiy tadqiqotlarda ham borgan sari ko‘proq va asosliroq e’tibor berilmoqda. 1992-yilda iqtisodiyot sohasi bo‘yicha Nobel mukofoti amerikalik olim Garri Bekkerga mikroiqtisodiy tahlilni oilaning faoliyatini shakllantirishni boshqarishgacha kengaytirgani uchun berildi. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning muhim sohasi oilaning iqtisodiy darajasidir. Oila iqti- sodining baquvvatligi, uning farovonligi ijtimoiy xotirjamlikni kafo- latlaydi. Oila iqtisodiy tizimning bosh nuqtasi, u faqat iste’molchi emas, balki ishlab chiqaruvchi hamdir. Oilaga iqtisodiy hujayra deb qarash zarur. Ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan shaxsiy tomorqa xo‘jaligining yoyilganligi bilan ajralib turadigan O‘zbekistondagi vaziyat muayyan darajada oila iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun qulay sharoit mustaqillikka qadar davlatimiz rahbari Islom Karimov tashabbusi bilan ta’minlangan. Yurtboshimiz Vatanimiz poytaxti Toshkent shahrining 2200 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida «Qishloq xo‘jalik sohasini, qishloq taraqqiyotini mamlakatimiz rivojining yetakchi 192 kuchi sifatida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi darajasini ko‘tarishga alohida ahamiyat berilganligi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sha- roitida iqtisodiyotimiz negizlarini mustahkamlashda muhim omil bo‘lganligini» ta’kidlagan edi. Binobarin, jamiyat hayotini modernizatsiyalash davrida boshqa sohalar qatori qishloq joylarida ham ijtimoiy infratuzilmani takomil- lashtirish, aholi turmush darajasini yaxshilash muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, qishloqda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy islohotlarni amalga oshirish jarayonida aholi turmush tarzini yuksaltirish, fuqarolarni ijtimoiy himoyalash dolzarb masalalardan hisoblanadi. Shu o‘rinda nafaqat qishloq joylarda ajratilgan tomorqalar, balki shahar joylardagi tomorqalardan samarali foydalanish ham tadbirkorlik ekanini eslatib o‘tish joizdir. Afsuski, davlatimiz tomonidan ajratilgan tomorqalardan joylarda oqilona foydalanilmayapti. Shu bois mutasaddi tashkilotlar, rahbarlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari, faollar joylarda tomorqalardan samarali foydalanishga oid targ‘ibot-tashviqot ishlarini kundalik faoliyatiga aylantirishi lozim. Chunki bugungi kunda tabiat injiqliklari, global iqlim, qurg‘oqchilik oqibatida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash jahon miqyosida muammoga aylanmoqda. Bu jahonda oziq-ovqat narxlarining o‘sishiga olib kelyapti. Tomorqa xo‘jaligining mavjudligi ham oilada ish bilan band etish va daromad olishning samarali omili hisoblanadi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, davlatning iqtisodiyotga ta’siri iqtisodiy, huquqiy va ma’muriy usullar orqali yuz beradi. So‘nggi yillarda iqtisodiyotimizni isloh qilishning eng muhim yo‘nalishlari sifatida davlat va nazorat tuzilmalarining korxonalar, moliya xo‘jalik subyektlari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy erkinligi va huquqlarini sezilarli darajada kengaytirish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. Noqonuniy tekshiruvlar soni kamaydi. Biznesning erkin faoliyat ko‘rsatishining asosiy majburiy shartlaridan biri, birinchi navbatda, tadbirkorlik erkinligining kuchli huquqiy Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling