Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan
- Uchinchidan
- To‘rtinchidan
- Beshinchidan
birinchidan, jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiyotning
muhim tarkibini tashkil qiluvchi tarmoq bo‘lgan kichik biznes ichki bozorni zarur tovar va xizmatlar bilan to‘ldirishning asosiy manbai bo‘lib xizmat qiladi. Kichik biznes nafaqat iqtisodiyotdagi ma’lum bir bo‘shliqlarni to‘ldiradi, balki uni diversifikatsiya qilish va barqaror sur’atlar bilan rivojlantirishni ta’minlashda o‘ta muhim rol o‘ynaydi. Tadbirkorlik biznesi aholi bandligi va daromadining o‘sishini ta’minlashda, ayniqsa, bizning sharoitda qanday muhim ahamiyat kasb etishini baholashning o‘zi qiyin. Quyidagi raqamlarni e’tiborga oladigan bo‘lsak, shunday xulosa chiqarish mumkin. 177 Agar 2005–2011-yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotida 5 milliondan ortiq yangi ish o‘rni tashkil etilgan bo‘lsa, ularning 60 foizdan ortig‘i kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hissasiga to‘g‘ri keladi. Buning natijasida hozirgi vaqtda mamlakatimizda ish bilan band bo‘lgan jami aholining 75 foizdan ko‘prog‘i ushbu sohada mehnat qilmoqda. Yuqoridagi raqamlarning o‘ziyoq ko‘p narsani anglatadi va ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotning ishonchli yo‘ldan borayotganidan dalolat beradi. Ikkinchidan, tuzilishiga ko‘ra ixcham, qarorlar qabul qilishda tezkor va harakatchan, yangi tartib-qoidalarni qisqa muddatda o‘zlashtiradigan kichik biznes jahon va mintaqalar bozorlaridagi talab va konyunktura o‘zgarishlariga ancha tez moslashadi. Uchinchidan, kichik biznesni tashkil qilish va yuritish katta xarajat hamda kapital qo‘yilmalarni talab etmaydi. Bu esa ishlab chiqarishni tez va oson modernizatsiya qilish, texnik hamda texnologik qayta jihozlash, yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish, ularning nomenklaturasini muntazam yangilab borish va raqobatdoshligini ta’minlash imkonini beradi. To‘rtinchidan, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining tahdid va salbiy oqibatlariga yirik korxonalarga nisbatan ushbu sohaning bardosh bera olish qobiliyati ancha yuqoridir. Faqat kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish hamda ushbu sohaning mamlakatimiz iqtisodiyotida ustuvor mavqega ega bo‘lishi natijasida biz 2008–2009- yillarda global inqirozning salbiy oqibatlarini ortiqcha qiyinchilik va talafotlarsiz yengib o‘tish, ishlab chiqarishni jahon bozori konyunkturasi o‘zgarishlarini hisobga olgan holda qisqa muddatlarda qayta tashkil etishga muvaffaq bo‘ldik. Sanoatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tarmog‘ining o‘sish sur’atlari 2008–2009-yillarda o‘rtacha 23–24 foizni, xizmatlar va servis sohasining o‘sish sur’atlari esa 15–16 foizdan kam bo‘lmagan ko‘rsatkichni tashkil etdi. Beshinchidan, kichik tadbirkorlik nafaqat daromad manbai, balki odamlarning ijodiy va intellektual qobiliyatini ro‘yobga chiqarish vositasi hamdir. Mazkur soha har bir kishiga o‘z iste’dodi va imkoniyatlarini namoyon etish uchun zamin tug‘dirmoqda, shu tariqa tashabbuskor, omilkor, mustaqil faoliyat yurita oladigan, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishga qodir insonlar toifasini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o‘rta sinfni shakllantirish uchun muntazam kengayib borayotgan baza bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘rta sinf 178 esa, ma’lumki, har qanday demokratik jamiyatning asosi bo‘lib hisoblanadi va mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling