Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati to‘g‘risidagi asosiy nazariya-


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati to‘g‘risidagi asosiy nazariya-
lar: 
tadbirkorlar, bu noaniq daromadga ega kishilar. Tavakkalchilik 
xatari uning bosh xususiyatidir (R. Kontilyon bu atamani iqtisod faniga 
ham olib kirgan); 
– tadbirkor – tijorat bilan shug‘ullanib, foyda olish maqsadida 
tavakkalchilik qiluvchi mulk egasi (A.Smit); 
– tadbirkor – iqtisodiy agent sifatida foyda olish uchun o‘z tajribasi 
va bilimini tavakkalchilik xataridan qo‘rqmay ishga soluvchi shaxs (J. 
B.Sey); 
– tadbirkor – foydaning o‘sishini maqsad qilib qo‘yadigan, xatarga 
tayyor turadigan va kishilarni birlashtira oladigan tashabbuskor shaxs (V. 
Zamberg); 
– tadbirkor – ishlab chiqarish omillari uyg‘unlashuvining yangi 
nisbatini izlovchi, iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi va novatorlik 
xususiyatlari yuqori darajada rivojlangan kishi ( I. Shumpeter). 
Tadbirkor deganda uning o‘tmishdagi qo‘pol, yovvoyi emas, balki 
zamonaviy turlari, ya’ni madaniylashgan shakllari haqida so‘z yuritiladi. 
Hozirgi zamon tadbirkori eng avval bozorni talabgir tovarga to‘ydira 


 174
oladigan tovar ishlab chiqaruvchidir. U yangilikni joriy eta oladigan, 
ishlab chiqarish omillaridan oqilona foydalanib, iqtisodiy o‘sishni 
ta’minlaydigan, o‘zining va o‘z jamiyatining boyligini oshiradigan
kishilarning farovonligiga hissa qo‘sha oladigan bo‘lishi zarur. 
Bugungi kunda Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, «iqtisodiy 
islohotlarni amalga oshirishda bizning asosiy ustuvor yo‘nalishimiz 
bundan buyon ham biznes, jumladan, xususiy biznes uchun zarur bo‘lgan 
barcha qulay sharoitlarni yaratishdan, davlatning iqtisodiyotdagi 
ishtirokini izchil kamaytirib borishdan iborat bo‘lib qolaveradi».
Xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik huquqini himoya qilishga doir 
qonunchilikni yanada mustahkamlash masalasiga mamlakatimizda katta 
e’tibor qaratilmoqda. Chunki tadbirkorlik iqtisodiy taraqqiyotni belgilov-
chi kuch hisoblanadi.

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling