Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Mavzuni chuqur o‘rganish instrumentariysi
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish
- Mavzu yuzasidan asosiy xulosalar
Mavzuni chuqur o‘rganish instrumentariysi
Demokratik bozor islohotlari – xalq ishtirokida, davlat tomonidan ishlab chiqilgan bozor munosabatlarini shakllantirish chora-tadbirlarining davlat nazorati ostida amalga oshirilishi degani. Bozorlarni liberallashtirish – muayyan institutsional to‘siqlarni bartaraf etish orqali erkin raqobatning yangi ishtirokchilari uchun bozorlarni ochish jarayoni. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish – liberallashtirish (erkinlashtirish) darajasini yanada oshirish, ya’ni iqtisodiy erkinlikni chuqurlashtirish va kengaytirish. Bozor infratuzilmasi – bozor iqtisodiyoti uchun xizmat qiluvchi sohalar. Iqtisodiyotni liberallashtirish – muayyan institutsional to‘siqlarni bartaraf etish orqali erkin, sog‘lom raqobatning yangi ishtirokchilari uchun bozorlarni ochish jarayoni. Mavzu yuzasidan asosiy xulosalar: 1. O‘zbekiston mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab o‘z umrini o‘tab bo‘lgan eski mustabid sovet tizimidan voz kechib, mamlakatimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lini tanladi. Yangi davlat va jamiyat qurishda amalda o‘zini to‘la oqlagan besh tamoyil asos qilib olindi. Ushbu tamoyillar avvalo kommunistik mafkuradan butunlay voz kechganimizning yaqqol ifodasi bo‘lib, yigirmanchi asrning 90-yillari boshidagi real hayotni o‘zida yorqin aks ettirdi va mamlakatimizni isloh etish bo‘yicha aniq prinsipial maqsad va vazifalarni belgilab olish imkonini berdi. O‘zbek xalqi aynan ana shu tamoyillardan kelib chiqqan holda, yangi davlat, yangi jamiyat poydevorini barpo etishga kirishdi. Aynan ana shu tamoyillarni amalga oshirish zarurati tufayli «Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang», «Islohotlar – islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning manfaatlari uchun» degan, bugun ko‘pchilikka yod bo‘lib ketgan hayotiy shiorlar paydo bo‘ldi. Mamlakatimizni isloh etish va yangilashga qaratilgan dasturiy vazifalarni bajarishda O‘zbekiston o‘z milliy qadriyatlariga, urf-odat va an’analarini saqlashga, xalqimizning asrlar davomida shakllangan mentalitetiga hurmat 166 bilan munosabatda bo‘lishga katta e’tibor qaratdi. Shu bilan birga, muvaffaqiyatli va barqaror rivojlanadigan zamonaviy demokratik davlat qurishning o‘zini oqlagan jahon tajribasini chuqur o‘rganish va qabul qilishga alohida e’tibor qaratildi. Tarixan qisqa vaqt ichida sovet davridagi eski ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga barham berildi, milliy davlatchilikni shakllantirishning puxta huquqiy asoslari yaratildi, davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tarmoqlari tashkil etildi, ijtimoiy va fuqarolik institutlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi, iqtisodiyotni erkin bozor munosabatlariga o‘tkazish jarayoni amalga oshirildi. Eng muhimi, aholining ongu tafakkurida tub o‘zgarishlar ro‘y berdi, ularning uzoq yillar mobaynida kommunistik va sovet mafkurasi tamoyillari asosida shakllantirilgan fikrlash tarzi va dunyoqarashi, bir so‘z bilan aytganda, odamlarning o‘zi o‘zgardi. 2. Bugun yangicha fikrlaydigan, o‘z kelajagini jamiyatda demokratik qadriyatlarni mustahkamlash, mamlakatimizning kelajagini jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi bilan bog‘liq holda ko‘radigan yangi avlod vakillari hayotga kirib kelmoqda. Bu esa mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy o‘zgarishlarni ortga qaytarib bo‘lmasligi, islohotlar muqarrarligining ishonchli kafolatidir. Bugun ana shu mustahkam poydevor asosida mamlakatimizni jadal isloh etish va modernizatsiya qilishning yangi davri – milliy taraqqiyotimizning keyingi mantiqiy bosqichi izchil davom etmoqda. 3. Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash. Bozor iqtisodiyotiga xos yangi huquqiy tizimning o‘zagini Asosiy qonun – Respublika Konstitutsiyasi tashkil etadi. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining qonunchilik asosini yaratish – bu faqat o‘tish davrining majburiy sharti bo‘lib qolmay, balki huquqiy davlat barpo etishning o‘ziga xos xususiyati hamdir. 3.1. Bozor iqtisodiyotiga xos huquqiy tizimni va huquqiy davlatni barpo etish tamoyillari: qonunlarning hayot, amaliyot bilan uzviy bog‘liqligi va undan kelib chiqishi; qonun hujjatlarining bevosita ta’sir ko‘rsatish kuchiga ega bo‘lishi; qonunga bo‘ysunish huquqiy davlatning muhim xususiyati; qonunning ustuvorligini ta’minlash; huquqiy madaniyat yuqori darajada bo‘lishi kerak. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling