Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Ijtimoiy siyosatni amalga oshirish bosqichlari


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Ijtimoiy siyosatni amalga oshirish bosqichlari. Davlatimiz rahbari 
Islom Karimov: «Bozor mexanizmlarini joriy etishdan oldin insonlarni 
ijtimoiy himoya qilish tadbirlari amalga oshirilmog‘i lozim»
1
, – degan 
edi. Yurtboshimiz Shvetsiya, Germaniya, Avstriya va boshqa mamlakatlar 
tajribasiga tayanib, kafolatlangan ijtimoiy himoya mexanizmi 
yaratilsagina, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlagan holda iqtisodiyotni 
isloh qilish zarurligini ta’kidlaydi. Chunki: 
¾ ijtimoiy siyosat aholi moddiy ahvolining keskin yomonlashib, 
ommaviy ravishda qashshoqlanishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat; 
¾ ijtimoiy siyosatning ijtimoiy himoyalanish vositalarini 
chuqurlashtirish va o‘zgarib borayotgan sharoitlarga moslashtirishdan 
iborat; 
¾ ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari faqat shunday himoyaga 
haqiqatan ham muhtoj bo‘lganlarga nisbatan qo‘llaniladi. 
Bozor munosabatlarini 1991–2000-yillarda shakllantirishning ijti-
moiy siyosatning asosiy yo‘nalishlari: 
¾ fuqarolarning mehnat qilish borasidagi konstitutsiyaviy huquq-
larini ta’minlash; 
¾ ijtimoiy himoyalash maqsadli va aniq yo‘naltirilgan bo‘lishi 
kerak; 
¾ aholining ijtimoiy jihatdan eng muhtoj tabaqalarini qo‘llab-
quvvatlash; 
¾ iqtisodiy jihatdan faol aholi mehnatini rag‘batlantirish; 
¾ real mehnat bozorini shakllantirish; 
¾ ijtimoiy soha, sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat va san’at, ilm-
fanning rivojlanmay qolishiga yo‘l qo‘ymaslik. 
Insonparvarlik g‘oyalariga sodiqlikni yuzaga chiqarib, kundalik 
hayotda «Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi»da mustahkamlangan 
me’yorlarni izchilik bilan, og‘ishmay qaror toptirish maqsadida 
O‘zbekistonning ijtimoiy bozor iqtisodiyotida quyidagi muhim 
elementlarga e’tibor qaratildi: 
¾ kishilar farovonligini oshirishni ta’minlaydigan pirovard natijaga 
erishishga qaratilgan ijtimoiy yo‘nalish; 
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ: ɦɢɥɥɢɣ ɢɫɬɢԕɥɨɥ, ɢԕɬɢɫɨɞ, ɫɢɺɫɚɬ, ɦɚɮɤɭɪɚ.
Ɍ.1. – Ɍ., 1996. – Ȼ. 65.


 157
¾ iqtisodiyotni barqarorlashtirish muammosini hal etish bilan 
mehnatga layoqatli aholini ish bilan yetarli darajada ta’minlangan holda 
makroiqtisodiyotni o‘stirish o‘rtasidagi teng nisbat; 
¾ qiymat, talab va takliflar qonunining amal qilishi asosida barcha 
xo‘jalik yurituvchi subyektlarni ishlab chiqarishdan eng ko‘p samara olish 
yo‘lini izlashga undashni ta’minlovchi bozor mexanizmidan foydalanish 
asosida iqtisodiy boshqarish; 
¾ ishlab chiqarishning bevosita davlat tomonidan boshqarilishidan 
uzoqlashish, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqlikdan kelib chiqqan 
holda, faoliyat turini, yetishtiriladigan mahsulot hajmini va xilini, ishlab 
chiqarish xo‘jalik aloqalarini aniqlash erkinligini tovar ishlab 
chiqaruvchilarning o‘ziga berish; 
¾ investitsiya siyosatining ustuvor jihatlarini tanlashda va chet el 
sarmoyasini jalb etishda maqsadga muvofiq shartlarni joriy etish, 
iqtisodiy dastaklar va rag‘batlardan foydalanish, ishonchli ijtimoiy 
kafolatlarni ta’minlash yo‘li bilan iqtisodiyotni boshqarishda davlatning 
faol rolini saqlab qolish. 
Mana shunday sharoitda respublika oldida turgan asosiy masala bir 
tizimdan ikkinchi bir tizimga o‘tishda odamlarning yashash darajasini 
og‘irlashtirmaslik edi. 
Davlatimiz rahbari Islom Karimov «Mustaqillikka erishish davri 
haqida, eski tuzum inqirozga duchor bo‘lib, sobiq Ittifoq parokandalikka 
yuz tutgan bir paytda mamlakatimizda tobora keskin tus olgan siyosiy
ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat, o‘zligimizni anglash va toptalgan milliy 
g‘ururimizni tiklashga qaratilgan intilish kuchayib borgani, Vatanimiz 
mustaqilligini qo‘lga kiritish qanday sharoitda kechgani haqida yaxlit
yagona va xolis ko‘z bilan qarab baho beradigan jiddiy tahlil-tadqiqot 
hozirgacha amalda yo‘qligini afsus bilan aytishga to‘g‘ri keladi. 
O‘zbekiston mana shunday tahlikali va murakkab vaziyatda qanday 
maqsadlarni ko‘zda tutib, qanday amaliy chora-tadbirlarni amalga 
oshirganini, bu harakatlarning ilmiy-tarixiy, mantiqiy va qonuniy zamini 
va omillari, kerak bo‘lsa, istiqlol o‘zbek xalqiga tuhfa tariqasida 
berilmagani – bularning barchasi haqida har taraflama chuqur yoritib va 
isbotlab beradigan izlanish va tahlil bugungi kunda ham o‘zining 
dolzarbligi va ahamiyatini yo‘qotmaganini»
1
qayd etadi.
Ma’lumki, SSSR parchalanib ketganidan keyin sobiq sovet hududida 
juda keskin va tahlikali vaziyat yuzaga keldi. Bu esa boshboshdoqlikning 
1

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling