Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧɧɢɧɝ 16 ɣɢɥɥɢɤ ɦɭɫɬɚԕɢɥ ɬɚɪɚԕԕɢɺɬ ɣʆɥɢ. – Ɍ.: 
«ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ», 2007. – Ȼ. 4.


 158
oldini olish, huquq-tartibotni saqlash va aholining eng zarur, birinchi 
galda, oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash bo‘yicha 
zudlik bilan tegishli choralar ko‘rishni talab etdi. O‘sha qaltis va 
murakkab davrda yurtimizda bor-yo‘g‘i o‘n-o‘n besh kunga yetadigan 
bug‘doy va un zaxirasi qolgani, mamlakat amalda ocharchilik ostonasiga 
kelib qolganini yoddan chiqarib bo‘lmaydi. 
Tabiiyki, bunday hol avvalo butun sovet tizimiga xos bo‘lgan 
markazlashtirilgan usulda rejalashtirish va taqsimlashdek illatlarning 
ta’siri edi. Lekin, eng yomoni, O‘zbekiston iqtisodiyoti asosan xom ashyo 
tayyorlashga yo‘naltirilgani, biryoqlama rivojlanish hisobidan mo‘rt va 
nochor holga tushib qolgan bo‘lib, iqtisodiyotga, ekologiya va aholi 
genofondiga halokatli ta’sir o‘tkazadigan paxta yakkahokimligi 
yurtimizdagi vaziyatni jar yoqasiga olib kelib qo‘ygan edi. Buning 
oqibatida ulkan tabiiy, mineral-xom ashyo, mehnat va inson salohiyatiga 
ega bo‘lishiga qaramay, respublikamiz sobiq SSSRda aholi turmush 
darajasi, ijtimoiy va gumanitar sohalar rivoji bo‘yicha oxirgi o‘rinlardan 
birida turar edi. Buni aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha 1989-yilda 
o‘tkazilgan statistik ma’lumotlar ham tasdiqlaydi. 
Boz ustiga, amaldagi sovet puli o‘z qimmatini yo‘qotib bo‘lgan, 
yangi milliy valutamiz esa hali joriy etilmagan edi. Bunday sharoitda 
iqtisodiyotning fojiali ravishda inqirozga yuz tutishi va inflatsiyaning o‘ta 
keskin, hatto yiliga minglab foizga o‘sib ketishini jilovlash favqulodda 
muhim ahamiyat kasb etar edi. Birinchi galda ilgari shakllangan xo‘jalik, 
ishlab chiqarish va moliyaviy aloqalarning butunlay uzilishiga barham 
berish, ommaviy ishsizlikning oldini olish zarur edi.
Ichki va tashqi xavfsizlikni ta’minlash tizimining parchalanishi 
natijasida jamiyatda huquqiy bo‘shliq vujudga kelgani, millatlar va 
dinlararo, hududiy va turli guruhlar, urug‘-aymoqlar o‘rtasidagi 
ziddiyatlarning avj olib ketish xavfi, radikal kayfiyatlarning, ayniqsa, 
yoshlar o‘rtasida kuchayishi g‘oyat jiddiy xatarga aylangan edi. Qisqacha 
aytganda, tub ildizlari sovet davlatining so‘nggi yillariga borib 
taqaladigan ichki va tashqi mojarolardan mamlakatimizni asrab qolish 
talabi o‘ta keskin bo‘lib turar edi. 
Bu o‘rinda, avvalambor, el-yurtimiz boshidan kechirgan 1984–1989-
yillardagi mudhish qora kunlarni eslash kifoya, deb o‘ylayman. O‘sha 
davrda respublikamizda yuzaga kelgan og‘ir ijtimoiy ahvol sababli 
aholining kuchayib borayotgan noroziligining oldini olish va to‘xtatish 
uchun KPSS Markaziy komiteti qarori bilan O‘zbekistonga yuborilgan, 
xalq juda topib, «desantchilar» deb atagan guruh tomonidan sodir etilgan 


 159
qonunsizlik va zo‘ravonlikni ko‘pchilik yaxshi eslaydi. Bu haqda 
gapirganda, Quvasoy, Farg‘ona va Qo‘qon, Namangan, Bo‘ka va Parkent, 
Guliston, Toshkent va O‘shda ro‘y bergan fojiali voqealar odamlarimiz 
qalbida qoldirgan bitmas jarohatlarni, yurtimizga chet eldagi markazlar 
tomonidan moliyaviy ta’minlangan va boshqarilgan terrorchi to‘dalar 
Surxondaryo va Toshkent viloyatlarining tog‘li tumanlari orqali suqilib 
kirgan tahlikali kunlarni ham eslashimiz lozim. Agarki ana shu yovuz 
niyatli kuchlarning qabih va uzoqni ko‘zlagan buzg‘unchilik maqsadlari 
amalga oshganida bormi, mamlakatimiz fuqarolar urushi olovi ichida 
qolib ketgan va uning oqibatlari, hech shubhasiz, butun O‘rta Osiyodagi 
vaziyatni portlatib yuborgan bo‘lur edi.
Respublikada vujudga kelgan bunday o‘ta murakkab va fojiali 
sharoitda Prezident Islom Karimov o‘zini yo‘qotmasdan, vazminlik 
siyosati bilan ish tutib, qat’iy siyosiy irodani namoyon etib, mamlakatni 
chuqur tanazzuldan olib chiqishga qaratilgan, har tomonlama puxta 
o‘ylangan strategiyani ishlab chiqdi va uni amalga oshirish uchun 
jamiyatdagi barcha sog‘lom kuchlarni safarbar etganligini qayta-qayta va 
takroran eslash joiz. 
Biz siyosiy va iqtisodiy taraqqiyot, davlat va jamiyat qurish 
strategiyasini barpo etishda xalqimizning tarixan shakllangan milliy va 
madaniy o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan, mamlakatimizning 
mavjud tabiiy-iqtisodiy, mineral xom ashyo va insoniy salohiyatini 
xolisona va jiddiy baholagan holda, jahon xo‘jalik aloqalari tizimida 
o‘zimizga munosib joy egallashni maqsad qilib qo‘yib, bunday marralarga 
erishishni asosiy vazifamiz sifatida belgilab oldik.
Shu borada mamlakatimizni isloh qilish va milliy davlatchilik 
poydevorini barpo etish bo‘yicha qabul qilingan ana shu strategiyani 
amalga oshirishdagi birinchi qadamlarimizning nimalardan iborat 
bo‘lganini yana bir bor eslab, uni nimalardan iborat bo‘lganligini 
keltirishni lozim topdik. 
Avvalo, tarixan juda qisqa muddatda Asosiy qonunimiz – 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ishlab chiqildi va qabul 
qilindi. Bu qomusiy hujjatda mamlakatimizda davlat va jamiyat 
qurilishining asosiy tamoyillari aniq ifodalab berildi, davlat 
hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlariga 
bo‘linishi eng muhim tamoyil sifatida belgilandi. Shuningdek, inson 
huquqlarining davlat manfaatlaridan, umume’tirof etilgan xalqaro huquq 
normalarining esa milliy huquqiy me’yorlardan ustunligi ham 
Konstitutsiyada muhrlab qo‘yildi. Asosiy qonunimizda hech qanday 


 160
mafkuraning davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emasligi va 
ijtimoiy-siyosiy hayot siyosiy institutlarning rang-barangligi, mafkura va 
fikrlarning xilma-xilligiga asoslanishi belgilab berildi. Ayni paytda barcha 
mulk shakllarining teng huquqliligi sharoitida xususiy mulkning 
ustuvorligi konstitutsiyaviy asosda mustahkamlab qo‘yildi.
Ana shu tamoyillarni inobatga olib, davlat va iqtisodiyotni 
boshqarishning mustabid, markazlashgan tizimiga barham berish, 
mustaqil O‘zbekistonning yangi siyosiy va davlat tuzilishi asoslarini, 
avvalo qonunchilik tizimini shakllantirish, markazda va joylarda vakolatli 
hokimiyat organlarining yaxlit tizimini tashkil etishga qaratilgan ishlar 
aniq maqsadni ko‘zlab bosqichma-bosqich amalga oshirildi.
Ikkinchidan, murakkab o‘tish davrida qabul qilingan qonunlarning 
amalda bajarilishini ta’minlay oladigan, fuqarolarning huquq va 
erkinliklarini himoya qilish, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga 
oshirishga qodir bo‘lgan ijro hokimiyatining samarali tizimi va 
tuzilmalarini yaratish muhim ahamiyatga ega edi. Shu maqsadda tub 
ma’muriy islohotlar amalga oshirildi: markazlashgan rejalashtirish va 
taqsimlash tizimining tayanchlari bo‘lgan Davlat plan komiteti, Davlat 
ta’minot komiteti, Davlat narx komiteti, Davlat agrosanoat komiteti va 
ko‘plab tarmoq vazirliklari tugatildi, mahalliy hokimiyat organlari qayta 
tashkil qilindi – viloyat, tuman va shaharlarda hokimlik instituti joriy 
etildi.
O‘tgan davr mobaynida milliy iqtisodiyotni shakllantirish va uni 
tubdan isloh qilish mamlakatimiz mustaqil taraqqiyotining eng muhim 
omili va asosini tashkil etganini alohida ta’kidlash zarur. Bu borada 
davlatimiz oldida respublika va aholi ehtiyojini, birinchi navbatda 
yoqilg‘i-energetika resurslari, iste’mol va oziq-ovqat mahsulotlariga 
bo‘lgan talabni ishonchli tarzda qondirishdek dolzarb hayotiy vazifa turar 
edi.
Yurtimizda yoqilg‘i-energetika va g‘alla mustaqilligiga erishish 
muhim strategik vazifa sifatida kun tartibiga qo‘yildi. Bu o‘rinda avvalo 
shuni aytish lozimki, O‘zbekiston tabiiy gaz, neft va gaz kondensati 
bo‘yicha aniqlangan ulkan sanoat zaxiralariga ega bo‘lganiga 
qaramasdan, ilgari iqtisodiyot tarmoqlari va aholi ehtiyojini qondirish 
uchun-yiliga 6–7 million tonna neft va neft mahsulotlarini chetdan 
keltirish va buning uchun katta miqdordagi valuta resurslarini sarflashga 
majbur bo‘lar edi. Bu jiddiy muammoni hal etish maqsadida qisqa fursat 
ichida O‘zbekistondagi uglevodorod xom ashyosini qazib olish va qayta 
ishlash bo‘yicha maqsadli dasturlar ishlab chiqildi va amalga oshirildi. 


 161
Yangi neft-gaz konlarini aniqlash, neft va tabiiy gazni qazib olish uchun 
zarur bo‘lgan investitsiyalar topildi, jumladan, xorij sarmoyasi jalb etildi. 
Buxoroda neftni qayta ishlaydigan yangi zamonaviy zavod barpo etildi, 
Farg‘ona va Oltiariqdagi neftni qayta ishlash zavodlari modernizatsiya va 
rekonstruksiya qilindi, ularning barqaror va ishonchli faoliyat ko‘rsatishi 
uchun shart-sharoit yaratildi. 
Shuningdek, o‘zining ishlab chiqarish va iqtisodiy salohiyatiga ko‘ra 
o‘xshashi bo‘lmagan Sho‘rtan gaz-kimyo majmui kabi noyob inshoot 
barpo etildi. Ushbu korxonada tayyorlanayotgan suyultirilgan gaz, turli 
markadagi polietilen va boshqa mahsulotlarga nafaqat mamlakatimiz, 
balki chet ellarda ham talab katta ekanini qayd etish lozim.
Mustaqillik yillarida ana shunday yirik korxonalarning qurilishi va 
rekonstruksiya qilinishi natijasida hozirgi vaqtda yurtimizda neft 
mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1990-yilga nisbatan 3 barobardan 
ziyod ortdi. Bugungi kunda O‘zbekiston bu borada mamlakatning va 
aholining o‘sib borayotgan ehtiyojlarini ta’minlash bilan birga, eksport 
hajmini ham ko‘paytirishga erishdi. 
Asaka va Samarqand shaharlarida avtomobil zavodlarini barpo 
etganimiz tufayli mustaqillik yillarida avtomobillar soni keskin oshdi va 
har 100 oilaning avtomobil bilan ta’minlanish darajasi 6 barobardan ziyod 
o‘sdi. O‘z-o‘zidan ayonki, respublikamizda benzin va yoqilg‘i-moylash 
mahsulotlariga bo‘lgan talab ham shunga mos ravishda oshib bormoqda. 
Aynan neft va neft mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirish hisobiga biz 
bugun jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotganiga 
qaramasdan respublikamizning rivojlanayotgan sanoati va aholining 
keskin o‘sib borayotgan mana shunday talab va ehtiyojlarini ta’minlashga 
erishmoqdamiz. 
Ma’lumki, mustaqillikning dastlabki kunlarida aholini non va non 
mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha ham o‘ta og‘ir qiyinchilik va 
muammolar paydo bo‘lgan edi. Bu muammoning sababi avvalo shundaki, 
O‘zbekiston sobiq SSSR va sotsialistik lagerga mansub mamlakatlar 
uchun asosan paxta xom ashyosi tayyorlar, g‘alla va un mahsulotlariga 
bo‘lgan ichki ehtiyojimizning 80 foizdan ortig‘i esa chetdan keltirilgan 
mahsulotlar hisobidan qoplanar edi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, o‘sha-
yillarda yetishtirilgan paxta xom-ashyosining 7 foizginasi mam-
lakatimizning o‘zida qayta ishlanar, qolgan qismi suvtekin narxda chetga 
chiqarilar edi. 
Aholini oziq-ovqat tovarlari, jumladan, go‘sht va sut, yuz foiz 
chetdan keltiriladigan shakar mahsulotlari bilan ta’minlash borasida ham 


 162
murakkab vaziyat vujudga kelgan edi. Ayniqsa, aholini kartoshka bilan 
ta’minlashning ahvoli bunga yaqqol misol bo‘ladi. O‘sha vaqtda 
yurtimizga har-yili Rossiya, Belorussiya, Polsha va boshqa mamlakat-
lardan qariyb 1 million tonna kartoshka keltirilar edi. Eng yomoni, bu 
mahsulot noyabr-dekabr oylarida keltirilgani uchun muzlab, uning katta 
qismi yaroqsiz holga kelar va chorvaga yem bo‘lardi. Bugun esa 
xalqimizning kartoshkaga bo‘lgan ehtiyoji to‘liq o‘zimizda yetishtirilgan 
hosil hisobidan qoplanmoqda.
Ana shunday murakkab bir davrda biz g‘alla mustaqilligiga 
erishishdek hayotiy muhim masalani ham o‘z oldimizga ustuvor vazifa 
qilib qo‘ydik. Birinchi navbatda qishloq xo‘jaligini tubdan isloh 
qilganimiz, mamlakatimiz iqtisodiyoti va ekologiyasiga katta zarar 
yetkazgan paxta monopoliyasiga barham berganimiz tufayli bu vazifani 
ham muvaffaqiyatli hal etishga erishdik. O‘zbekiston bugungi kunda 
o‘zining g‘allaga bo‘lgan ehtiyojini qoplabgina qolmasdan, Mustaqil 
Davlatlar Hamdo‘stligi tarkibidagi qo‘shni mamlakatlarga, Afg‘oniston, 
Eron va boshqa davlatlarga g‘alla va un mahsulotlarini eksport qilmoqda. 
Ushbu mahsulotlarning eksport hajmi O‘zbekistonda qariyb bir million 
tonnani tashkil etadi. 
Shuni ta’kidlash kerakki, g‘alla mustaqilligining qo‘lga kiritilishi 
mamlakatimiz aholisini nafaqat un va non mahsulotlari bilan ta’minlash, 
ayni paytda uning go‘sht va sut mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini barqaror 
ravishda o‘z hisobimizdan qondirish masalasini ham hal qilish imkonini 
berdi. Bunday ulkan yutuqlar zamirida ana shu murakkab vazifalar 
yechimini o‘z zimmasiga olgan dehqon va fermerlar, qishloq xo‘jaligida, 
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatayotgan millionlab 
mehnatkash insonlarning fidokorona mehnati yotibdi.
Iqtisodiy rivojlanish haqida gapirganda, markazdan rejalashtirish va 
taqsimlash tizimi samarali mehnat, sifatli va raqobatbardosh mahsulot 
ishlab chiqarish, tashabbuskorlik va tadbirkorlik yo‘lida asosiy g‘ov-
to‘siq bo‘lib kelganini ta’kidlash lozim. Shu sababli o‘zining mutlaqo 
yaroqsiz ekanini ko‘rsatgan bu tizimning barcha illatlaridan Prezident 
rahnamoligida butunlay voz kechganimiz, ayniqsa, prinsipial ahamiyatga 
ega bo‘ldi. 
Dastlabki yillardayoq O‘zbekiston xalqi uchun yangilik bo‘lgan 
bozor iqtisodiyotining asoslari yaratildi, bozor infratuzilmasi institutlarini 
tashkil etish va raqobat muhitini shakllantirish orqali bozor 
munosabatlarining mexanizmi ishga tushirildi. Mamlakatimizda xususiy 


 163
mulkchilik tiklanib, uning rivoji ustuvor ahamiyat kasb etdi. Xususiy 
mulk konstitutsiyaviy asosda ishonchli kafolatga ega bo‘ldi.
Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi 
korxonalarining butunlay davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiy-
lashtirilishi natijasida mamlakatimizda amalda ko‘p ukladli iqtisodiyot 
shakllandi, mulkdorlar va tadbirkorlarning yangi sinfi paydo bo‘ldi va bu 
sinf yildan-yilga yurtimiz hayotida tobora salmoqli rol o‘ynamoqda. 
Ayni paytda biz uchun mutlaqo yangi bo‘lgan, bozor iqtisodiyoti 
talablariga javob beradigan moliya va bank tizimini shakllantirish hamda 
o‘z milliy valutamizni muomalaga kiritish ham ulkan ahamiyat kasb etdi. 
Albatta, milliy valutaga o‘tish va uning qat’iy to‘lov qobiliyatini 
ta’minlash oson kechgani yo‘q, lekin qanchalar qiyin va og‘ir bo‘lmasin, 
O‘zbekiston 2003-yildayoq uning erkin konvertatsiya qilinishiga erishildi. 
Zamonaviy ikki pog‘onali bank tizimini yaratish orqali mustaqil pul-
kredit siyosati yuritish, budjet va pul siyosatining mas’uliyat doirasini 
aniq belgilab qo‘yish, ularning o‘zaro samarali munosabatini ta’minlash 
imkoniyati paydo bo‘ldi. Buning natijasida iqtisodiyotimiz manfaatlarini 
barqaror va ishonchli tarzda qondirib borishga erishildi. Xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy mablag‘lardan 
foydalanish borasidagi mustaqilligi sezilarli darajada oshdi. 
Ijtimoiy nuqtai nazardan boshlang‘ich bosqichda, iqtisodiyotni va 
butun jamiyatni isloh qilishning eng murakkab o‘tish davrida kuchli 
ijtimoiy siyosat yuritish va aholini himoya qilishning o‘xshashi 
bo‘lmagan, samarali mexanizmi ishlab chiqilib, muvaffaqiyatli amalga 
oshirildi. Ko‘makka muhtoj oilalarga moddiy yordam berishda asosan 
o‘zini o‘zi boshqarishning noyob tuzilmasi bo‘lgan mahalla instituti 
imkoniyatlaridan foydalanish o‘zini to‘la oqladi. Bu, avvalambor, zarur 
moddiy va ma’naviy yordamni ochiqlik va oshkoralik tamoyillari asosida 
aniq yo‘naltirish – aholining haqiqatan ham nochor qatlamlarini qo‘llab-
quvvatlash, ularni o‘tish davrining qiyinchiliklaridan ishonchli himoya 
qilish imkonini berdi. 
Shu tariqa biz yurtimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlabgina 
qolmasdan, ayni paytda islohotlar va mamlakatni yangilash borasida olib 
borayotgan siyosatimizning xalqimiz tomonidan keng qo‘llab-quvvatla-
nishiga ham erishdik. 


 164
Davlatimiz «o‘zini o‘zi boqishga kuchi yetmagan o‘lkadan bugun 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling