Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ɂɫɬɢԕɥɨɥ ɣʆɥɢ: ɦɭɚɦɦɨɥɚɪ, ɪɟɠɚɥɚɪ. – Ɍ.: «ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ»,
1992. – Ȼ.11. 150 Prezident Islom Karimov bozor munosabatlariga o‘tishda o‘xshashi bo‘lmagan, betakror yaxlit andozamizni ishlab chiqdi va o‘z yo‘limizni belgilab berdi. Bu yo‘l uch tarkibiy qismdan iborat: ¾ ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti milliy andozasi mohiyatining tavsifi (xarakteristikasi); ¾ qat’iy markazlashtirilgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan xo‘jalik yuritishning bozor munosabatlariga asoslangan yo‘liga o‘tishning eng muhim prinsiplari; ¾ iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning, tanglikdan chiqib olishning, barqarorlikni va muhim ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashning aniq yo‘nalishlari. Bu uch tarkibiy qism, ya’ni yangi dasturning eskilaridan farqi nimada, degan savolga Prezident Islom Karimov «Istiqlol yo‘li: muam- molar va rejalar» risolasida (1992) quyidagicha javob bergan: «Birinchi- dan, unda O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘liq aks etgan. Ikkinchidan, bu dastur xom xayol gaplardan iborat emas, balki jamiyat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari xususida»dir. Mustaqillikni qo‘lga kiritgan har bir mamlakat o‘z taraqqiyot yo‘lini izlagan, yangi jamiyat barpo etish borasida o‘z milliy andozasini ishlab chiqqan. Bunda ilk poydevor vazifasini: ¾ kishilarning o‘z qadriyatlari tizimi va aniq maqsadni ko‘zlab tutilgan yo‘li; ¾ milliy an’analar va tarixiy shart-sharoit; ¾ real ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muhit; ¾ odamlarning tarkib topgan turmush tarzi va dunyoqarashi o‘tagan. «O‘zbekiston yo‘li» Islom Karimov bozor islohoti yuzasidan olg‘a surgan besh tamoyilga asoslanadi. Ularning mohiyati quyidagicha: Iqtisod siyosatga nisbatan ustuvor bo‘lishi zarur – bu qoida iqtisodiy faoliyat ijtimoiy hayotning birlamchi asosi ekanligidan kelib chiqadi. Iqtisodiyot qanday bo‘lsa, ijtimoiy hayotning boshqa tomonlari ham shunga yarasha bo‘lishini tarix tasdiqlagan. Davlat bosh islohotchi bo‘lmog‘i kerak – bu bozor iqtisodiyotiga o‘tish uchun zarur bo‘lgan islohotlar keng jamoatchilik ishtirokida, davlat ishlab chiqqan dasturlar asosida, uning bevosita ishtiroki va rahbarligida amalga oshiriladi. Qonunlar va ularga rioya qilish ustuvorligi – bu tamoyil qonunlar oldida barchaning baravarligi, qonunlarga rioya etish, hamma uchun ham 151 farz, ham qarz bo‘lishini bildiradi. Bozor iqtisodiyoti qonunchilikka tayanishi, unga xos bo‘lgan faoliyat qoidalari, iqtisodiy munosabatlar, qabul qilingan huquqiy qonunlarda qayd etilishi zarurligi O‘zbekiston konsepsiyasida hisobga olinadi. Faol ijtimoiy siyosat yurgizish – O‘zbekiston konsepsiyasida aholining keng qatlamlari, eng avval uning nochor guruhlarining ijtimoiy himoyasini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish zarur, deb qaraladi. Himoyalash dasturlari aholining ruhiyati va ko‘nikmalarini e’tiborga olishi zarur. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish – totalitar tizim o‘z- o‘zidan bozor tizimiga aylana olmaydi, uni faqat chuqur isloh qilish bilangina bozor tizimiga o‘tish mumkin. Tarixda hech qachon bir iqtisodiy tizimdan boshqasiga o‘tish birdaniga, qisqa vaqt ichida va farmon e’lon qilgan bilan bo‘lmaydi. Bu qoidalar o‘z istiqlol, rivojlanish va taraqqiyot yo‘limizga asos qilib olingan bo‘lib, o‘tish davri dasturining negizini tashkil etadi. Bu beshta qoidaga o‘z munosabatini Germaniyaning sobiq kansleri Gelmut Kol shunday bildirdi: «Davlat rivojining besh tamoyilini ishlab chiqib, uni qo‘rqmay olamga e’lon qilayotgan yangi davlatning rahbari tutgan yo‘l muvaffaqiyatning garovidir» 1 . Bu qoidalar O‘zbekistonning o‘ziga xos sharoitlarini hisobga olgan holda izchillik bilan shakllantirib borishni, unga sekin-asta, bosqichma- bosqich, xalqni himoya qilib borib, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash orqali bozor iqtisodiyotiga o‘tishni bildiradi. Davlatimiz rahbari Islom Karimov: «Faqat farmonlar, farmoyishlar chiqarish bilan bozor iqtisodiyotini barpo etib bo‘lmaydi. U uzoq tarixiy taraqqiyotning natijasi bo‘lib, tegishli infrastrukturani va huquqiy asosni yaratishgina emas, shu bilan birga, qadriyatlar tizimida chuqur o‘zgarishlarni, xo‘jalik faoliyati va amaliy munosabatlarni asoslashni ham ko‘zda tutadi» 2 , – deb ta’kidlagan. Mustaqillikka erishgandan buyon o‘tgan davr ichida O‘zbekiston Respublikasi o‘z taraqqiyot yo‘lining salmoqli qismini bosib o‘tdi. Iqtisodiy va siyosiy tizimni yanada isloh qilish, ijtimoiy yo‘naltirilgan 1 ɒɚɪɢɮɯʆɠɚɟɜ Ɇ. ɂɫɬɢԕɥɨɥ ɢɫɬɢԕɛɨɥɥɚɪɢ. – Ɍ.: «ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ», 1994. – Ȼ. 66. 2 Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ: ɦɢɥɥɢɣ ɢɫɬɢԕɥɨɥ, ɢԕɬɢɫɨɞ, ɫɢɺɫɚɬ, ɦɚɮɤɭɪɚ. Ɍ.1. – Ɍ., 1996. – Ȼ. 315. 152 bozor iqtisodiyotini barpo etish, ichki va tashqi siyosatni shakllan- tirishning puxta bazasi yaratildi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling