Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
-BO‘LIM. MIKROIQTISODIYOT
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
2-BO‘LIM. MIKROIQTISODIYOT
7-MAVZU. TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA UNING TASHKILIY-HUQUQIY SHAKLLARI 1. Tadbirkorlikning mohiyati, belgilari va prinsiplari Tadbirkorlik bozor tizimiga xos bo‘lgan maxsus iqtisodiy faoliyat bo‘lib, tovar va xizmatlarni yaratish hamda iste’molchilarga yetkazib berish orqali foyda topishga qaratilgan biznesning asosiy turi hisoblanadi. Tadbirkorlik maxsus tizim hosil etadiki, bunga tadbirkorlikning obyekti, subyekti, tadbirkorlik qonun-qoidalari, axloqiy me’yorlari, tadbirkorlik siyosati va uning infratuzilmasi kiradi. Tadbirkorlik mulkiy jihatdan xususiy, jamoaviy va davlat tadbir- korligini, yuritilish uslubi jihatidan oshkora va yashirin tadbirkorlikni, yuritilish sohasi jihatidan industrial, agrar va servis tadbirkorligini va nihoyat faoliyat ko‘lami jihatidan kichik, o‘rta va yirik tadbirkorlikni tashkil etadi. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi kishilar tadbirkorlar toifasini hosil etadi, ular iyerarxiyasida quyi, o‘rta, yuqori (elita) va eng yuqori (super elita) tabaqalari mavjud bo‘ladi. Mazkur toifa ikki yo‘l bilan shakllanadi, birinchidan, tadbirkorlik avloddan-avlodga o‘tadi, ikkinchidan, tadbirkorlik qilmaganlar u bilan shug‘ullanadi. Ikkinchi yo‘l o‘tish davridagi mamlakatlarga xos bo‘lib, bu O‘zbekistonda ham kuzatiladi. Chunki mustaqillikka qadar xususiy tadbirkorlik ta’qib ostiga olingan. Tadbirkorlik naqadar foyda keltirishini foydalilik, ya’ni rentabellik darajasi belgilaydiki, bu qancha foyda topilganini, ya’ni iqtisodiy faoliyatning samaradorligini ko‘rsatadi, buni bilish uchun tadbirkorlik natijasida qo‘lga tekkan foyda sarflar bilan taqqoslanadi, natijada foyda sarflarining necha foiziga tengligi aniqlanadi. Firma ishining samaradorligi tahlil etilganda ishlab chiqarish va mahsulot rentabelligi aniqlanadi. Rentabellikni oshirish uchun ishlab chiqarish restrukturi- zatsiyalanadi, resurslar tejaladi, kapital tarkibi takomillashtiriladi, mehnat motivatsiyasi kuchaytiriladi. Foydani maksimumlashtirish uni iloji boricha ko‘p olishni bildiradi, bunga rentabellikni oshirish va kapitalni ko‘paytirish, ya’ni ishlab 172 chiqarishni kengaytirish orqali erishiladi. Biroq buning uchun ishlab chiqarishning eng maqbul hajmiga erishish zarurki, bunda tovar narxi marginal xarajatlarga tenglashadi. Faqat shundagina narx bilan o‘rtacha xarajatlar o‘rtasidagi foydani yuzaga keltiruvchi farq eng katta bo‘ladi. Tushgan daromadlar xarajatlarni qoplashga yetmay qolgan taqdirda zarar ko‘riladi, buning sababi chiqarilgan tovar va xizmatlarni bozor ko‘tarmasdan ular narxining, binobarin daromadning pasayib ketishi va xarajatlarning ortib ketishini yuzaga keltiradi. Zarar me’yoridan oshib ketganda, uni qoplash imkoniyati bo‘lmay bankrotlik yuzaga keladi, bu firmaning yopilib ketishi yoki boshqalarga qo‘shilib ketishini bildiradi. O‘zbekiston Respublikasida «Tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra tadbirkorlarga o‘z mol-mulkidan foydalanish erkinligi, mahsulot- larni taqsimlash mustaqilligi, huquqiy tenglik, ixtiyoriy ishga yollash, cheklanmagan daromad olish imkonini kafolatlaydi. Tadbirkorlikning o‘z axloqiy qoidalari bo‘lib, ulardan eng muhimi halollik va haromdan hazar qilishdir. Bu qoida islom ta’limotida qo‘llanishi shart deb bilinadi. Alloh taolo Qur’oni karimda: «Halol va pokiza nafaqa yenglar va solih ishlar bajaringlar», – deb buyurgan. Hadisi shariflaridan birida payg‘ambarimiz: «Halol nafaqa bilan ta’minlash har bir musulmon uchun farzdir» 1 , – deganlar. Islom ta’limotiga ko‘ra, mehnatsiz qo‘lga kiritilgan luqma haromdir. Tadbirkorlar ham o‘z rizqu nasibasini halol mehnat bilan topishlari shart, halollik tadbirkorlarning obro‘li bo‘lishini kafolatlaydi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling