Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


fanining rivojlanishida muhim metodologik manba bo‘lib xizmat


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

fanining rivojlanishida muhim metodologik manba bo‘lib xizmat 
qilmoqda.


 153
O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tish konsepsiyasi real 
iqtisodiy sharoitdan kelib chiqqanligini hayotning o‘zi isbotladi. Gap 
shundaki, O‘zbekiston, birinchidan, sotsialistik iqtisodiy tizim sharoitida, 
ikkinchidan, esa Sovet imperiyasi tarkibida rivojlandi. Bu esa uni 
qoloqlikka mahkum etdi. O‘zbekiston resurslarga boy mamlakat bo‘la 
turib, iqtisodiy taraqqiyotda ko‘pgina Sharq mamlakatlaridan orqada qolib 
ketdi. 1990-yili aholi jon boshiga ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda 75–
80 o‘rinni egalladi, ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati, uning strukturasi, 
tarkibining yangilanishi, ya’ni diversifikatsiyasi jihatidan dunyo 
talablaridan ancha orqada qoldi.
Mustaqil O‘zbekiston iqtisodiy yangilanishga muhtoj edi, buning 
uchun esa bozor munosabatlarini yaratish kerak bo‘ldi. Butun dunyo 
tajribasi ko‘rsatganidek, iqtisodiy yuksalish uchun bozor munosabatlariga 
o‘tishdan boshqa najot yo‘li yo‘q. Prezident Islom Karimov «jahon 
sivilizatsiyasi ijtimoiy taraqqiyotning sifat jihatidan yangi yo‘llarini ishlab 
chiqdi, tartibga solingan bozor iqtisodiyoti mana shu yo‘lga asoslanib 
olingan»ligini ta’kidlaydi. Ammo bu yo‘lning hamma yerda o‘ziga xos 
xususiyatlari borligini, O‘zbekiston konsepsiyasi mana shundan kelib 
chiqadi va bozor iqtisodiyotiga o‘tishda o‘z yo‘li borligini ko‘rsatadi
1
.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning yo‘llari
2
:
Rivojlangan mamlakatlar yo‘li – bu yo‘l asrlar osha tarixiy-tabiiy 
jarayon sifatida amalga oshib, uzundan-uzoq davom etgan o‘zgarishlar 
orqali bozor iqtisodiyotiga xos belgilar yuzaga keladi. Bu yo‘l – bozor 
iqtisodiyotining o‘ziga xos klassik shakllanish jarayonidir.
Mustamlakadan ozod bo‘lib mustaqil taraqqiyot yo‘liga o‘tib 
rivojlanayotgan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari yo‘li – 
ikkinchi yo‘lga xos muhim tomon – bu mustamlakachilikdan meros 
qolgan qoloq an’anaviy iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tishdir. 
Bunda bozor iqtisodiyotiga xos belgilar xo‘jalik turlarining 
transformatsiyasi orqali ro‘y beradi. Natural xo‘jalik bozor doirasiga 
tortilib, tovar xo‘jaligiga aylanadi va undan bozor iqtisodiyoti belgilari 
o‘sib chiqadi.
Sobiq sotsialistik mamlakatlar yo‘li – uchinchi yo‘lning muhim 
belgisi – totalitar iqtisodiy tizimdan erkin bozor tizimiga o‘tish 
hisoblanadi. Totalitar tizim davlatlashgan sotsializm shaklida amal qilgan. 
1
Ԕɚɪɚɧɝ: Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ – ɛɨɡɨɪ ɦɭɧɨɫɚɛɚɬɥɚɪɢɝɚ ʆɬɢɲɧɢɧɝ
ʆɡɢɝɚ ɯɨɫ ɣʆɥɢ. – Ɍ., 1993. – Ȼ. 22. 
2
ȸɥɦɚɫɨɜ Ⱥ., ȼɚΣɨɛɨɜ Ⱥ.ȼ. ɂԕɬɢɫɨɞɢɣ ɧɚɡɚɪɢɹ: Ⱦɚɪɫɥɢɤ. – Ɍ., 2006. – Ȼ.
88–89.


 154
Unga davlat mulkining tanho hukmronligi, iqtisodiyotning o‘ta 
davlatlashgan bo‘lishi, moddiy ne’matlarni davlat bir tekisda taqsimlashi, 
xususiy-iqtisodiy faoliyatning man etilishi, tadbirkorlikni bo‘g‘ib qo‘yib, 
mahalliy tashabbusga yo‘l bermaslik, eksport-importni qattiq nazorat 
qilish, iqtisodiyotning o‘ta harbiylashgan bo‘lishi xosdir. 
Bozor iqtisodiyotiga xos yangi huquqiy tizimning o‘zagini Asosiy 
qonun – respublika Konstitutsiyasi tashkil etadi. Shu bois ijtimoiy 
yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining qonunchilik asosini yaratish – bu 
faqat o‘tish davrining majburiy sharti bo‘lib qolmay, balki huquqiy davlat 
barpo etishning o‘ziga xos xususiyati hamdir.
Bozor iqtisodiyoti qonunchilikka tayanishi, unga xos bo‘lgan 
faoliyat qoidalari, iqtisodiy munosabatlar qabul qilingan huquqiy 
qonunlarda qayd etilishi zarurligi O‘zbekiston konsepsiyasida hisobga 
olinadi. Qabul qilingan amaldagi qonunlar tarkibida, bozor 
munosabatlarini tartiblovchi, ularning ma’lum yo‘nalishda bo‘lishini 
ta’minlovchi va iqtisodiyotga oid qonunlar alohida o‘rin tutadi. 
Davlatimiz rahbari: «Yaxlit bozor tizimi vujudga kelishi uchun uning turli 
tomonlariga oid barcha qonunlar o‘zaro muvofiqlashgan bo‘lishi shart. 
Qonunlardagi nomuvofiqliklarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi», – deb 
ta’kidlagani barchamizga ma’lum. Darhaqiqat, qonunlar barcha faoliyat 
turlarining uzviy bog‘lanishiga xizmat qilganda haqiqiy bozor munosabati 
kelib chiqadi. Mustaqillik yillarida qonunlarni amalga oshirish, ularni 
ta’sirchan qilish uchun zarur bo‘lgan barcha dastak va vositalar 
yaratilishiga erishildi. Amaldagi qonunlar biz intilayotgan fuqarolik 
jamiyatining iqtisodiy negizini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 
Prezident Islom Karimov mukammal qonunlarsiz bozor iqtisodiyoti amal 
qila olmasligini inobatga olib: «Ijtimoiy yo‘naltirilgan madaniy-ma’rifiy 
bozor xo‘jaligini tegishli ravishda huquqiy jihatdan ta’minlamasdan turib 
bunday xo‘jalikni shakllantirishni tasavvur qilib bo‘lmaydi»
1
, – deb 
ta’kidlaydi. 
Bozor iqtisodiyotiga xos huquqiy tizim va huquqiy davlatni barpo 
etish tamoyillari: 
¾ qonunlarning hayot, amaliyot bilan uzviy bog‘liqligi va undan 
kelib chiqishi; 
¾ qonun hujjatlari bevosita ta’sir ko‘rsatish kuchiga ega bo‘lishi 
kerak; 
¾ qonunga bo‘ysunish huquqiy davlatning muhim xususiyatidir; 
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ – ɛɨɡɨɪ ɦɭɧɨɫɚɛɚɬɥɚɪɢɝɚ ʆɬɢɲɧɢɧɝ ʆɡɢɝɚ ɯɨɫ
ɣʆɥɢ. – Ɍ., 1993. – Ȼ. 67.


 155
¾ qonunning ustuvorligini ta’minlash; 
¾ huquqiy madaniyat yuqori darajada bo‘lishi kerak.
Mustaqillikning dastlabki yillarida Prezident Islom Karimov «bozor 
munosabatlariga o‘tish davrida davlat bosh islohotchi bo‘lishi, 
iqtisodiyot va ijtimoiy turmushning hamma sohalarini o‘zgartirish 
rejalarini tuzib, uni izchillik bilan amalga oshirishi zarur»ligi vazifasini 
qo‘ydi.
Davlat iqtisodiy faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:
¾ bozor iqtisodiyoti huquqiy asoslarini ta’minlash;
¾ bozor mexanizmi yaxlitligi va uning me’yorida ishlashi uchun 
shart-sharoit yaratish; 
¾ aholini iqtisodiy jihatdan himoya qilish va daromadlarini adolatli 
taqsimlash; 
¾ atrof-muhitni muhofaza etish;
¾ xalqaro iqtisodiy munosabatlarning samarali rivojlanishini 
ta’minlash. 
Bunda (1991–2000-yillar) davlatning iqtisodiy vazifalari:
¾ tartibga solinadigan bozor sharoitida asosiy maqsad yo‘nalish-
larini ishlab chiqish ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning 
strategik yo‘lini belgilaydi va bu boradagi taktik xatti-harakatlarni amalga 
oshiradi;
¾ bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida iqtisodiy erkinliklarning 
kafolati vazifasini o‘taydi; 
¾ bozor institutlarini yaratish uchun qulay sharoit tug‘diradi;
¾ vujudga kelayotgan ishbilarmonlik tuzilmalari qaror topishi va 
rivojlanishiga ko‘maklashadi; 
¾ aniq maqsadga qaratilgan tuzilma siyosatni amalga oshiradi 
(ustuvor yo‘nalishlarni aniqlaydi); 
¾ hamma ma’lum iqtisodiy vositalar – moliya, kredit, soliq, valuta 
siyosati, narx-navoni nazorat qilish va bevosita ta’sir o‘tkazishning 
choralari orqali iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni tartibga soladi; 
¾ iqtisodiyotni sog‘lomlashtirish muammolarini birinchi navbatda 
hal etadi. 
O‘zbekiston konsepsiyasida Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston 
o‘z yangilanish va taraqqiyot yo‘liga asos bo‘lgan eng muhim 
qoidalardan biri sifatida bozor iqtisodiyotiga o‘zining barcha 
bosqichlarida oldindan kuchli ijtimoiy siyosat o‘tkazish» zarurligini 
ko‘radi va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish bosqichlarini belgilab 


 156
berdiki, bu jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida ijtimoiy 
xavfsizlikni ta’minlash sharti bo‘lib xizmat qildi.

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling