Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
V. Moliya bozori. Bu jamiyatdagi moliya xizmatlari bozoridir. Bu
bozorning maxsus shakli bo‘lib, bu yerda moliya resurslari, ya’ni pul va daromad keltiruvchi qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi yuz beradi. Uning tarkibidagi pul bozori uch qatlamli bo‘ladi. Birinchisi, shaxsiy ehtiyojni qondiruvchi oddiy pul bozori. Bu yerda pul tirikchilik buyumlarini xarid etish uchun haqini to‘lash sharti bilan qarzga olinadi, ya’ni ishlatib turish uchun pul sotib olinadi. Masalan, mebel to‘plami, avtomashina yoki kvartira olish uchun kishilar bankdan qarz oladilar. Bunda bank sotuvchi, qarz ko‘targan esa xaridor maqomida bo‘ladi. Ikkinchisi, kapital bozori. Bunda pul tirikchilik yurgizish uchun emas, balki kapital sifatida ishlatib foyda chiqarish uchun qarzga sotib olinadi. Bunga misol qilib tadbirkor, fermer yoki dehqon xo‘jaligi sohibining tijorat bankidan qarz olib, buni o‘z xo‘jaligi rivoji uchun ishlatishini ko‘rsatish mumkin. Kapital bozorining o‘zi ikki xil bo‘ladi, bu kredit bozori va qimmatli qog‘ozlar bozoridir. Kredit bozoridan (masalan, banklardan) tadbirkorlar kreditni (qarzni) sotib olib, uni kapital sifatida ishga qo‘yadilar. Bozordan kapitalni jalb etishning yana bir shakli bu aksiya, obligatsiya va sertifikatlarni chiqarib sotishdir. Bularni chiqarganlar emitent, sotib olganlar investor deyiladi. Emitent sotuvchi bo‘lsa, investor xaridor hisoblanadi. O‘zbekistonda kredit bozorini tijorat banklari, kredit shirkatlari va ulardan qarz oluvchi mijozlar tashkil etsa, qimmatli qog‘ozlar bozori fond birjalaridan, qog‘ozlarni saqlovchi depozitariy- lardan iboratdir. O‘zbekistondagi fond bozorining ishtirokchilari korxona, tashkilotlar, aholining ma’lum qatlami, davlat idoralari va turli vositachilar hisoblanadi. Pul bozorining uchinchi, o‘ziga xos turi – bu valuta bozoridir. Bu bozorda turli mamlakatlarning milliy puli – valuta oldi-sotdi qilinadi. Uning ishtirokchilari korxonalar, turli tashkilotlar, davlat idoralari va fuqarolar hisoblanadi. Ulardan biri valuta sotsa, boshqasi uni sotib oladi. Mazkur bozor banklar, ularning valuta ayirboshlovchi shoxobchalari, valuta auksioni (kim oshdi savdosi) shaklida namoyon bo‘ladi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling