Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
tovar oborotining (aylanmasi) hajmi bilan o‘lchanadi, bu esa oldi-sotdi
ko‘lamini bildiradi. Bozorning katta-kichikligi umumiy tarzda va ayrim bozorlarga tatbiqan aniqlanadi. Agar iste’mol tovarlari bozorini olsak, uning umumiy hajmini ayrim tovarlar bozori, masalan, oziq-ovqat, kiyim- kechak va turli xizmatlar bozorining hajmi aniqlaydi. Buning qanday ekanligini chakana savdo oborotiga qarab bilish mumkin. So‘nggi yillarda O‘zbekistondagi chakana savdo oboroti miqdori ortib bormoqda. Bu bozorning kengayib, uning ko‘lamining ortib borishi ifodalaydi. Bu o‘z navbatida ishlab chiqarishning hajmiga va yaratilgan mahsulot va xizmatlarning naqadar xilma-xil bo‘lishi, binobarin ayirboshlashga mo‘ljallanganligiga bog‘liq bo‘ladi. Mahsulotning qanday qismi ayirboshlanishi uning tovarlilik darajasini bildiradi. Bu daraja qanchalik yuqori bo‘lsa, bozor hajmi shunchalik katta bo‘ladi. Demak, iqtisodda shunday qoida bor: bozorning ko‘lami ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarning miqdoriga va ularning tovarlilik darajasiga to‘g‘ri mutano- siblikda bo‘ladi. Mahsulot va xizmatlar bozor va shuningdek, o‘zi uchun yaratiladi. Bular o‘zi uchun qanchalik kam va bozor uchun qanchalik ko‘p yaratilsa, shunchalik bozor keng bo‘ladi. Shu sababli jami yaratilgan mahsulot bozor mahsulotidan farq qiladi. Masalan, O‘zbekistondagi sutning mutlaq katta qismi dehqon, fermer xo‘jaliklari va tomorqada ishlab chiqariladi. Sut bozorining hajmi uning sutning qanday qismi xo‘jaliklarda xonadon iste’moli va buzoqlarni boqish uchun qolishiga va qanchasi sotishga chiqarilishiga bog‘liq bo‘ladi. Bozor munosabati rivojlangan sari o‘zi uchun ishlab chiqarish qisqaradi va bozor uchun ishlab chiqarish kengayadi. Bozorning hajmi ishlab chiqarish holatiga qarab o‘zgarib turadi. Undagi o‘zgarishlarni dinamikada (harakatda) bilish uchun real tovar oborotini aniqlash zarur. Real tovar oboroti o‘zgarmas yoki bazaviy- yildagi narxlar vositasida, ya’ni inflatsiya ta’siridan xoli etilgan narxlarda hisoblangan oborotdir. Buni aniqlash uchun joriy narxlarda hisoblangan tovar oboroti narxning o‘zgarish indeksiga bo‘linadi. Masalan, joriy narxdagi chakana savdo oboroti 696 mlrd. pul birligiga teng, joriy yildagi 137 narx 1,2 marta o‘sdi (shu narx indeksi). Bunda real savdo oboroti – u = 580 mlrd. Mana shu bozorning real hajmi bo‘ladi. Real oborotga qarab bozorning kengaygani yoki torayganini bilish mumkin. Bozor ko‘lami va ishtirokchilari jihatidan mahalliy, hududiy, milliy, davlatlararo va jahon bozoriga ajratiladi. Mahalliy bozor – bu muayyan mamlakatning davlat chegaralari doirasi bilan cheklangan shahar, tuman, viloyat hududlaridagi bozordir. Bu bozorda asosan mahalliy tovarlar oldi-sotdisi yuz beradi. Bunga misol qilib O‘zbekistondagi tuman bozorini olish mumkinki, bunga shu yerdagi savdo shoxobchalari, buyum bozorlari, dehqon bozorlari kiradi. Uning ishtirokchilari tuman ahli bo‘lib, bular iste’molchilar, ishlab chiqaruvchi firmalar, savdo firmalari, fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa sohiblaridan iboratdir. Hududiy bozor – bu bir necha chegaradosh hududlar doirasidagi bozor bo‘lib, mahalliy bozorlar majmuidan iborat. Uning subyekti – ishtirokchilari hududdagi tovar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar hisoblanadi. Uning obyekti turli hududlarda yaratilgan mahsulot va xizmatlar hamda tashqaridan keltirilgan tovarlar hisoblanadi. Hududiy bozor ko‘lami mahalliy bozor ko‘lamidan katta bo‘ladi, uning ishtirokchilari ham ko‘p. Hududiy bozorga misol qilib O‘zbekistondagi Sharqiy hudud (Farg‘ona vodiysi) bozorini ko‘rsatish mumkin. Milliy bozor – bu muayyan mamlakatning milliy chegarasi doirasidagi, ya’ni mamlakatning ichki bozori. Bu bozor milliy iqtisodiyotning ajralmas qismi hisoblanadi. Uning ishtirokchilari muayyan mamlakatdagi barcha tovar ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar va ular o‘rtasida turgan vositachilardan iborat. Milliy bozordagi tovarlarning asosiy qismi mamlakatning o‘zida ishlab chiqariladi, qisman chet eldan keltiriladi, ammo iqtisodi qoloq va qaram mamlakatlarda ular yaratgan mahsulotlar asosan xom ashyo bo‘lib, u mamlakat ichki tovar oborotida ishtirok etmaydi, balki chetga chiqariladi. Ular ichki bozorida chetdan keltirilgan tovarlar ustuvor bo‘ladi. Bunday milliy bozorda qaramlik alomati bo‘ladi. Milliy bozor mamlakatdagi barcha bozorlarni birlashtiradi, bu yerda milliy pul xarid uchun yagona to‘lov vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Milliy bozor davlat himoyasida bo‘ladi. U ochiq bozor, unga kirib kelish, undan chiqib ketish erkindir. Davlatlararo bozor – bu ikki va undan ko‘p mamlakatlarning o‘zaro bozori bo‘lib, bunda turli mamlakatlar firmalari va davlat idoralari qatnashadi. Bu bozorda tovarni bevosita iste’mol etuvchilar – xonadonlar 138 qatnashmaydi. Bu bozor chegaradosh davlatlar bozori bo‘lib, bu yerda shu mamlakatlarda yaratilgan tovarlar, chetdan keltirgan tovarlar oldi-sotdi qilinadi. Aytilgan mamlakatlarda chegara oldi savdo-sotig‘i keng tarqalgan bo‘ladi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling