Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Monopollashgan bozor – bu ozchilik sotuvchilar va xaridorlar 
hukmron bo‘lgan, raqobat cheklangan yoki raqobat umuman yo‘q bozor. 
Mazkur bozor 4 xil bo‘ladi: 
a) monopol raqobatli bozor – bu yerda ko‘p sonli korxonalar bozorni o‘z 
qo‘lida tutib turadi. Ular tovarlarning asosiy qismini taklif etadilar, ammo 
ulardan ayrimlari yoki bir nechtasining bozordagi hissasi, ularga hukmronlik 
qilish imkonini bermaydi. Bu bozor monopol bo‘lsa-da, unda raqobat bo‘ladi, 
ammo u cheklangan tarzda yuz beradi, ya’ni ozchilikning raqobati shaklida 
bo‘ladi. Bu bilan u erkin bozordan farqlanadi
b) sof monopoliya bozori – bu yerda sotuvchi monopoliyasi bo‘ladi, 
ya’ni xaridorlar ko‘p bo‘lgani holda sotuvchi bitta bo‘ladi, xaridorning 
mana shu tanho sotuvchi tovarini olishdan boshqa iloji bo‘lmaydi; 


 132
c) oligopoliya bozori – bu yerda bitta emas, balki bir necha, ammo 
ozchilikdan iborat sotuvchilar hukmronligi mavjud bo‘ladi. Tovarlarning 
asosiy qismi mana shular qo‘lida to‘planadi, bu yerda ham sotuvchi 
monopoliyasi bo‘ladi; 
d) monopsoniya bozori – bu yerda sotuvchi emas, balki xaridor 
monopoliyasi bo‘ladi, ya’ni sotuvchilar ko‘p bo‘lgani holda xaridor yagona 
bo‘ladi. Monopsoniya odatda resurslar bozorida bo‘ladi, bu yerda ayrim 
korxonalar xom ashyo, yoqilg‘i, ish kuchi kabi resurslarning asosiy qismini 
sotib oladi. Agar monopoliya bozorida sotuvchi xaridorga o‘z izmini o‘tkazsa, 
monopsoniyada xaridor sotuvchiga o‘z hukmini o‘tkazadi. 
Bozorlar o‘zining obyekti jihatidan, ya’ni nimalar oldi-sotdi qilinishi 
jihatidan ham farqlanadi. Shu o‘rinda iste’mol tovarlari bozori, resurslar 
bozori va moliya bozori ajratiladi. 
A. Iste’mol tovarlari yoki iste’molchilar bozori. Bu bozorda 
kishilarning shaxsiy ehtiyojini qondiruvchi, ya’ni ularning tirikchiligi 
uchun zarur bo‘lgan tovarlar oldi-sotdisi yuz beradi. Mazkur bozorga 
sotuvchilar ikki turdagi tovarlarni qo‘yadilar. Birinchisi, moddiy 
shakldagi iste’mol tovarlari bo‘lib, bularga oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy 
jihozlari, transport vositalari (yengil avtomobil, velosiped, mototsikl) 
kabilar kiradi. Ikkinchisi, nomoddiy, ya’ni moddiy ko‘rinishi bo‘lmagan 
tovarlar. Bular turli-tuman xizmatlardan iborat bo‘lib, ularning moddiy 
shakli bo‘lmaydi. Xizmatlarning o‘zi tovarlashmagan va tovarlashgan 
bo‘ladi. Tovarlashmagan xizmatlar bepul xizmat bo‘ladi, shu sababli 
ular bozorga chiqmaydi, binobarin, oldi-sotdi obyektiga aylanmaydi. 
Bular jumlasiga xonadondagi o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish va bepul 
davlat xizmati (o‘qitish, davolash, sport, madaniy xizmat) kiradi. Bozorga 
chiqarilgan yoki tovarlashgan xizmatlar pulli xizmatlar bo‘lib, ular 
g‘oyat xilma-xil bo‘ladi. Bular ta’lim, tibbiyot, sport, sayohat, tomosha, 
transport, maishiy xizmat kabilardan iborat bo‘ladi, ularni aholi sotib 
oladi. Bu xizmatlarning bozor obyekti sifatidagi xususiyati shundan 
iboratki, ularning yaratilishi va iste’moli bir vaqtning o‘zida yuz beradi. 
Masalan, kostum avval tikiladi, so‘ngra bozorga chiqadi, sotib 
olinganidan keyin iste’mol etiladi. Bundan farqliroq shifokorning tibbiyot 
xizmati yoki o‘qituvchining ta’lim berish xizmatining ko‘rsatilishi va 
iste’moli aynan bir vaqtda yuz beradi. Konsert ijrosi va uni tomosha 
qilish, futbol o‘yini va uni ko‘rish ham bir vaqtda yuz beradi. Xizmatning 
moddiy shakli bo‘lmaganidan uni yaratish va iste’mol etish qo‘shilib 
ketadi. 


 133
Iste’molchilar bozorida eng ko‘p turdagi va miqdori g‘oyat katta 
tovarlar va xizmatlar oldi-sotdisi yuz beradi, bu bozorning ishtirokchilari 
mutlaq ko‘pchilikdan iborat bo‘ladi. Mazkur bozorning O‘zbekistondagi aniq 
ko‘rinishi, bu mol bozori, dehqon bozori, supermarket, univermaglar, 
minimarket, turli do‘konlar (shoplar), konsert zallari, teatr, kino-teatr
stadionlar, sport zallari, pulli kasalxonalar, pulli o‘quv kurslari, shartnoma bilan 
o‘qishdan iboratdir. 
Iste’molchilar bozorida, birinchidan, ulgurji savdo bo‘lsa, ikkinchidan 
chakana savdo qilinadi. Ulgurji savdo bo‘lganda ishlab chiqaruvchilar o‘z 
tovarlarini vositachi savdo firmalari yoki ayrim savdogarga ko‘tarasiga, ya’ni 
katta miqdorda sotadilar. Bular o‘z navbatida mana shu tovarlarni chakana 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling