141
Bozor muhofazasi deganda milliy bozorning yoki ayrim tovarlar
bozorining davlatning eksport-importni tartibga soluvchi tadbirlari
vositasida himoya qilinishi tushuniladi. Bozor muhofazasi:
– chetdan
tovar keltirishni cheklash, taqiqlash;
– boj to‘lovini oshirish orqali amalga oshiriladi.
Bozor muhofazasini chetlab o‘tishning muhim yo‘li ilgari tovar
chiqarilgan mamlakatga
kapital chiqarib, muayyan tovarni o‘sha yerning
o‘zida yaratish va sotish hisoblanadi. Masalan, Yaponiya avtomobil
firmalari o‘z tovarini AQShga kiritish yo‘lidagi yuqori boj to‘lovlariga
«chap berish» uchun AQShda o‘z zavodlarini qurib, chiqarilgan
avtomobilni shu yerning o‘zida sotadi.
Bozor muhofazasi mamlakatlararo «savdo janglari»da
istehkom
vazifasini o‘taydi.
Do'stlaringiz bilan baham: