Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
raqobat yuz bersa, ikkinchidan, subyektlar o‘z faoliyatini, binobarin,
manfaatlarini ham muvofiqlashtirishga intiladilar. Aks holda, ularning ishi yurishmaydi. Subyektlarning ajralishi va yaqinlashib o‘z xatti- harakatlarini moslashtirishi bu iqtisodiyotning ikki ziddiy tomonidir. Raqobat iqtisodiy subyektlarning ajralishi bo‘lsa, integratsiya ularni birlashtiradi. Integrasiyaning zarurligi ham doim raqobat qilavermay, murosaga kelish, shu yo‘sinda manfaatlarni moslashtirishni talab qiladi. Gap shundaki, ishlab chiqarishdagi o‘zaro bog‘liqlik kuchayishi bilan integratsiyalashmay turib yaxshi foyda ko‘rish qiyinlashadi. Mana shu o‘zaro bog‘liqlik ayrim iqtisodiy subyektlarga mopopol mavqe bermaydi. Binobarin, integratsiya va erkin raqobat monopollashuvga yo‘l qo‘ymaydi. Zamonaviy bozor iqtisodiyotida subyektlarning o‘zaro aloqalari tasodifiy emas, balki ular muntazam bo‘lib, barqarorligi bilan ajralib turadi. Bu aloqalar negizida yotgan narsa ishlab chiqarishning chuqur ixtisoslashuvi, korxonalar va tarmoqlarning bir-biriga integratsiya orqali bog‘lanib qolishidir. Shu tufayli mijozlar o‘rtasida tijorat aloqalari bozorda bir marta yuz beradigan oldi-sotdi bilan tugallanmay uzoq davom etadi. Bu aloqalarni yuzaga chiqaruvchi muhim omil iqtisodiy subyektlar o‘rtasidagi ishonch hisoblanadi, bu halol raqobat sharoitidagina bo‘lishi mumkin. Bozor iqtisodiyotida raqobatga xos bo‘lmagan munosabatlar ham kelib chiqadi. Masalan, marketing (ishlab chiqarishni bozor bilan bog‘lash) orqali ishlab chiqarish bilan iste’mol bog‘lanadi. Bunda sotuvchi bilan xaridor raqobati o‘rniga o‘zaro ma’qul aloqa o‘rnatiladi. Xaridorga kerakli tovar yetkazib beriladi, narx esa sotuvchi uchun qulay bo‘ladi. Bu yerda manfaatlarning uyg‘unlashuvi yuzaga chiqadi. Ishchilarning o‘zaro ish o‘rni, xo‘jayinlarni ishchilar bilan ishga yollashni qulayligi uchun kurashi o‘rniga ish topib berish, yaxshi ish bilan ta’minlash munosabati paydo bo‘ladi. Masalan, firma ishchiga yangi kasbni olishga moddiy ko‘maklashadi, toki u ishsiz qolganda, yangi ishga 128 joylasha olsin. Davlat iqtisodiy subyektlar munosabatiga aralashib, uni tartiblaydi. U qonun yo‘li bilan monopoliyani cheklaydi, raqobatning halol borishini ta’minlaydigan qoidalarni joriy etadi. Individual mulk sohiblari hadeb kurashavermay, aksioner jamiyatga (sherikchilik shirkatiga) birlashadilarki, natijada ularning manfaati umumiy bo‘lib qoladi. Bozor iqtisodining subyekti bo‘lgan ishchilar ham aksiya sotib olib, mulkning sherigi – egasiga aylanadilar. Foyda ko‘rish borasida ularning manfaati kapital egalari manfaati bilan yaqinlashadi. Demak, bozor iqtisodiyotida raqobatdan boshqacha, hamkorlik munosabatlari ham mavjud. Bozor iqtisodiyoti o‘zining regulatorlariga ega. Bozor Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling