Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
QONUN-QOIDALARI
1. Bozor iqtisodiyoti va uning tub belgilari Hozirgi zamon iqtisodiyoti bozor iqtisodiyotidir. Bu iqtisodiyot Yer yuzidagi ko‘pgina mamlakatlarda har xil darajada va o‘ziga xos xususiyatlar bilan rivojlanib bormoqda. Uning mohiyatli belgilarini eng rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida ko‘rish mumkin. Davlatimiz rahbari Islom Karimov «Prezidentdan to oddiy fuqaro- gacha, yoshi va vazifasidan qat’i nazar – hammani bugungi zamon talablariga, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalariga o‘rgatish, malakasini oshirish kerak»ligini mustaqillikning dastlabki yillaridayoq birinchi galdagi vazifa sifatida belgilagan. Bozor asosida tovar-pul munosabatlari yotadi. Tovar-pul munosa- batlari tovar ishlab chiqarish, tovarlarni ayirboshlash va pul muomalasiga xos munosabatlarning yaxlitligidir. Tovar ishlab chiqarishga oid munosabatlar tovarni yaratishda moddiy va jonli mehnat sarf etilishi, bu sarf-xarajatlar jamiyat uchun zaruriy darajada bo‘lishi, tovarning sifati va narxining muvofiqligi. ta’minlanishi, individual mehnat sarflari zaruriy sarfga keltirilishi, tovarlar qiymati mehnat unumdorligiga teskari proporsional tarzda o‘zgarishi kabi aloqalarni bildiradi. Tovar ishlab chiqaruvchilar mustaqil ravishda, bozorga qarab tovarlarni yaratadilar, bozor talabi qondirilganda daromad topadilar. Yaratilgan tovarlarni ayirboshlash sohasidagi munosabatlar sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi erkin oldi-sotdi munosabatlaridir. Turli tovar ishlab chiqaruvchilar bozorda ayni 122 bir vaqtda ham sotuvchi, ham xaridor vazifasini o‘tashadi. Bozor aloqalari kerakli tovarlar zaruriy miqdorda va kelishilgan narxda ayirboshlanishini bildiradi. Tovarlar bevosita emas, balki pul vositasida ayirboshlanadi. Pul muhim iqtisodiy vazifalarni bajaradi, uning nufuzi yuqori bo‘ladi. Tovar- pul munosabatlari umuminsoniy hodisa, ular turli tizimlarga xos, ularni bir-biriga bog‘lab turadi. Ammo bu munosabatlar yuksak darajada rivoj topganda bozor iqtisodiyotiga aylanishi nazariyotchilar tomonidan tan olingan. Iqtisodiyotning nimani, qancha va kim uchun ishlab chiqarish zarur, degan azaliy muammosi bozorda aniqlanadi. Shu sababli bozor tizimi qonun- qoidalarini o‘rganishni bozordan boshlaymiz va eng avval bozorning o‘zi nimaligini aniqlaymiz, so‘ngra uning turlarini ko‘rib chiqamiz. Ishlab chiqarishda yaratilgan turli-tuman mahsulotlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar iste’molchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki bozor orqali yetib boradi. Bozor ishlab chiqarishni iste’mol bilan bog‘laydi, chunki hech bir narsa tekinga berilmaydi, uni bozorda pulga sotib olish talab qilinadi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling