Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

regulatorlari – bozordagi o‘zgarishni ishlab chiqarishga yetkazib, uning 
bozorga moslashuvini ta’minlovchi vositalardir. Albatta, ular ma’muriy 
emas, balki iqtisodiydir. Ulardan eng muhimi bozor narxidir. Narx oshib, 
tovarlar jadal sotilsa, foyda ko‘payadi, ular ko‘proq ishlab chiqariladi. 
Tovarlar narxi pasayib, ular yaxshi o‘tmasa, ishlab chiqarishni qisqartirish 
yoki undan tamomila voz kechish kerak bo‘ladi. 
Bozor munosabatlarining har bir subyekti, bu korxonami, davlatmi, 
ayrim kishimi – buning ahamiyati yo‘q, o‘z manfaatini ko‘zlab faoliyat 
ko‘rsatadi. Ammo, ko‘r-ko‘rona xohlagan ishini qila olmaydi. U bozor 
bilan hisoblashishga majbur, aks holda ishi yurishmaydi, daromad 
topmaydi, xonavayron bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchiga ham, iste’molchiga 
ham nima qilish kerakligini bozordagi narx ko‘rsatadi. Hozirgi bozor 
iqtisodiyoti ijtimoiy yo‘nalishga ega, lekin bu uning o‘z tabiatidan kelib 
chiqmaydi, balki uning aralash iqtisodiyot tarzida rivojlanishi natijasidir. 
Xilma-xil mulkchilik, mehnatkashlarning mulk egasiga aylanishi, ishlab 
chiqarishning to‘kinchilikni ta’minlay olishi kabi yangi hodisalar aralash 
iqtisodiyotga xoski, ular ijtimoiy kafolatlarni yuzaga chiqaradi. Bozor 
iqtisodiyotining o‘ziga xos ijtimoiy adolat qoidalari bor. Iqtisodiyotdagi 
resurslar miqdori, ularning samarasiga qarab ishlab chiqilgan tovarlar va 
xizmatlarni taqsimlash va shunga mos ravishda daromadga ega bo‘lib, 
yuqori farovonlik darajasiga chiqish adolat hisoblanadi. Ammo, adolat 
prinsipi hammani bir qilish emas, balki jamiyatning tabaqalashuvini 
bildiradi. Iqtisodiy subyektlar mehnatiga, ishbilarmonligiga va mulkiga 
qarab bir-biridan farqlanadi, shu sababli ularning daromadi, turmush 
darajasi va jamiyatdagi mavqei bir xil bo‘lmaydi. Tabaqalanish, boylarga 
havas qilib, shunday bo‘lishga intilishni hosil qiladi, bu esa yaxshi 
ishlashga undaydi. Bozor iqtisodiyoti shunday iqtisodiy munosabatlarki, 
ular ishlab chiqarish faoliyatini rag‘batlantiruvchi kuchni yuzaga 
chiqaradi. Bozor regulatorlari moddiy, mehnat va moliya resurslarini 


 129
kerakli tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish tomon buradi. U behuda 
mehnat sarfini hech qachon tan olmaydi, aksincha, unga yo‘l qo‘yganlarni 
iqtisodiy jihatdan jazolaydi, ya’ni ular zarar ko‘radi. 
Bozor iqtisodiyoti moslashuvchan iqtisodiy tizimdir. U sharoit 
o‘zgarishlariga darhol javob beradi, nima yetishmasa, shuni darhol ishlab 
chiqarishni ta’minlaydi. Uning muhim belgilaridan yana biri novatsiyaga 
moyillikdir. U fan-texnika yangiliklarini darhol qabul qiladi, yangi 
tovarlarni, yangi texnologiyani va ishlab chiqarishni boshqarish usullarini 
joriy etishni ta’minlaydi, chunki bu raqobatda yutqazmaslik, yaxshi foyda 
ko‘rish, obro‘-e’tibor orttirish sharti bo‘lib xizmat qiladi. Bozor 
iqtisodiyoti tovarlar va xizmatlar to‘kinchiligini yuzaga keltiradi, 
ko‘pchilik tovarlardan eng yaxshisini tanlab olgan holda, ehtiyojni 
qondirish imkonini beradi.
Ammo bozor iqtisodiyotini hamma dardga davo deb, uni haddan 
tashqari olqishlash unga xolisona baho berishdan yiroq. Uning o‘ziga xos 
muammolari, nobop, zaif tomonlari ham yo‘q emas, albatta. Bozor 
iqtisodiyoti millionlardan iborat ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarning 
faoliyati bo‘lganidan, unga tarqoqlik va xudbinlik (egoizm) ham xos. U 
o‘z-o‘zidan davlat va jamoatchilik ishtirokisiz tabiatni muhofaza etish, 
ekologik muvozanatni ta’minlashni yuzaga chiqarmaydi. Jamiyat uchun 
zarur bo‘lgan, lekin xarajatlar qaytimi sekin bo‘ladigan, katta mablag‘ 
talab qiladigan inshootlar va binolarning qurilishini rag‘batlantirmaydi. 
Darhol foyda keltirmaydigan, lekin ilm-ma’rifat kelajagi uchun muhim 
bo‘lgan nazariy izlanishlarni ham rag‘batlantirmaydi. Bozor iqtisodiyoti 
ham sakrab-sakrab siklli ravishda rivojlanadi, iqtisodiy yuksalishlar bilan 
birga inqiroz va tanglik ham paydo bo‘ladi. 
Prezident Islom Karimov «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, 
O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari»ga 
bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchilariga yo‘llagan 
tabrigida O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanish tajribasi va hozirgi jahon 
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida barqarorlikka erishayotgani haqida 
to‘xtalib, dunyoviy taraqqiyotda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan quyidagi 
xulosa va qoidalarni alohida ta’kidlagan: «bozor (talab va taklif) hamma 
narsani hal qiladi, degan tamoyildan kelib chiqqan holda, bozor 
munosabatlariga sajda qilaverish mumkin emas. Hayot tajribasi shuni 
necha bor ko‘rsatdiki, iqtisodiy va moliyaviy munosabatlarni boshqarish, 
murakkab vaziyatlardan chiqib ketish uchun ustuvorliklar tanlashda 
davlatning rolidan foydalanish (bozor kuchlilar yengadi, degan Darvin 


 130
tamoyiliga amal qilishini e’tiborga olgan holda), aholining ko‘pchilik 
qismi manfaatlarini ifodalovchi davlatning rolini, kuchli ijtimoiy siyosat 
yuritish va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan milliy strategiyaning o‘rnini 
hech kim va hech narsa bosa olmaydi» ilmiy qoidasi bozor iqtisodiyotini 
ilohiylashtirish kerak emasligiga undaydi. 
Bozor iqtisodiyotining ham, har qanday iqtisodiyot kabi o‘z 
rivojlanish qonunlari mavjud. Unga xos qonunlar tizimini ikki guruhga 
bo‘lish mumkin: 
a) umumiqtisodiy, lekin bozor iqtisodiyotida ham amal qilishda 
davom etgan qonunlar; 
b) faqat bozor iqtisodiyotining o‘ziga xos bo‘lgan qonunlar. 
Biz mazkur bo‘limda bozor iqtisodiyoti mohiyati va belgilarini 
umumiy tarzda ko‘rib chiqdik.

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling