Microsoft Word Kurs ishi Ozod 2015
Download 205.36 Kb. Pdf ko'rish
|
xitoyning markaziy osiyodagi strategik manfaatlari
3
Mavzuning dolzarbligi: O’zbekiston va Xitoy terrorchilik, ayrimachilik, diniy ekstremizm balosini bo’lmasligida hamfikir ekanligi bu mintaqada mavjud vaziyatni saqlanib qolishidan birdek manfaatdor ekanligi borasidagi yaqinlik 1 . O’zbekistondagi Jahon siyosati va xalqaro munosabatlari nazariyasida Xitoyni nazariy jihatdan ilmiy jihatdan o’rganish ehtiyojlari. Buyuk davlatlar o’rtasida Markaziy Osiyo mintaqaga faol kirib kelishga intilayotgan, bir vaqtda Xitoy pozitsiyasini bilish muhimligi. Bugungi kunda Xitoy iqtisodiy jihatdan katta yutuqlarga erishmoqda, uning boy tajribasini o’rganish, import tovarlarini Xitoydan qondirish, ayni paytda eksportlarini uning bozoriga olib kirish. Bu vazifani amalga oshirilishi, bizning nazarimizda, mintaqa davlatlari va xalqlarining tub strategik manfaatlariga mos keladigan bo’lar edi. Rossiya, Xitoy va boshqa davlatlarining faol ishtirokida umumiy bozor, mintaqada tovarlar va xizmatlarning, mehnat va sarmoyaning yagona yondashuv, yagona qonuniy meyyor va qoidalar joriy etilgan, yirik va juda keng ko’lamli bozorni shakillantirish imkonini beradi 2 deb aytadi Prezident Karimov I. va bu mavzuning dolzarbligini ham bildiradi. Mavzuning o‘rganilganlik darajasi: Xitoyning Markaziy Osiyodagi siyosatini ilmiy-nazariy jihatdan o’rgangan siyosatshunos olimlar, xitoyshunoslar, tarixchilar, siyosiy ilmiy-tahliliy markazlar tomonidan amalga oshirilmoqda. Ularni shartli ravishda mahalliy va xorijiy vakillarga ajratish mumkin. Xitoyning Markaziy Osiyodagi siyosatini tarixiy, zamonaviy davrini o’rgangan professorlardan biri Abdulaxad Xojayev bo’lib uning “Markaziy Osiyodagi Xitoy faktori ” asarida batafsil bayon etilgan. Qolaversa, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasida Xitoy – O’zbekiston munosabatlarini o’rgangan siyosiy fanlar nomzodi Bekmuratov I.N., Mahmud Xo’jayev, xitoyshunos siyosatshunoslardan biri Shoa’zim Shoniyozivichni ham aytish mumkin. Xorijiy olimlardan Timotenko L.M., Berger Ya., Stepanova G., Gudoshnikov M., Voskirisenskiy A. D.
1 Karimov I. ShHT Hamkorlikni ulkan salohiyatini namoyish etmoqda.T.14.T.,2006.243b. 2 Karimov I. Tinchlik va xavfsizligimiz o’z kuch – qudratimizga, hamjihatligimiz va qat’iy irodamizga bog’liq.T. 12. Toshkent Sammitidagi nutqi, T.,2004.
4
Kurs ishi mavzusining maqsadi: Xitoyning Markaziy Osiyodagi siyosatini o’rganish. Tashqi siyosatinin asosiy yo’nalishlari, prinsiplarini o’rganish, zamonaviy tashqi siyosatini shakillanishi davrini o’rganish. Mavzuning maqsadidan kelib chiqqan holda, quyidagi vazifalar belgilandi: - Xitoyning Markaziy Osiyodagi strategic manfaatlarini aniqlash; - Xitoyining jahon va Markaziy Osiyo siyosati amaliyotida tutgan o’rnini tahlil etish; - Markaziy Osiyo va Xitoy hamkorligi borasida ijobiy va muammoli kamchiliklarni xulosaviy qismida ko’rsatib o’tish; - Xitoyining bugungi Markaziy Osiyo siyosatida tinchlikni mustahkamlashdagi yoki havf tug’dirish mumkinligi ahamiyatini aniqlash; - O’zbekistonning Xitoy bilan hamkorlikdagi muammo va kamchiliklarni aniqlash; - Markaziy Osiyo va Xitoy hamkorligini o’rganish va chuqur tahlil etish asosida siyosiy – tahliliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. Mavzuning obyektini:Xitoyning tashqi siyosati, Markaziy Osiyodagi strategik manfaatlari, O’zbekiston va Xitoy hamkorlik munosabatlarinint umumiy holati. Mavzuning predmeti: Xitoy Xalq Respublikasining Markaziy Osiyodagi siyosati - Urushlarni oldini olishga aloqador munosabatlar va xalqaro xavfsizlikning mustahkamlanishi,oshishi; - Markaziy Osiyo va Xitoy hamkorligini yaratishga qaratilgan munosabatlar; - o’zaro siyosiy, iqtisodiy, madaniy hamkorlikka oid munosabatlar; - xavfsizlikni qo’llab – quvatlashga yo’naltirilgan munosabatlar. Mavzuning nazariy metodologik asoslari: Mavzuni amalga oshirishda mantiqiy, tarixiy, qiyosiy- tipologik va sintez, ivent, content tahlili kabi metodlardan foydalanildi. Kurs ishining tuzilishi va hajmi: Kurs ishi: kirish, ikkita bob, to’rtta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. |
ma'muriyatiga murojaat qiling