Microsoft Word Kurs ishi Ozod 2015


  Xitoy tashqi siyosatining  asosiy yo’nalishlari va  prinsiplari


Download 205.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana09.01.2022
Hajmi205.36 Kb.
#263999
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
xitoyning markaziy osiyodagi strategik manfaatlari

 

1.2.  Xitoy tashqi siyosatining  asosiy yo’nalishlari va  prinsiplari 

 

Muammolarni yechishning kuch ishlatishga asoslanmagan, ancha tejamli va 

shu bilan bir vaqtda samarali yo‘llarini doimiy ravishda izlash, shuningdek ayrim 

davlatlar bilan alohida munosabatlarga urg‘u berish Xitoy tashqi siyosatining 

muhim xususiyati hisoblanadi. Shunga mos ravishda, u yoki bu diplomatik 

yurishlarni tayyorlayotganda tahliliy ishning muayyan qismi jahonda mavjud 

ziddiyatlarni, ulardan mamlakat manfaatlarida foydalanish imkoniyatlarini 

o‘rganishga bag‘ishlanadi.  

Xitoy barcha davlatlar bilan tinch hamkorlikni 5 prinsipi asosida aloqalarni 

rivojlantiradi

12

. Ular quydagilar: 



¾  davlatlar suverenitetini o’zaro hurmat etish; 

¾  davlatlarning hududiy yaxlitligi; 

¾  bir - biriga hujum qilmaslik; 

¾  davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; 

tenglik va o’zaro manfaatli hamkorlik. 

 

Xitoy tashqi siyosatda quydagilarga amal qiladi: 



a)  xalqaro munosabatlarning barcha yo’nalishlari bo’yicha Xitoy mustaqil va 

erkin o’zining siyosatini tanlaydi; 

b)  Xitoy harbiy kuch va gegemoniyaga qarshi chiqadi. Davlatlar bloklariga 

yoki yirik derjavalar bilan hech qanday strategic aloqalar o’rnatmaydi; 

c)  Xitoyning tashqi siyosat maqsadlari xalqaro dunyo holatini yaratish va butun 

dunyoda tinchlik mavjudligini taminlash. 

                                                            

12

http://www.febras.ru/partnery/kitaj/197-vneshnyaya-politika.html 




13 

 

Xitoyning boshqa davlatlar bilan diplomatik aloqalar o’rnatish prinsiplari:1949-yil 



1-oktabr kuni XXR hukumati: “Mazkur hukumat XXRning barcha xalqlar 

irodasini ifoda etuvchi yagona qonuniy hukumatidir. Mazkur hukumat dunyoning  

har qanday hukumati bilan diplomatik aloqalar o’rnatishga rozi, agar ikkinchi 

tomon tenglik, o’zaro foyda va hududiy suverenitetni hurmat qilish prinsiplari 

asosida a’loqalarni o’rnatishga rozi bo’lsa” e’lon qiladi. XXR qaysidir davlat 

Tayvanni davlat sifatida tan olsa u davlat bilan diplomatik aloqalarni uzadi

13



XXR kamdan-kam hollarda o‘zi yirik xalqaro tashabbuslar bilan maydonga 



chiqadi. Odatda bu mamlakat jahonda yuz berayotgan voqealarni baholashga ham 

shoshilmaydi, ko‘pincha fursat poylashga yoki betaraflikka asoslangan pozisiyani 

egallaydi. Xitoy tashqi siyosatining so‘nggi ikki o‘n yillikdagi tashqi siyosatining 

tadrijiy rivojlanish jarayonini ma’lum darajada sxematizm bilan davom etayotgan 

bir nechta o‘zgarishlar va almashayotgan o‘zaro nisbatlar sifatida ifodalash 

mumkin. Bunda tashqi siyosatning milliy istiqlolni ta’minlovchi “turg‘un” holati 

bilan uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonini qo‘llab-quvvatlashga 

qaratilgan “faolligi” o‘rtasidagi jiddiy farqni e’tiborga olish talab etiladi.  

 XXRning takliflari va tashabbuslari xalqaro hamjamiyat tomonidan tobora 

keng ma’qullanmoqda va qo‘llab-quvvatlanmoqda, Xitoyning jahonda yirik davlat 

sifatidagi o‘rni, ahamiyati va rolini ma’qullagan va baholagan mamlakatlar soni 

kundan-kunga ko‘payib borayotir. Bugungi kunda Xitoy dunyoning 161 davlati 

bilan diplomatik  aloqalar o’rnatgan

14



XXRning bugungi tashqi siyosati mamlakatning hozirgi ichki siyosati va 

strategik vazifalari bilan uzviy bog‘liq. O‘zgarishlarning mohiyati quyidagi 

qoidalarda aks etadi: 

Birinchi. Xitoy rahbariyati 25 yil mobaynida amalga oshirilgan “islohotlar va 

ochiqlik” siyosatining natijalarini sarhisob qilar ekan, faqat YaMMning miqdor 

ko‘rsatkichlarini ko‘paytirishga qarab mo‘ljal olishdan voz kechdi.. Yangi kurs 

                                                            

13

http://www.febras.ru/partnery/kitaj/197-vneshnyaya-politika.html 



 


14 

 

bundan buyon ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uyg‘un muhitini yaratishga yanada 



ko‘proq e’tibor qaratilishini anglatadi

15



Ikkinchi. Xitoy butun dunyoda kuzatilayotgan globallashuv jarayoniga uyg‘un 

qo‘shilishi, jahon iqtisodiy tizimidan o‘rin olishga qaratilgan harakatlarini yanada 

faollashtirishi lozim. 2001- yilda XXR Butunjahon savdo tashkiloti (BST)ga qabul 

qilindi.


 Xitoy bozoriga AQSh eksportining 22%, Germaniya eksportining 28%, 

Yaponiya eksportining 32% to‘g‘ri keladi. 

 XXI asrning dastlabki yillari Xitoy iqtisodiyoti uchun umuman olganda samarali 

bo‘ldi. 2014-yilda Xitoyning yalpi ichki mahsuloti 10 mlrd 360 mln AQSh 

dollarini tashkil etdi

16

. 2013-yilda Xitoy tashqi savdo aylanmasi 4.16 mlrd AQSh 



dollarini tashkil etdi

17

.



Xitoy elektronika va informatika ishlab chiqarish bo‘yicha 

AQShdankeyin ikkinchi o‘ringa chiqdi. 

Uchinchi. Xitoy rahbariyati xalqaro vaziyatga baho berar ekan, hozirgi vaqtda 

tinchlik va rivojlanish muammosi hali-hanuz jahon siyosatining eng muhim 

yo‘nalishi bo‘lib qolmoqda, deb hisoblaydi.  

Xitoy kompartiyasi markazko‘mi yangi voqelikni hisobga olib 2003 - yilning 

oxirida mamlakatni tinch yo‘l bilan tiklash

*

 tashqi siyosiy konsepsiyasini ishlab 



chiqdi va rasmiy darajada ilgari surdi. Bu konsepsiyaga quyidagi bandlar kiradi:  

a)  XXR faqat tinch yo‘l bilan qayta tiklanishi mumkin. Xitoylik ekspertlar 

so‘nggi besh yuz yil mobaynida yetakchi davlatlarning yuksalish va tanazzulga yuz 

tutish davrlari tarixini qiyosiy tahlil qilib, mazkur mamlakatlar gegemoniyani 

asosan urushlar natijasida qo‘lga kiritgan va boy bergan, degan xulosaga keldilar. 

Xitoy Osiyoda va jahonda yetakchi rol o‘ynash bilan bir qatorda, ba’zan 

mag‘lubiyatga ham uchragan. 

b) XXR hozirgi tinch xalqaro vaziyat yaratayotgan imkoniyatlarni qadrlashi 

lozim.Xitoy oldida bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ikki vazifa turibdi: u 

mazkur imkoniyatlardan o‘z iqtisodiyoti va ijtimoiy infratuzilmasini samarali 

                                                            

15

 Чжунго циннянь бао. – Пекин, 2004. – 15 апреля. 



16

 Ereport.ru 

17

 http://tass.ru/ekonomika/878251 



 

*

Сўзма-сўз таржимада: «Хитой тинч йўл билан тикланади» − «Хэпин цзюеци». 




15 

 

rivojlantirish uchun foydalanishi va shu bilan bir vaqtda tinchlikni 



mustahkamlashga o‘zining bor kuch-g‘ayratini yo‘naltirishi kerak. 

          2004  -  yilga  kelib  XXRda  chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalar 

soni qariybyarim millionga yetdi. Amalda investisiyalashtirilgan kapital miqdori 

500 mlrd. dollardan oshib ketdi. Jaqonning 500 yirikkompaniyasidan 400 dan 

ortig‘i Xitoyda investisiyalashtirilganloyiqalarga ega. 

v) Xitoy rivojlanish jarayonida o‘z kuchiga tayanadi.  U o‘z taraqqiyot yo‘lini 

mustaqil tanlashi, keng ko‘lamli Xitoy ichki bozoriga, ishchi kuchining bitmas-

tuganmas zaxiralariga, aholi to‘plagan ko‘p miqdordagi valyuta va mablag‘larga, 

yangi sotsialistik tuzumning samaradorligiga va xitoy xalqining qudratli ijodkor 

kuchiga tayangan holda o‘z ichki va tashqi siyosatini shakllantirishi lozim.

 

g)  Xitoy o‘z qobig‘iga o‘ralish siyosatini olib bormasligi kerak.  Uyg‘onish 



tashqi dunyoning tadrijiy rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq. Xitoy bundan buyon 

ham “islohotlar va ochiqlik” siyosatini olib borishi zarur. Xitoyning uyg‘onishi – 

uzoq davom etadigan tarixiy jarayon. Bugungi kunda u o‘z yuksalish jarayonining 

dastlabki bosqichida turibdi. Uyg‘onish uchun hali ko‘p vaqt kerak. Xitoyning 

uyg‘onishi boshqa mamlakatlarga tinch va unumli rivojlanishni kafolatlashi 

lozim


18

To‘rtinchi. XX asrning 80-yillaridan e’tiboran Xitoy tinchlikparvar tashqi 



siyosatni yanada faol olib bora boshladi. Mamlakat xalqaro maydonda o‘z mavqei 

va imkoniyatlariga mos keluvchi rolni o‘ynash niyatida. Mamlakatni 

modernizatsiya qilish vazifasini samarali amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan 

tinch xalqaro vaziyatni saqlash Xitoy hukumati tashqi siyosatining uzoq muddatli 

maqsadi hisoblanadi. Bu intilish quyidagilarda o‘zining aniq ifodasini topadi. Faol 

tashqi siyosat Xitoyga “islohotlar va ochiqlik” yo‘lidan olg‘a siljish va mamlakatni 

modernizatsiya qilish vazifasini bajarishga ko‘maklashadi. U kuch ishlatishdan voz 

kechishnigina emas, balki ham mintaqaviy darajada, ham dunyo miqyosida 

tinchlikni qo‘llab-quvvatlashda faol ishtirok etishni ham nazarda tutadi. XXR 

                                                            

18

 Давлат кенгаши раиси Вэй Цзябао хитойлик ва чет эллик журналистлар учун матбуот конференциясида // 



Жэньминь жибао. – Пекин, 2004. – 15 март. 


16 

 

buyuk davlatlarning birortasi ham harbiy ustunlikka erishishga intilmasligi va 



harbiy bloklar tuzish siyosatini olib bormasligi, balki o‘zaro ishonch, o‘zaro 

manfaatdorlik, tenglik va hamkorlikka asoslangan xavfsizlik yangi konsepsiyasini 

hayotga tatbiq etishi g‘oyasini ilgari suradi

19



Xitoy tashqi siyosati quyidagi asosiy belgilar bilan tavsiflanadi:  

- XXR barcha xalqaro masalalar bo‘yicha o‘z nuqtai nazari va siyosiy kursini 

mustaqil ravishda shakllantiradi;  

- u hech qanday ittifoqlarga qo‘shilmaydi va yirik davlatlar yoki mamlakatlar 

bloklari bilan biron-bir strategik munosabatlar o‘rnatmaydi; 

- gegemonizmga va kuch ishlatish siyosatiga qarshi chiqadi;  

- XXR tashqi siyosatining maqsadi butun dunyoda tinchlikni himoya qilish va 

mamlakatni modernizatsiya qilishga qulay shart-sharoitlar yaratuvchi tinch xalqaro 

vaziyatni yaratish hisoblanadi;  

- XXR barcha mamlakatlar bilan tinch-totuv mavjudlikning besh prinsipiga 

muvofiq munosabatlarni rivojlantirishga harakat qiladi;  

- “uchinchi dunyo” mamlakatlari bilan birdamlik va hamkorlikni 

mustahkamlash, qo‘shni mamlakatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik do‘stona 

munosabatlarini rivojlantirish Xitoy tashqi siyosatining tamal toshini belgilaydi. 

XXR tinch-totuv mavjudlikning besh prinsipiga muvofiq xalqaro 

munosabatlar tizimini yaratish hamda yangi xalqaro siyosiy va iqtisodiy tartib 

o‘rnatish taklifini ilgari surmoqda. 

Xitoyni ichki siyosati uning tashqi siyosatini belgilashga ta’sir etadi, albatta. 

Bu to’g’rida to’xtalmay iloji yo’q. Xitoylashuvga qarshi globallashuv Xitoy 

iqtisodiyoti chet el sarmoyalariga jiddiy bog’langan. Mamlakatdagi taxminan 60% 

tovarlarni AQSH, Yevropa, Yaponiya, Tayvan va Korealarning yetakchi 

kompaniyalari ishlab chiqarmoqda. Jahonda faoliyat yuritayotgan 500transmilliy 

korporatsiyadan 470 tasi Xitoyda ish yuritishadi. Bu korporatsiyalar o’z 

maxsulotlarini boshqa mamlakatlarga eksport qilib, XXRning tashqi savdosiga 

                                                            

19

 Цзян Цзэминь. ХКП XVI Бутун Xитой съезди ҳисоботи. – Пекин, 2002. – Б. 43. 




17 

 

jiddiy ta’sir ko’rsatishadi. Ayni paytda ular Xitoy YIMning 37%ini tashkil 



etishadi.  

Xitoy tovarlari dunyoni egallagani sari u import qiluvchi mamlakatlar 

iste’moliga qaram bo’lib boryapdi. Bunga yorqin misol qilib AQSH – Xitoy 

tovarlari uchun eng yirik bozor-mamalakat bo’lib, shuning uchun ham bu davlat 

bilan o’rnatilgan munosabatlar holati Xitoy diplomatiyasining bosh omiliga 

ayalanganligini keltirish mumkin. Amerika iste’mol bozoridan ayrilish natijasida 

Xitoy iqtisodiyoti keng miqyosdagi inqirozga yuz tutadi, chunki ulkan hajmdagi 

tovarlarni tezda boshqa bozorlarga qayta yo’naltirish jiddiy muammo bo’ladi.

Ayni 

paytda Xitoy - ilg‘or texnologiyalarni faol o‘zlashtirayotgan mamlakat.Buyuk 



Britaniyaning o‘zida 38 ming xitoylik talaba taqsilolmoqda. AQShda xitoylik 

talabalar soni bundan ham ko‘p. 

Siyosiy munosabatlarning globalashishi ham Xitoy imkoniyatlariga o’z 

ta’sirini ko’rsatmoqda. Misol uchun, Tayvan XXR va AQSH o’rtasidagi 

geosiyosiy o’yinning subyektiga aylandi. AQSH bilan yaqin savdo-iqtisodiy va 

moliyaviy aloqalarini hisobga olgan holda, Xitoy u bilan Tayvanni deb 

munosabatlarini keskinlashtirshga borarmidi. 

Biroq Xitoy uchun eng katta masala bu ommaviy muammoga aylangan 

terorchilik va ekstremizmlardir. Mamlakat beqarorliklar bilan o’ralib qolgan: MO 

davlatlari, Afg’oniston, Pokiston, Hindistonlar notinchilik keltirib chiqarish xavfi 

bilan tahdid qilmoqdalar. Aynan Xitoyning g’arbiy va shimolliy-g’arbiy 

hududlarida kambag’allik avj olgan. Shu hududda mustaqillikga davo qilayotgan 

Sintzsyan-Uyg’ur avtonom o’lkasi va Tibet joylashgan. Bularning bari “buyuk 

xitoy qo’zg’oloni” uchun qulay zamin bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham Xitoy 

vaziyatni normallashtirishga urunmoqda. 

Xitoycha sotsialistik bozor iqtisodiyoti  Sobiq Sovet Ittifoqining yakuni kabi 

holatga tushmaaslik uchun Xitoy hukmron partiyasi bozor iqtisodiyoti isloxotlarini 

o’tkazishga qaror qildi. Biroq bu isloxotlarning mevasini asosan Xitoy 

byurokratiyasi va unga yaqin ijtimoiy doiralar ko’rmoqdalar. Xitoylik komunistlar 



18 

 

va hukumat ishchilari amalda kapitalistlarga aylanishdi. Ular zavod, korxonalarni 



xususiylashtirib, o’zlashtirishdi. 

Yuz millionlab xitoylik ishchilar va dexqonlar hali ham sotsialistik tizim 

ostida yashamoqdalar. Yakka partiyaviylik Xitoy byurokratiyasiga ulkan 

mehnatkashlar ommasini bo’ysundirish uchun kerakdir. Bu mehnat ommasi past 

ish xaqi olishi va ijtimoiy kafolatlardan forig’ligi tufayli katta qo’shimcha 

daromadli tovarlarni ishlab chiqaradi. Bu esa Xitoy milliy burjuaziyasiga misilsiz 

daromadlar keltiradi. 

Ijtimoiy tengsizlik oshib bormoqda. 

Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasining so’ngi ma’lumtlariga ko’ra boylar va 

kambag’allar orasidagi tafovut kengayib bormoqda. Xususan jamiyatning boy 

vakillarining 10% mamlakat barcha xususiy aktivlarining (pul vositalari) 40% 

egalik qilishadi. Mavjud hokimiyat ushbu holatni bartaraf etishga ojizdir. 

Rasmiy Pekin ijtimoiy tabaqalanishning o’sib borishi jamiyat barqarorligiga 

jiddiy ziyon yetkazishi mumkin. Shuning uchun boy va kambag’allar daromadi 

o’rtasidagi tafovutni qisqartirish eng ustuvor masala deb qaralmoqda. XXR 

hukumati hattoki mamlakatning iqtisodiy su’ratlarini o’sishini pasaytirb bo’lsada 

bu masalani hal etishga tayyorlanmoqda.  

Xitoyda ijtimoiy kafolatlar deyarli yo’q bo’lib, fuqro ishidan ayrilsa, butkul 

qashshoqlikka tushib qoladi. Xitoylik ishchilar va  dexqonlar hech qanday kasab 

uyumasi, yudik huquqlarga ega emaslar. Oxirgi yillarda vaziyat yomonlashmoqda. 

Bu aholining norozilik namoyishlari ko’payishi va kengayishiga (100ming kishi – 

2005-yilda) olib kelmoqda. Bu mamlakat barqarorligiga bevosita xavf soladi. 

Sog’liqni saqlash sohasidagi inqiroz shundan darak beryapdi. Xitoy rasmiy 

hodimlari shu sohada isloxotlar o’tkazish muvaffaqiyatsizlikga uchraganini bayon 

etishdi. Bugun Xityoning yarim aholisining tibbiy xizmatdan foydalanishga qurbi 

yetmaydi. Hukumat va jamiyatning xavfli kasalliklar oldidagi kuchsizligi Xitoy 

xavfsizligiga ichkaridan kelayotgan tahdiddir. Mamlakat bakteriologik qurol bilan 

sodir etiladigan terorchilik hujumi oldida ojiz bo’lib qolmoqda. 




19 

 

Xitoyning bosh muammolari  Davlat rahbariyati qiyin masala oldida turibdi, 



ya’ni qanday qilib Xitoyning jadal iqtisodiy o’sishini saqlab qolgan holda, 

rivojlanib borayotgan siyosiy va ijtimoiy beqarorlikdan qutilib qolish. 

Xitoy ichki siyosiy maydonida “rivojlansih” konsepsiyasi (iqtisodiy o’sish 

asosiy maqsad) va “farovon jamiyat” ta’limoti (ijtimoiy ruxdagi qarashlarni ilgari 

surish) tarafdorlari o’rtasida keskin bahs-munozaralar ketmoqda. Hozircha 

rivojlanish tarafdorlari g’olib kelmoqdalar. Ular mamalakat barqarorligiga xavf 

solayotgan bosh tahdid ijtimoiy tengsizlik emas, balki past iqtisodiy o’sish 

su’ratlari (yiliga 8% kamroq) deb takidlashadi. Shunday qilib, Xitoy o’z iqtisodiy 

o’sishini qurbon qilib, fuqarolariga yaxshi hayot darajasini ta’minlashi mumkin.  

Milliy mafkura – qutilish yo’liXalq ommasini bilashtirish uchun milliy g’oya 

kerak. Xitoy rahbariyati bosh milliy mafkura, ya’ni dunyoning eng qudratli 

davlatiga aylanish g’oyasini targ’ib etish orqali bunga erishmoqda. Xitoy XXI 

asrning eng kuchli davlatiga aylanishi uchun o’zining iqtisodiy ko’rsatgichlari 

bo’yicha yetarlicha imkoniyatlarga egadir. Iqtisodiyotning yiliga 10% o’sib 

borishi, 1trillion dollarlik valyuta zahiralari, butun dunyo bo’ylab Xitoy 

maxsulotlarining tarqalib ketganligi… 

Biroq bunday qudratu-zabardastliklar oddiygina ijtimoiy huquqlarga ham ega 

bo’lolmagan yuz millionlab xitoyliklarni shafqatsiz va qattiq qo’llik bilan ishlatish 

evaziga erishilmoqda.  

Bunday hisoblashimiz uchun qanday asoslar bor? Gap shundaki, har qanday 

davlat kabi, Xitoy ham jahongir qudratli davlat bo’lishi uchun, jiddiy ichki 

muammolari va tashqi ta’sirdan ozod bo’lmog’I kerak. Aynan shunday sharoitda 

AQSH  XX asr mobaynida taraqqiy etgan edi. U paytda globallashuv jarayonlri 

AQSHga kuchli ta’sir etmas edi, cheksiz ummonlar bilan qolgan yerlardan ajralib 

turishi qudratli dengiz mamlakati bo’lgan Amerika uchun xavfsizlikni ta’minlovchi 

yana bir ustunlik edi. Xitoy misolida ushbu ustunliklarni kuztaolmaymiz. 

Kuchayib borayotgan globallashuv mamlakatning tashqi dunyodan yanada qaram 

qilib qo’ymoqda. Xitoy beqaror mintaqada joylashgan, mamlakatning ichida bo’lsa 

ijtimoiy tengsizlik o’sib bormoqda. 



20 

 


Download 205.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling