Microsoft Word Kurs ishi Ozod 2015


O’zbekiston va Xitoy strategik sherikchilik munosabatlarining hozirgi


Download 205.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana09.01.2022
Hajmi205.36 Kb.
#263999
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
xitoyning markaziy osiyodagi strategik manfaatlari

2.2. O’zbekiston va Xitoy strategik sherikchilik munosabatlarining hozirgi 

holati va istiqbollari

 

O’zbekiston bilan Xitoy o’rtasidagi diplomatik aloqalarga to’xtaladigan 

bo’lsak, Xitoy ham mamlakatimizni birinchilardan bo’lib tan olgan davlatlardan 



27 

 

biri hisoblanadi. 1991- yil 27 – dekabrda O’zbekistonni mustaqilligini tan oladi va 



1992 – yil 15 – oktabrdan XXR elchixonasi faoliyat ko’rsata boshladi. Pekinda 

O’zbekiston Respublikasining elchixonasi 1995 – yil 6 – maydan faoliyat ko’rsata 

boshladi

21



XX asr 90 – yillar oxirlari va bugungi kungacha O’zbekiston Prezidenti 

Xitoyga bir necha bor rasmiy vizit bilan boradi, bu tashriflar ikki mamlakat 

o’rtasidagi hamkorlik va do’stlik aloqalarini rivojlantirishda muhim ro’l o’ynadi.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2014 - yilning avgust 

oyida Xitoyga davlat tashrifi ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini 

yangi bosqichga ko‘tardi. Mazkur tashrif doirasida umumiy qiymati 5,2 milliard 

AQSh dollariga teng loyihalar bo‘yicha yigirmadan ziyod hujjat, shuningdek, 800 

million dollar miqdorida savdo shartnomalari imzolangani va shu tariqa jami 6 

milliard dollarlik kelishuvga erishilgani o‘zaro hamkorlik ko‘lami yanada kengayib 

borayotganidan dalolat beradi. 

Mamlakatlarimiz o‘rtasida munosabatlar Strategik sheriklik o‘rnatish 

to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya, Do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma, 

Ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va rivojlantirish 

haqidagi qo‘shma deklaratsiya hamda boshqa ko‘plab ikki tomonlama muhim 

hujjatlar asosida izchil rivojlanib borayotir. Savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, ilmiy-

texnikaviy, gumanitar aloqalarni kengaytirish, xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni 

mustahkamlash ikki tomonlama munosabatlarda ustuvor o‘rin tutadi. 

O‘zbekiston ham, Xitoy ham ulkan iqtisodiy salohiyatga ega davlatlardir. 

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik yuksak samaralar 

bermoqda.Hamkorlikni rivojlantirishdan katta manfaatdorlik tufayli o‘zaro tovar 

ayirboshlash hajmi ham jadal sur’atlar bilan o‘smoqda. O‘zbekistonda Xitoy 

kapitali ishtirokida qariyb besh yuz qo‘shma korxona tashkil 

etilgan.Mamlakatimizda Xitoyning yetmishdan ziyod yetakchi kompaniyalari 

vakolatxonasi faoliyat yuritayotir. 

                                                            

21

Sadibekova B. Xitoy iqtisodiyoti. III qism. – T., 2011. – 89 b. 




28 

 

Investisiyaviy hamkorlik ko‘lami muntazam kengaymoqda. Xitoylik ko‘plab 



ishbilarmonlar O‘zbekiston bozoriga katta qiziqish bildirmoqda, mamlakatimizga 

investisiya kiritib, qo‘shma korxonalar tashkil etayotir. Bugun Xitoy O‘zbekiston 

bozoridagi eng yirik investorlardan bo‘lib, mamlakatimiz bilan tashqi savdo 

munosabatlarida ikkinchi o‘rinda turadi

22

. Bugungi kunda mamlakatlarimiz yuqori 



texnologiyalar sohasidagi turli loyihalarni amalga oshirishda o‘zaro faol hamkorlik 

qilib kelayotir. Xususan, 2013-yilda "Jizzax" maxsus industrial zonasi shaklida 

O‘zbekiston-Xitoy yuqori texnologiyalar sanoat parki tashkil etildi. Bu yerda 

mobil telefonlar, qurilish materiallari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish 

yo‘lga qo‘yildi. "Jizzax" maxsus industrial zonasida Xitoy kompaniyalarining 

qiymati ellik million dollardan ziyod to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyasi ishtirokida o‘n 

beshdan ortiq qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Bu mamlakatlarimiz 

o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik samaradorligining yorqin tasdig‘idir. 

Yoqilg‘i-energetika kompleksida ham Xitoy bilan hamkorlik izchil 

rivojlanmoqda. Markaziy Osiyo – XXR gaz quvurining to‘rtta tarmog‘i ham 

mamlakatimiz hududidan o‘tishiyuksak darajadagi ishonch va o‘zaro 

manfaatdorlikdan dalolat beradi. Xitoy kompaniyalari O‘zbekistondagi 

uglevodorod konlarini o‘rganish va ularni o‘zlashtirish jarayonida faol 

qatnashmoqda. 

O‘zaro hamkorlikda mamlakatlarimizni bog‘lovchi temir yo‘l tarmog‘i barpo 

etilmoqda. Bu yo‘l O‘zbekistonning Xitoy va Sharqiy Osiyo davlatlariga, 

Xitoyning Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlariga chiqishini ta’minlaydi. 

O‘zbekiston va Xitoy munosabatlari davlatlarimiz uchun mintaqada 

xavfsizlik, barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlash borasida o‘ziga xos platforma 

bo‘lgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) doirasida ham jadal rivojlanib 

bormoqda. 

Madaniy-gumanitar sohadagi o‘zaro munosabatlar ham muhim ahamiyatga 

ega.Markaziy Osiyoda dastlabki Konfusiy institutining aynan Toshkentda tashkil 

etilgani ta’lim sohasida ham o‘zaro hamkorligimiz izchil rivojlanayotganidan 

                                                            

22

 www.gov.uz/uz/news/category 




29 

 

dalolat beradi. 2010 -yilning iyun oyida Xitoy millatlar markaziy universitetida 



o‘zbek tili bo‘limi ochildi. 2012-2013 - o‘quv yilidan boshlab Pekin chet tillar 

universitetida o‘zbek tili o‘qitilishi yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekistonda xitoy tili, 

adabiyoti, Xitoyda esa o‘zbek tili, madaniyati, urf-odatlari va umuman, 

mamlakatimizga nisbatan katta qiziqish bildirilmoqda. 

Ikki mamlakatning madaniyat va san’at vakillari o‘rtasida samarali va faol 

munosabatlar yo‘lga qo‘yilgan, ikki mamlakat madaniyat arboblari O‘zbekiston va 

Xitoyda o‘tkaziladigan turli ko‘rgazma va madaniy anjumanlarning faol 

qatnashchilaridir. "O‘zbekiston – Xitoy" va "Xitoy Xalq Respublikasi – Markaziy 

Osiyo mamlakatlari" do‘stlik jamiyatlari madaniy-gumanitar aloqalarni 

mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

O‘zaro aloqalar rivojlanib borgani sari axborot almashinuviga bo‘lgan talab 

ham ortadi. Shu bois O‘zbekiston va Xitoyning ommaviy axborot vositalari 

vakillari o‘rtasidagi o‘zaro axborot va tajriba almashuvini yanada faollashtirishga 

katta e’tibor qaratilmoqda. Yaqinda o‘zbekistonlik bir guruh jurnalistlar Xitoyning 

Pekin va Sindao shaharlarida bo‘lib, u yerda bosma va internet nashrlari hamda 

teleradiokanallar faoliyati, ushbu sohada kadrlar tayyorlash va mutaxassislar 

malakasini oshirish borasidagi ishlar bilan tanishdi. 

O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi aloqalar bundan buyon ham o‘zaro 

ishonch, hurmat, tenglik va manfaatdorlik, strategik sheriklik tamoyillari asosida 

izchil rivojlanib, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stona rishtalar yanada mustahkamlanib 

boraveradi. 

Xitoydan O’zbekistonga import qilinadigan asosiy tovarlar: elektron 

kommunikatsion qurilmalar, neftni qazib olish uskunalari, kimyo sanoati va 

piastmassa mahsulotlari, kiyim – kechaklar, poyabzal, oziq – ovqat mahsulotlari va 

boshqalar. Eksport tovari esa quydagilarni o’z ichiga oladi: paxta, neft va neft 

mahsulotlari,  mis, turli xil matolar va hokazo. 

 

 

 




30 

 

XULOSA 

   

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, avvalo Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi 



siyosatiga to’xtaladigan bo’lsak, U mustaqil bo’lganidan so’ng avvaliga Sobiq 

Sovet davlati bilan yaqin hamkorlikda bo’ldi va ko’proq yopiq siyosat yo’lidan 

bordi. Xitoyning ko’p tomonlama diplomatiya olib bormasligi uning jahon 

taraqqiyotidan ortda qolishiga olib keladi, mamlakat aholisining hayot darajasi 

pasayishiga olib kelgan. 1978 – yil hokimiyat tepasiga Den Siyopin kelgandan 

so’ng tashqi siyosatda keskin o’zgarishlar ro’y berdi “ yagona front “ siyosati, “ 

ko’p qutubli dunyo”, “ uchinchi dunyo nazriyasi “ kabi jahon siyosatidagi 

nazariyalarni ilgari surib ko’p tomonlama munosabatlarga kirishadi bu esa Xitoy 

taraqqiyoti uchun ijobiy ahamiyatga ega bo’lgan. Xitoyning faol diplomatiyasiga, 

uning barcha davlatlar bilan tinch hamkorlikni 5 prinsipi asosida aloqalarni 

rivojlantirishi (Ular quydagilar: 

davlatlar suverenitetini o’zaro hurmat etish,davlatlarning hududiy yaxlitligi, bir - 

biriga hujum qilmaslik, davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, tenglik va 

o’zaro manfaatli hamkorlik ) katta imkoniyatlar eshigini ochdi.  

 Dunyoning eng taraqqiy etgan davlatlar tajribasini sinchiklab o’rganishi, 

mamlakatda mavjud bo’lgan katta mehnat resurslari bugungi Xitoy taraqqiyotini 

ta’minlamoqda. Xitoyning sanoat ishlab chiqarishi o’sib borishi, mamlakatda 

tabiiy resurslarni tugab borishi, energetika muammolarining mavjudligi, unga 

bo’lgan ehtiyojlarning ortib borishi (neft va gazning 80 % ni chetdan sotib oladi) 

Xitoyni Markaziy Osiyo davlatlari bilan ham yaqin munosabatlar o’rnatishga 

undamoqda. 

 Xitoy Xalq Respublikasini Markaziy Osiyoga yanada kirib kelishiga 

sabablarni quydagilarda ko’rish mumkin: 

-  Markaziy Osiyoda AQSh ta’sirining ortib borishi va bu hududlarda harbiy 

bazalarni joylashtirishga intilishi, Xitoy g’arbiy chegaralari dahilsizligiga 

xavf tug’dirishi ehtimoli yuqori ekanligi; 




31 

 

-  Sinjon – Uyg’ur avtanom hududining ayrimachilik intilishlari va ehtimoli 



Xitoyni Markaziy Osiyo davlatlariga yaqinlashtirmoqda.  

-  Qozog’iston neftini, Turkmaniston gazini sotib olishga ehtiyojining yuqori 

ekanligi; 

-  Markaziy Osiyo Xitoyning quruqlikdagi savdo yo’llarining o’tgan transit, 

yo’lak qismi hisoblanishi; 

-  Kelajakda bo’lishi mumkin bo’lgan Eron tabiiy gazini quvur transporti 

orqali Markaziy Osiyo hududidan tortib o’tishi ham ushbu mintaqaga 

bo’lgan e’tiborini ortishiga olib kelmoqda. 

Markaziy Osiyo davlatlari nafaqat Xitoy bilan balki, Rossiya Federatsiyasi

Hindiston, Amerika Qo’shma Shtatlari kabi yirik davlatlar bilan foal 

munosabatlarni ular bilan teng darajada saqlab qolishi darkor, negaki kurs ishini 

o’rganish davomida shu ma’lum bo’ldiki, Xitoy bilan o’ta darajada yaqinlashish 

ham yaxshi oqibatlarga olib kelmasligini eslatib o’tish o’rinlidir. O’zbekiston 

Respublikasi Tashqi siyosati konsepsiyasida ham belgilab qo’yilgannidek bir 

davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqa bir davlatlardan munosabatlarni 

uzoqlashtirish kerakmasligi belgilab qo’yilgan.Yuqorida sanab o’tilgan qudratli 

davlatlarning mazkur hududda teng hamkorlik munosabatida bo’lishi kuchlar 

muvozanatining tengligini saqlashga sabab bo’ladi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



32 

 


Download 205.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling