Microsoft Word Laboratoriya 1 узб
Kontaktli-tranzistorli tutandirish
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Laboratoriya - 1 узб
Kontaktli-tranzistorli tutandirish. Yuqori siqish darajasida va kolenchatiy
vali katta chastotasida ishlaydigan hozirgi zamon kóp cilindrli avtomobil dvigatellarining tutandirish tizimi ishining ishonchliligini orttirish maxsadida kontaktli-tranzistorli tutandirish tizimi qo’llaniladi. Bu tutandirish tizimining batareyali tutandirish tizimiga qara гanda principial o’zgachaligi tokni kuchlantiruvchi sifatida ishlaydigan 1-uzgich bilan tutandirish katushkasining 3-birlamchi o’ramining orasida 2-tranzistor o’rnatilgan. Tutandirish qo’shilganida va 1-uzgichning kontaktlari 2-tranzistorning B bazasi massa bilan bog’lanadi va tranzistorni boshqarish toki zanjir bo’yicha: 7- akkumulyator batareyasining o’ng chiqimidan 6-tutandirishni qo’shgichida, undan tutandirish katushkasining 3-birlamchi o’ramidan 2-tranzistorning E emitterine 2- tranzistorning B bazasidan 1-uzgichning kontaktlaridan 7-akkumulyator batareyasining teris chiqimi- massa гa ótadi. 1.3-rasm. Kontaktli-tranzistorli tutandirish tizimining principial sxemasi: 1-uzgich; 2-tranzistor; 3- tutandirish katushkasining birlamchi o’rami; 4-tutandirish katushkasining ikkilamchi o’rami; 5-uchqunli tutandirish svechasi; 6-tutandirishni qo’shgichi; 7-akkumulyator batareyasi; B-tranzistor bazasi; K- tranzistor kollektori; E-tranzistor emitteri. Tok bu zanjirda shamasi jihatidan kóp bo’lmaydi (0,3…0,8 A). 2-tranzistor «ochiladi» va past kuchlanishdagi asosiy tok 1-uzgich kontaktlaridan aylanib ótib zanjir bo’yicha: 7-akkumulyator batareyasining o’ng chiqimidan 6-tutandirishni qo’shgichiga, undan tutandirish katushkasining 3-birlamchi o’ramiga 2-tranzistorning E emitterine, 2-tranzistorning K kollektoriga va 7-akkumulyator batareyasining teris shiqimi – massa гa ótadi. Emitter-kollektor ótkazilishidagi qarshilik kam, chunki tranzistorning ochilishidagi 3-birlamchi o’ramidan ótadigan tok ishlab tur гan dvigatelda 3 A ga etadi. 1-uzgichning kontaktlari ajiratilganda zanjirda ги 2-tranzsitorni boshqarish toki yo’qoladi va tranzistor «yopiq» rejimiga ótadi. Past kuchlanishdagi tok uziladi va yondirish katushkasining 4-ikkilamchi o’ramidagi yuqori kuchlanishdagi elektr qo’zg’atuvchi kuchi bilan indukciyalanadi. ZMZ-53 dvigatelining kontaktli-tranzistorli tutandirish tizimi R 133 uzgich- taqsimlagichidan, B 114-B tutandirish katushkasidan, TK 102 tranzistorli kommutatordan, SE 107 ikki sekciyali o’shimcha qarshilidan, yuqori kuchlanish tok ótkizgichlaridan, tutandirish svechasidan va qqo’shishidan iborat. Nozorat uchun savollar 1. Qanday turdagi o’t oldirish tizimlarni bilasiz ? 2. Magnetoning vazifasi, ishlashi va qo’llanishi ? 3. Batareyali o’t oldirish tizimi qanday qismlardan iborat ? 4. YOndirish g’altagining vazifasi nimadan iborat ? 5. Uzgich taqsimlagichning vazifasi nimadan iborat ? 6. YUqori kuchlanish simlari bilan past kuchlanishli simlarning farqi nimada ? Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling