Microsoft Word logopedik mashgulotlarni otkazishda oyinlarni tanlash va ularning ahamiyati
Download 177.16 Kb. Pdf ko'rish
|
logopedik mashgulotlarni otkazishda oyinlarni tanlash va ularning ahamiyati 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ovozni tarbiyalash.
Ritmni tarbiyalash. Nutq su’rati nutqning tezlik darajasidir. Nutq
ritmi esa bo’g’inlar, so’zlarning vaqt jihatidan bir miyorda navbatlashib kelishidir. Maktabgacha ta’lim yoshidagi nutqi to’liq rivojlanmagan bolalar tez ta’sirlanuvchan va tez gapiruvchan bo’ladilar. Ayniqsa oilasida tez gapiradigan kishilari bo’lgan bolalarda tez gapirtirishga moyillik ko’proq uchraydi. Bunday nutq esa juda zararlidir. Chunki bu yoshda muskullar sust, bo’sh bo’ladi, natijada tez so’zlash nutqi yana ham noaniq, mujmal bo’ladi, tovushlarning to’g’ri talaffuz etilishiga to’sqinlik qiladi. Bolalar bunday nutqdan qo’tilishda juda qiynaladilar. Tarbiyachi logopedning vazifasi esa nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarda nutq suratining tez rivojlanishiga yo’l qo’ymaslik, shoshilmasdan gapirishga o’rgatishdir. Nutq ritmining buzilishi bolaning nafas olishi takomillashmaganligidan, lozim bo’lgan so’zni darholtopa olmasligidan kelib chiqadi. Shuning uchun oiladagi yoki bunday bolalarning yon atrofidagi kattalar aniq hamda osoyishta so’zlashishlari zarur. Nutq to’liq rivojlanmaganmaktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda to’g’ri ritm va nutq suratini tarbiyalash uchun tanish bo’lgan she’rlarni doira chapak sadolari ostida o’qish, oxista su’ratda ashulali o’yinlarni pauza bilan aytib o’ynash, musiqa mashg’ulotlarida ashula aytish, harakat bilan she’rlar aytish va shunga o’xshash boshqa usullardan foydalaniladi. Ovozni tarbiyalash. Maktabgacha ta’lim yoshidagi nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarda ovoz biroz past, kuchsiz, oz-moz chinqiriq nutqi esa bir ohangli bo’ladi. Chunki yosh bolalar bo’g’zi kattalarnikiga qaraganda qisqa, tovush pardalari ingichka va kichik xajmda bo’ladi. Tarbiyachining eng muhim vazifasi esa bolalar ovozini saqlashdan iborat bo’lib, bolalar uchun zararli bo’lgan shovqin-suronli, sovuq van am havoda ashula aytishlarga yo’l qo’ymaslikdir. Ovozni tarbiyalash bolaga sekin va qattiq, past va baland tovushlar bilan gapirish, o’rtacha ovoz kuchi bilan 33 so’zlashishi, so’zlashganda qisinmaslik, ovozni o’zgartira olish imkonini beradi. Bu esa nutqi to’liq rivojlanmagan bolalar nutqini tarbiyalashda juda ham muhimdir. Biz bolalarning passiv va aktiv lug’atini boyitib borish bilan birga, lug’atida bor bo’lgan so’zlarni to’g’ri talaffuz etishga ham o’rgatib bordik. Uch yoshli bolalar nutqi uch va to’rt so’zdan iborat qisqa jumlalardan tashkil topadi. Jumlalar sekin asta kengayib va murakkablashib boradi. Bu yoshdagi bolalarda mazmunli lug’at hali takomillashmagan bo’ladi. Gaplar, so’zlar tartibi doim to’g’ri bo’lavermaydi. Bu yoshdagi bolalar ko’plik va birlik sonlarini, qo’shimchalarni noto’g’ri ishlatadilar, kelishik qo’shimchalaridan yaxshi foydalana olmaydilar. Masalan: uyda ketaman – uyga ketaman, bog’chada boraman – bog’chaga boraman, uyda keldim – uydan keldim. Biz ikkinchi kichik guruh bolalarini savollar berishga, shuningdek, berilgan savolga so’zlarni o’z o’rniga qo’yib javob qaytarishga o’rgatib bordik. Ikkinchi kichik guruh bolalari tovushlarni talaffuz etganlarida quyidagi kamchiliklarga yo’l qo’yadilar. 1. S, z, s sirg’aluvchi tovushlar, masalan: a) yetarli darajada aniq talaffuz etilmaydi: b) so’zlarda tovushlar tashlab ketiladi (abzi – sabzi, igir – sigir, irk - sirk): v) s tovushi f tovushi bilan (savat - tavat) almashtiriladi: z tovushi d tovushi bilan (danjir – zanjir), s tovushi t tovushi bilan (tirkul - sirkul) almashtirib aytiladi. 2. Sh, j, ch shippillovchi tovushlar a) yetarli darajada aniq talaffuz etilmaydi: b) so’zlarda tashlab ketiladi (apka – shapka, o’ja – jo’ja, oy – choy, oynak – choynak) va boshqalar: v) sh tovushi s yoki f tovushi bilan almashinadi (sapka – fapka, shapka): j – z yoki v tovushi bilan (zo’xori – vo’xori – jo’xori): ch, s yoki t tovushi bilan (soy – toy – choy) almashinib talaffuz etiladi. 34 Z, l va r tovushi, a) so’zlarda tshlab ketiladi (avlagi – lavlagi, yedisda – rediska ): b) l (“l” yumshoq) tovush sifatida talaffuz etiladi (lyampa – lampa). Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarda lug’at boyligi va mazmunli nutq tez o’sadi. Shuning uchun ikkinchi kichik guruh bolalarining nutqini tekshirishda eng avvalo ularning lug’at boyligi va mazmunli nutqi qanday holatda yekanligiga axamiyat bermog’imiz lozim. Bolaning nutqi kanchalik qanbag’al bo’lar ekan, uning mazmunli nutqi ham shunchalik kanbag’al bo’ladi. Buning natijasida bir tovushning ikkinchi bir tovush bilan almashinishi vujudga keladi. Biz bolalar nutqini o’yin paytida, mashg’ulotlar va kundalik hayot jarayonida kuzatib borib, ularning lug’at boyligi yetarli emasligini, jumlalarni to’g’ri qo’raolmasligini, tovushlar talaffuzi ravon emasligini, duduqlanishini aniqlab oldik. Bunday kuzatishdan so’ng har bir bolaning nutqini yakkama-yakka holda maxsus tanlangan materiallar, ya’ni bunda tarbiyachi bolalarning ma’noli nutqini mazmunli rasmlar sirg’aluvchi tovushlarni (S,Z,S), shipillovchi tovushlarni (Sh,J,Ch), sonor tovushlarni (L,R), jarngli tovushlarni (V,B,D,G) tasvirli rasmlar asosida tekshirib bordik. Yakka xolda tekshirish natijalarini daftarga yozib borib, shu asosda bolalarning nutq holatini aks ettiruvchi nutq jadvalini tuzdik, keyinchalik bolalar nutqida bo’ladigan o’zgarishlarni nutq jadvalida belgilab bordik. Download 177.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling