Microsoft Word logopedik mashgulotlarni otkazishda oyinlarni tanlash va ularning ahamiyati
Download 177.16 Kb. Pdf ko'rish
|
logopedik mashgulotlarni otkazishda oyinlarni tanlash va ularning ahamiyati 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. Logopedik mashg’ulotlarda metodik o’yinlarni tashkil etish metodlari va prinsiplari.
35 2.3. Logopedik mashg’ulotlarda metodik o’yinlarni tashkil etish metodlari va prinsiplari. Logopedik mashg’ulotlar jarayonida didaktik logopedik o’yinlar avvalo nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarning mustaqil faoliyati sifatida namoyon bo’ldi, bu narsa unga rahbarlikning tabiatini belgilaydi. Logoped logopedik mashg’ulotlar jarayonida tarbiyaviy vazifalar va bolalarning nutqini rivojlantirishda ularning imkoniyatlariga mos keladigan didaktik o’yin va o’yinchoqlarni tanlaydi, ularnio’yinni o’t5kazishning turli usullari, qoidalari bilan tanishtiradi.va bu qoidalarning bajarilishini nazorat qiladi. Logopedik nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarni buyum va narsalarning xususiyatlari, ulardan foydalanish usullari bilan tanishtirish, buyumlarning shakllari ularning ko’lami va xokozolar haqida tasavvurlarini tarkib toptirish uchun xalq didaktik o’yinchoqlaridan, tanish buyumlar tasvirlangan qirqma rasmlardan va tahloma kubiklardan (2-6 qismga bop’lingan) foydalanadi. Buyumlar haqidagi tasvvurlarni aniqlashtirish, taqqoslash malakalarini rivojlantirish uchun juft sifatlar va mashtadan foydalanadi. Logopedik mashg’ulotlar jarayonida o’yin va o’yinchoqlar bolalarga erkin va mustaqil foydalanish uchun beriladi. Logoped ularni turli harakat vositalari va logopedik o’yin qoidalari bilan tanishtiradi. Logopedik mashg’ulotlarda didaktik o’yinlarning har bir nutqi to’liq riovojlanmagan bolalar uchun motor, sensor fikrlash kabi qator o’yin vazifalarini keltirib chiqaradi. Masalan, bola xalqalardan “exrom” asar ekan (minora), ko’rayotib, ularning kichrayuvchi va kattalashuvchi ko’lashini farqlay olishi yoki tiza olishi lozim. Biroq nutqi to’liq rivojlanmagan bolalar kattalar ko’rsatgan harakat usullarini darhol o’zlashtiradi olmaydilar, shuning uchun o’yin topshiriqlarini sekin astalik bilan berishi, tarkib topshiriladigan ko’nikmalarni esa uzoq muddat mashqlantirib va mustahkamlab borish lozim. Logopedik 36 mashg’ulotlar jarayonida nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarni logopedik o’yinlarga o’rgatish o’yinning o’zida kechadi. Logoped o’yin davomida o’yin qoidalarini tushuntiradi. Takroriy o’yinlarda u qoidalarning har bir bola tomonidan bajarilishiga erishishi kerak. Logoped o’yin mazmuni va qoidalarining o’zlashtirilishi darajasiga qarab, nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarga mustaqil tarzdao’ynashga imkon beradi, o’zi esa o’yinni ko’zatib boradi, qiyinchilik to’g’ilgandagina unga aralashadi. Logopedik mashg’ulotlar jarayonida nutqi to’liq rivojlanmagan logopedik o’yinlar mazmunida ularning oshayotgan tajribasi, atrofdagi xayot bilan tanishishga oid yangi vazifalari (kattaloarning xilma-xil mehnati, tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlar bilan) va axloqiy faoliyatining rivojlanishi hisobga olinadi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni endi bir muncha murakkablashgan sabr-toqat, bardosh, chidamlilik, tanlab chiqilgan qirqma sifatlar va tahlama ko’biklar jalb qiladi. Logoped logopedik mashg’ulotlarda bolalarni o’yin bilan tanishtirar ekan, logoped ularga bir-ikki muhim qoidaning mohiyatini ochib beradi. Qolgan qoidalar va o’yin harakatlarini o’yin davomida aniqlashtiradi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarni maktabga tayyorlov guruhlarida o’tkaziladigan logopedik mashg’ulotlarda logopedik o’yinlardagi natijalarga erishish, o’ynash, topqirlik, uddaburonlik epchilik, chidamlilik namoyon qila olish imkoniyatining mavjudligi qiziqtiradi. “Labirinit” tipidagi o’yinlar “oq va qora”, “guldur gup”, “telefon” va boshqalar ko’plab xalq o’yinlari sifatida xizmat qiladi. Logopedik o’yinlar jarayonida Logopedik o’yinlar yoki o’yinchoqlarning barcha imkoniyatlaridan mustaqil tarzda nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarning ayrimlari foydalanadi olmaydilar. O’yinchoq bilan o’ynaladigan o’yinning muayyan variant o’zlashtirib olingach, bolalarda 37 unda bo’lgan qiziqish so’nadi. Logoped bunday hollarda o’yinning yangi variantni ko’rsatish yoki boshqacha variantlarini o’ylab topishi lozim. Logopedik mashg’ulotlarda logopedik o’yinlarni tashkil etish asosida didaktikaning asosiy yetakchi prinsiplari yetadi. Ulardan foydalanish maktabgacha ta’lim yoshidagi nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarning yosh psixofiziologik xususiyatlariga ko’ra ifodalangan. Logopedik mashg’ulotlarda barcha mashg’ulotlar kabi o’yin faoliyati ham bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishga yo’naltirilgandir. Shu bilan bir nutq nuqsonlarini bartaraf etishga qaratilgan korreksion maqsadlarni ko’zlaydi. Logopedik mashg’ulotlarda logopedik o’yinlar nutqi o’quv bilish, mehnat, tasviriy faoliyatining yuzaga kelishiga ta’sir eta borib, bola shaxsini har tomonlama tarbiya etishning muhim vositasiga aylanadi. Logopedik o’yinlarning bolalarning kundalik hayoti, mehnati, bilim olish bilan o’zaro uzviy aloqasi maxsus bog’chalarda tarbiyalashning o’ziga hos jihati sifatida namoyon bo’ladi. Logopedik mashg’ulotlar jarayonida maktabgacha ta’lim yoshidagi nutqi to’liq rivojlanmagan bolaning ko’rgazmali-harakat va ko’rgazmali-obrazli tafakkurini belgilovchi o’rni ko’rgazmalilik prinsipini logopedik o’yinlar tashkil etish ishning eng oldingi o’rinlaridan biriga qo’yadi. Uning ahamiyati maktabgacha ta’lim yoshidagi bolaning asosiy mazmuni o’yin faoliyati orqali bilimga ega bo’lish, ijtimoiy hayot hamda tabiat hodisalarini bevosita idrok etish, kattalar harakatlarini ko’zatish va vahakozolar natijasida tasavvurlar darajasida shakllanadiganbilimlarning o’ziga hos tabiati bilan olib boradi. Voqelikning o’zi asosiy ko’rgazmalilik material sifatida xizmat qiladi. Ko’rgazmalilik asosida o’yin jarayonida foydalaniladigan rang-barang turlari (buyumlar, hayvonchalar, rasmlar va boshqalar) yangi predmentlar haqida batafsil aniq tasavvurni shakllantirishga imkon beradi. 38 Logopedik mashg’ulotlar jarayonida logopedik o’yinlarni tashkil etishda ko’rgazmalilik prinsipini amalga oshirishning samarali usullaridan biri nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarning kundalik tajribasini tashkil etish va undan foydalanish hisoblanadi. So’nggi yillardagi tadqiqotlarning natijalari nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarda tajribaning shakllantirishning xilma-xil yo’llari mavjudligini ko’rsatadi. Chunonchi: kattalar faoliyatida ishtirok etish, izlanish harakatlari va sinab ko’rish hamda boshqalar. Ko’ndalik tajribaning shakllanishini boshqarish o’qitish jarayonining k’rgazmalilik asosini kengaytirishga yordam beradi. Logopedik mashg’ulotlar jarayonida logopedik o’yinni tashkil etishda ko’rgazmalilik prinsipini qo’llash nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarga o’yin asosida bilimlarni ongli o’zlashtirish, ko’nikma va malakalarni shakllantirish, nutqini korreksion rivojlantirish imkonini beradi. Logopedik mashg’ulotlar jarayonida logopedik o’yinni tashkil etishda faollik va mustaqillik prinsipining qo’llanilishi bolani faol holatiga qo’yadigan metod va usullardan foydalanish bilan bog’liqdir. Bunday holatda turgan bola subyektiv jihatdan mustaqil “kashfiyot” qiladi. O’zi uchun hali noma’lum narsani anglab etadi. Shuningdek, bolalarni o’yin orqali o’quv bilim faoliyatining ko’nikma va malakalariga o’rgatish, ularning bilish qobilyatlarini uzluksiz takomillashtirib borish ham faollik va mustaqillikni ta’minlaydi. O’yin jarayonida logoped bolalar faoligi va mustaqilligining nisbiy tabiatliligini ham ta’kidlab o’tish lozim: ular o’qitishning, tarbiya berishning metodi va usullari hamda mazmuni biloan ta’minlanadilar. Logoped ularga shakllantiruvchi ta’sir o’tkazib turadi. Logopedik bolalar faolligiga erishishda ko’p darajada ularning ixtiyoriy faoliyatini tashkil etishga suyanadi, qiziqarli o’yin materiallaridan foydalanadi, logopedik mashg’ulotlarni chiroyli qilib jihozlar bilan bejaydi, 39 o’qish jarayonida bolaning hilma-hil harakatlarini (tekshiruv, o’yin materiallar bilan bajariladigan o’yinlarni) qo’shadi. Nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarda faollik va mustaqillikni rivojlantirishda ularn ing mashg’ulotlarda va kundalik hayotda olgan bilimlari, ko’nikma hamda malakalarini turli o’yinlarda, mehnatda muomalada qo’llanishlari katta ahamiyatga ega. Logopedik mashg’ulotlar jarayonida logopedik o’yinlarni tashkil etishda nutqi to’liq rivojlanmagan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda sistemalilik va izchillik ham o’ziga hos xususiyatga ega. Mazkur prinsip avvalo o’yinning mazmuni o’yindan ko’zlangan korreksion maqsad, bilim, ko’nikma va malakalar mazmunida mantiq bo’lishni talab qiladi. Ushbu mantiq maktabgacha ta’lim dasturidagi u yoki bu bo’limda bir bilimdon ikkinchiga ularni kengaytirish va murakkablashtirishni ko’zda tutgan holda ifodalanishi kerak. Bu o’z navbatida bilimlar mazmunini o’zlashtirishning har bir bosqichida aniq belgilab olishni talab qiladi. Sistemalilik va izchillik esa ta’limning aniq rivojlantirilishi bilan uning mazmunini alohida qismlarga bo’lish bilan har bir bosqichning boshqa bosqich bilan o’yin asosida bilimlarni o’qitish mazmuning boshqa bo’limlar mazmuni bilan aloqasi orqali taminlanadi. Logopedik mashg’ulotlar jarayonida logopedik o’yinlarni tashkil etishdek izchilik va sistemalilikning o’ziga xosligi bir vaqtning o’zida o’zlashtirish uchun boriladigan logopedik o’yin mazmuning kichik hajmligida, hajmi birmuncha oshirilgan va murakkablashtirilga o’yin mazmunini tez-tez va bir necha marta takrorlash uchun berilishida namoyon bo’ladi. Logopedik mashg’ulotlar jarayonida logopedik o’yinlarni tashkil etishda bolalarning kundalik xayoti va faoliyati bilan bevosita bog’liqligi (mehnat, muloqot, ta’lim bilan) mustaqillik prinsipini amalga oshirishda katta 40 ahamiyatga ega. Shu bilan birga, logopedik mashg’ulotlar jarayonida logopedik o’yinlarni tashkil etishdan asosiy maqsad bolalarning nutqini, tafakkurini, idrokini, diqqatini, bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirish uchun maqshq qilishidir. Logopedik mashg’ulotlar jarayonida logopedik o’yinlarnitashkil etishda yosh hamda individual xususiyatlarini hisobga olish, maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarida muhim prinsiplardan biri hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarning logopedik mashg’ulotlarda logopedik o’yinlarni tashkil etishda yosh xususuyatlarini hisobga olish barcha asosiy prinsiplarga amal qilishda ko’rinadi. Yana shularni aytib o’tish lozimki, bolalardagi yuqori darajadagi his hayajonli qo’zg’aluvchanlik va tezda charchab qolish xususiyati mashg’ulotlar mazmunini vaqt jihatdan ham aniq dazalashni talab qiladi. Logoped logopedik mashg’ulotlarda logopedik o’yinlarning ijobiy hayojonga to’liq ruhini saqlagan holda o’quv harakatlarining turli ko’rinishlarini (eshitish, gapirib berish, ko’rsatib berish) toliqishning oldini oladi, qo’yilgan vazifalarni hal qilishga yo’naltirilgan frontol tartibga solingan o’yinlarni bolalarning mustaqil harakatlari bilan bir maromda qo’shib olib boradi. Logoped bunday bolalarda miyorida rivojlanayotgan bolalarga nisbatan asab faoliyati tipidagi alohida farqlar bir muncha aniq nomoyon bo’lishini tushunib yetadi. Bolalar faolliklari, nutqi, idrok va xotiralarining tezkorligi, umumiy ish qobiliyati darajasiga ko’ra ham farqlanadilar. Logoped buni hisobga olgan holda o’z diqqatini tortinchoq, sekin o’zlashtiradigan, suitkash bolalar harakatini o’yin jarayonida oshirishga va ularga dalda berishga qaratadi. Buning uchun u bunday bolalar bilan tushuntirish ishlarini yo’llanma berish ishlarini olib boradi. O’yin qoidalarini tushuntirib beradi, o’yin yo’llarini 41 qayta ko’rsatib berib va ularning eng kichik muvaffaqiyatini ham maqtab qo’yadi, izoxli baholaydi. Logoped asitaning sekin bunday bolalarning vazifalarini umumiy tarzda hal etishga – ularni faol ishtirok etishga o’rgatadi. Vazifalar hajmini turli bolalar uchun turlicha taqsimlashi ham mumkin. Turlicha rivojlanish sur’atiga esa bo’lgan bolalarga alohida individual yondashish kundalik hayotidagi alohida – alohida logopedik koreksion ishlar bilan to’ldirilib boriladi. Logopedik mashg’ulotlar jarayonida logopedik o’yinlar to’rli metodlar asoslangan holda olib boriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling