Microsoft Word maq togay murod ziyouz com doc


asarlarida bera olish uchun, tabiiyki, adib xalqning fikrlash yo‘sini, his etish tarzi, badiiy-


Download 138.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/20
Sana03.02.2023
Hajmi138.64 Kb.
#1150565
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
Dilmurod Quronov va b. Tog\'ay Murod xirgoyilari

asarlarida bera olish uchun, tabiiyki, adib xalqning fikrlash yo‘sini, his etish tarzi, badiiy-
falsafiy tafakkuri manzaralarini yaxshi bilishi, undan unumli foydalanishi kerak bo‘ladi. 
Tog‘ay Murodning o‘ziga xos uslubida men, siz aytgandek, xalq og‘zaki ijodi (doston, 
maqol, ertak, tez aytish) va qolaversa, mumtoz adabiyotimiz an'analari, mashhur turkiy 
bitiklar ifoda yo‘sinining o‘zaro uyg‘unlashib ketishini ko‘raman. Masalan, "Saraton 
balolardan sariq bo‘ldi, balolar saratondan-da sariq bo‘ldi" jumlasida mumtoz 
she'riyatimizga xos tardi aks san'ati qo‘llangan. "Qizillar qulog‘i qirqta bo‘ladi" satrida 
uchraydigan alliteratsiya - tovushlar tovlanishi ham she'riyatga xos. Shuningdek, tez 
aytishlar shu san'at asosiga quriladi. Shoir Yo‘ldosh Eshbek aytganidek, "Tog‘ay 
Murodning asarlari proza emas, poeziya!" Alisher Navoiyning ba'zi misralari xalq 
maqollaridan olinganmi yoki ular keyinchalik maqolga aylanib ketganmi, degan savol 
yuradi. Xuddi shunga o‘xshab, Tog‘ay Murod asarlaridagi ayrim gaplarni ham maqoldan 
ajratish qiyin... Xullas, bu betakror ijodkorning uslubini xalqona deyishning o‘zi ozlik 
qiladi. Hali o‘rganilishi kerak bo‘lgan jihatlari talaygina ko‘p. Siz nima deysiz? 
- To‘g‘ri. Hozirgi mulohazalaringizdan siz Tog‘ay Murod uslubini anchagina nozik ilg‘ay 
bilishingizni payqagandek bo‘ldim. Yana, Tog‘ayning milliy xarakter yaratish borasidagi yutug‘i, 
nazarimda, shunda ko‘rinadiki, u xarakterga ijtimoiy natija sifatidagina qaramaydi. Xalq orasida keng 
tarqalgan udumlarga, hatto turli ins-jinslarga ishonish, ba'zan irim-sirimlarning ham shaxs tabiatida 
qoldirajak izlariga befarq qaramaslik muayyan o‘rin tutadi. Biz uzoq yillar ularni xalqning badiiy-
falsafiy tafakkuridan alohida ajratib keldik. Shu bois nasrimizda bu sohaga kam murojaat qilingan. 
Tog‘ay Murod esa o‘zbek kishisi botini va zohiridagi uzilmas birlikning ildizlarini ajdodlar ruhining 
davomiyligi sifatida, turli-tuman ilohiy va savqi tabiiy urflar, ishonchlar (masalan, bashorat) orqali 
ochib beradi. "Oydinda yurgan odamlar" qissasidagi Hojar ko‘r folchi va Xizr bova obrazini eslang. 
Bobosining Xizrga yo‘liqib, farzand so‘rashi epizodisiz qissa hozirgidek muvaffaqiyatli chiqarmidi? 
Tog‘ay millatimiz tiynatining ana shunday ajralmas, ayni paytda e'tibor berilmagan uzvlarni topa 
biluvchi adib. 

Download 138.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling