Microsoft Word +++Maqola Kartoshkachilik Hakimov A
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
628-634
CURRENT ISSUES OF BIO ECONOMICS AND DIGITALIZATION IN THE SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF REGIONS International scientific - practical conference 27-28 April, 2022 | Samarkand branch of Tashkent state university of economics. www.sbtsue.uz 628 MAMLAKATDA KARTOSHKACHILIKNING HOZIRGI HOLATI, UNI RIVOJLANTIRISH VA MAHSULOT TANNARXINI PASAYTIRISH IMKONIYATLARI. Raxmonov Davlat Hakimov Akobir Annotatsiya. Maqolada kartoshka yetishtirishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati, O’zbekistonda kartoshkachilikning hozirgi holati tahlil qilinib, uni rivojlantirish istiqbollari va mahsulot tannarxini pasaytirish imkoniyatlarini ko’rsatib berishga harakat qilingan. Kalit so’zlar. “Ikkinchi non ’’, kraxmal, spirt, yalpi mahsulot, hosildorlik, urug’lik, innovatsiya, investitsiya, agrotexnika, xarajatlar, tannarx. Аннотация. В статье анализируется социально-экономическое значение картофелеводства, современное состояние картофелеводства в Узбекистане, перспективы его развития и возможности снижения себестоимости продукции. Ключевые слова. «Второй хлеб», крахмал, спирт, валовой продукт, урожайность, семена, инновация, инвестиция, сельскохозяйственная техника, затраты, себестоимость. Abstract. The article analyzes the socio-economic significance of potato growing, the current state of potato growing in Uzbekistan, the prospects for its development and opportunities to reduce production costs. Keywords. “Second bread”, starch, alcohol, gross product, yield, seeds, innovation, investment, agricultural machinery, costs, cost. Kirish. Kartoshka turli maqsadlarda foydalanib, dunyo dehqonchiligida asosiy qishloq xo’jaligi ekinlari qatorida turadi. “Ikkinchi non ’’ nomini olgan kartoshkadan oziq-ovqat sifatida foydalanishdan tashqari spirt, kraxmal, glukoza va boshqa ko’plab zarur mahsulotlar olinadi. Kraxmaldan esa oziq-ovqat, to’qimachilik, qog’oz-karton, gugurt sanoatida va boshqa tarmoqlarda keng foydalaniladi. Kartoshkaning poya va barglari yaxshi silos bo’lib, shuningdek spirt olganda qoladigan bardasi qishloq xo’jalik hayvonlari uchun qimmatli ozuqa vazifasini o’taydi. Bugungi kunda dunyoning 130 dan ortiq davlatida kartoshka ekilmoqda. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, hukumatning tarmoqni yanada rivojlantirish bo’yicha qabul qilgan qarorlari, dehqonlarimizning fidokorona mehnatlari CURRENT ISSUES OF BIO ECONOMICS AND DIGITALIZATION IN THE SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF REGIONS International scientific - practical conference 27-28 April, 2022 | Samarkand branch of Tashkent state university of economics. www.sbtsue.uz 629 hisobiga mamlakatimizda kartoshka yetishtirish miqdori yildan yilga ko’paymoqda. Agar 2021-yil yakunlari bo’yicha barcha toifadagi xo’liklarda jami 3292,3 ming tonna kartoshka yetishtirilgan bo’lsa, bu ko’rsatgich 2015-yilga nisbatan 705,5 ming tonnaga (2586,8 ming) yoki 27,3 foizga ortganini ko’rishimiz mumkin . Har qanday ishlab chiqaruvchining pirovard maqsadi o’z mehnati samarasini ko’rish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdir. Bozor munosabatlari sharoitida kartoshkachilik samaradorligini oshirishga boshqa omillar bilan bir qatorda mahsulot tannarxini pasaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Materiallar va metodlar. Maqolada kartoshkachilik bo’yicha asosan O’zbekiston Respublikasi statistika qo’mitasining mamlakat va ayrim hududlar ma’lumotlaridan, tadqiqotning analiz va sintez, induksiya va deduksiya hamda iqtisodiy tahlilning an’anaviy usullaridan foydalanildi. Tahlil va natijalar. O’zbekistonning o’zida yetishtiriladigan kartoshka aholi va qayta ishlash sanoati talablarini to’la qondira olmasligi sababli chetdan sotib olishni taqozo etadi. So’nggi yillarda ichki imkoniyatlardan to’liq foydalanish hisobiga import hajmini kamaytirishga etibor qaratilmoqda. Natijada shu paytgacha oqilona, samarali foydalanilmayotgan resurslarni ishga solish, yangi ish o’rinlari yaratish, innovatsiyalarni qo’llash , investitsiyalar kiritish hisobiga mamlakatni o’zida mahsulot yetishtirib, uni chetdan sotib olishga sarflanadigan valyutani tejash bo’yicha qilinayotgan shular diqqatga sazovordir. Sir emaski, mustaqillikgacha O’zbekiston sobiq ittifoqning asosiy paxta xom ashyosi yetkazib beradigan hududi hisoblangan. Barcha zarur oziq-ovqat mahsulotlari (un, kartoshka va shunga o’xshash mahsulotlar) asosan chetdan keltirilardi. Rossiyadan esholon-esholon kartoshka aholiga sotish uchun keltirilgani, uning bir qismi qishning sovug’ida muzlab, yaroqsiz holga kelgani yoshi ulug’ kishilarning esida qolgan. Chunki sug’oriladigan yerning aksariyat qismiga g’o’za ekilgan. So’nggi yillarda O’bekistonda kartoshkachilikning holati qanday ekanligini quyidagi jadval ma’lumotlaridan ko’rish mumkin. 1-jadval. CURRENT ISSUES OF BIO ECONOMICS AND DIGITALIZATION IN THE SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF REGIONS International scientific - practical conference 27-28 April, 2022 | Samarkand branch of Tashkent state university of economics. www.sbtsue.uz 630 Mamlakatda barcha toifadagi xo’jaliklarda kartoshka yetishtirishning oxirgi yillardagi holati Manba: Stat.uz ma’lumotlar asosida muallif ishlanmasi. Jadval ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, mamlakatda kartoshka yetishtirish hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Tahlillar shuni ko’rsatadiki, kartoshka yetishtirish hajmi bo’yicha Samarqand va Toshkent viloyatlari yetakchilik qilmoqda. Samarqand viloyatida eng ko’p kartoshka yetishtiradigan hududlarga Tayloq, Bulung’ur, Jomboy va Samarqand tumanlari misol bo’ladi. Mamlakatda paxta maydonlarini qisqartirish natijasida bo’shagan yerlarga oziq- ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari maydonlari kengaytirilib, yangi bog’ va tokzorlar tashkil etilmoqda. Tahlil qilingan davrda kartoshka ekin maydonlari ham 21556 gektarga ko’paytirilganini ko’rish mumkin. Hosildorlik dehqonchilik uchun yaxshi kelgan yillarda (masalan 2019-yili) mamlakat bo’yicha 227.4 sentnergacha ko’tarilgan bo’lsa, Samarqand viloyatida bu ko’rsatgich 292.0 sentnerni tashkil etgan. Ma’lumki, qishloq xo’jaligi sohasida faoliyat olib boradigan xo’jaliklarga fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer uchastkalari hamda qishloq xo’jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar (klaster, agrofirma, mas’uliyati cheklangan jamiyat – MCHJlardan tashqari) misol bo’ladi. Ular ichida aksariyat mahsulot yetishtirish dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer uchastkalari, hamda fermer xo’jaliklari ulushiga to’g’ri keladi. Tahlil qilingan yillarda mamlakatda faoliyat yuritayotgan fermer xo’jaliklarida kartoshka hosildorligi o’rtacha 154.9 s (2018-yil.) dan 212.9 s (2016-yil.) oralig’ida bo’lgan bo’lsa, dehqon xo’jaligi va tomorqa yer uchastkalarida 218.3-238.2 s ni tashkil etgan. Kartoshka Yillar Ekilgan maydon, ga Hosildorlik, s/ga Jami hosil ming, tonna 2016 123923 225.1 2789.5 2017 124109 218.1 2793.7 2018 129475 224.9 2911.9 2019 135871 227.4 3089.7 2020 145479 216.1 3143.8 CURRENT ISSUES OF BIO ECONOMICS AND DIGITALIZATION IN THE SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF REGIONS International scientific - practical conference 27-28 April, 2022 | Samarkand branch of Tashkent state university of economics. www.sbtsue.uz 631 yetishtirish bo’yicha yetakchi hisoblangan Samarqand viloyatida bu ko’rsatgichlar mos ravishda o’rtacha 190.4-292.8 sentner va 250.3-306.3 sentner bo’lgan. So’nggi yillarda fermer xo’jaliklarda yetishtirilayotgan kartoshka ulushi 14.1-15.4 foizdan 20.2 gacha oshgan bo’lsa, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer uchastkalarining ulushi 84.0-84.6 foizdan 77.6 foizga kamayganligini ko’rish mumkin. Mo’l hosil olish, yerlardan foydalanish samaradorligini oshirish uchun dehqonchilikning boshqa tarmoqlarisingari kartoshkachilikda ham urug’chilik muhim ahamiyatga ega. Selektsioner olimlarimiz kartoshkaning tezpishar, serhosil, suvsizlikka, kasalliklarga chidamli navlarini yaratayotgan bo’lsalarda, yaxshi, urug’likka ishlatiladigan navlar yetishmaydi. Oqibatda kartoshkachilik yaxshi rivojlangan chet mamlakatlardan bizning tuproq, iqlim sharoitlarimirga mos kartoshka navlarini urug’lik sifatida sotib olish ehtiyoji doim mavjud. Masalan 2022-yilda Samarqand viloyatiga jami 20 000 gektar yerga kartoshka ekish uchun 50001 tonna (har 1 gektar yerga 2.5 tonna) urug’lik kartoshka talab qilinib, shundan 20000 tonnasini chet eldan sotib olish rejalashtirilgan. Urug’likni eksport qiladigan davlatlar Gollandiya va Rossiya bo’lib, Samarqandga keltiriladigan urug’lik kartoshkalarning asosiy navlari; Arizona, Razara, Sante, Koroleva Anna, Galla, Evolushen hisoblanadi.Sara urug’liklardan foydalanish natijasida 2021-yilda viloyatda har bir gektar yerdan olingan o’rtacha hosil 256 sentnerni, Tayloq tumanida 270,0 sentner, Bulung’ur tumanida esa 267,0 sentnerni tashkil etgan. Kartoshkachilikni rivojlantirish innovatsiyalar, tarmoqqa jalb qilinadigan investitsiyalar bilan bevosita bog’liq. Ekish, hosilni yig’ishtirib olishda texnikalardan foydalanish qo’l mehnatini qisqartirib, mehnat unumdorligini oshirishga olib keladi. Agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida, sifatli o’tkazish, ertaga kartoshkani muddatidan oldinroq bozorga chiqarish, kechki kartoshkani ko’proq yetishtirib, bir qismini zahiraga qo’yish ko’proq foyda olishga, yil davomida narxlar barqarorligiga erishishga xizmat qiladi. Ma’lumki, moddiy ishlab chiqarish jarayonida jonli va moddiylashgan mehnat sarflanadi. Ularning yig’indisi ishlab chiqarishning ijtimoiy xarajatlarini tashkil etib, mahsulot tannarxiga mos keladi. Tannarx deganda mahsulot birligini yetishtirish va uni sotish uchun sarflangan xarajatlarning puldagi ifodasi tushuniladi. Tannarxning quyidagi turlari farqlanadi: - Reja bo’yicha (rejali) tannarx – yil boshida me’yorlar bo’yicha sarf-xarajatlarni hisob-kitob qilish asosida aniqlanadigan (rejalashtiriladigan) tannarx; - Vaqtinchalik yoki taxminiy tannarx; - Haqiqiy tannarx –yil oxirida haqiqatda sarflangan xarajatlar bo’yicha aniqlanadigan tannarx; Reja tannarxi bilan haqiqiy tannarx o’rtasida katta tafovut bo’lmasli lozim. CURRENT ISSUES OF BIO ECONOMICS AND DIGITALIZATION IN THE SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF REGIONS International scientific - practical conference 27-28 April, 2022 | Samarkand branch of Tashkent state university of economics. www.sbtsue.uz 632 Tafovutning kattaligi ishlab chiqarish noto’g’ri tashkil etilgani, resurslardan oqilona va samarali foydalanilmayotganligi, boshqaruvda xatoliklarga yo’l qo’yilayotganligi kabilar bilan bog’liqligini ko’rsatadi. Dehqonchilik mahsulotlari jumladan kartoshka yetishtirish uchun fermer xo’jaliklarida quyidagi xarajatlar sarflanadi: - ish haqi ajratmalari bilan; - urug’lik; - mineral va organik o’g’it xarajatlari - kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash - ish va xizmatlar - YoMM - SIU xarajatlari - elektr energiya - yagona yer solig’i - amortizatsiya - boshqaruv xarajatlari - boshqa xarajatlar Mamlakatda chop etiladigan statistik to’plamlarda mahsulot tannarxi, sotish bahosi, daromad, foyda va rentabellik ko’rsatkichlari yoritilmaydi. Shu sababli ilmiy- tadqiqot ishi bajaradiganlar qiyinchilikga duch kelmoqdalar. Samarqand viloyati qishloq xo’jaligi boshqarmasi mutaxassislarning birlamchi hisob-kitoblari bo’yicha 1sentner kartoshkaninig tannarxi barcha toifadagi xo’jaliklarda 2019-yilda o’rtacha 144200 so’mni tashkil qilgan bo’lsa, 2021-yilda esa 177392 so’m bo’lgan. Agar 1 s kartoshka tannarxi 5% ga pasaytirilsa 8869.6 so’mga, 10%ga pasaytirilganda esa 17739.2 so’mga kamaygan bo’lardi. Boshqa ko’rsatkichlar o’zgarmagan taqdirda 1 s kartoshkani sotishdan olinadigan foyda 58608 so’mdan 76347.2 so’mgacha ko’payib, rentabellik darajasi 33.0 foizdan 43.0 foizgacha oshishi mumkin bo’ladi. Xulosa. Mahsulot tannarxi o’zidan o’zi pasaymaydi. Kartoshkachilikda mahsulot tannarxini pasaytirishning quyidagi imkoniyatlaridan foydalanish mumkin deb hisoblaymiz: - eng avvalo, tannarx tarkibida eng ko’p ulushlarga ega bo’lgan urug’lik, mineral va organik o’g’it xarajatlari, YoMM hamda mehnat haqi xarajatlaridan tejab-tergab foydalanish; - urug’likka e’tibor berish, agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida va sifatli o’tkazish kabilar hisobiga hosildorlikni oshirish; CURRENT ISSUES OF BIO ECONOMICS AND DIGITALIZATION IN THE SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF REGIONS International scientific - practical conference 27-28 April, 2022 | Samarkand branch of Tashkent state university of economics. www.sbtsue.uz 633 - klaster tashkil etishni tezlashtirish; - jarayonlarni mexanizatsiyalashtirish, ishlabchiqarish jarayonlarini malakasini ko’tarish hisobiga mehnat unumdorligini oshirish; - resurstejamkor texnalogiyalardan, innovatsiyalardan keng foydalanish; - xizmat ko’rsatish subyektlari faoliyatini yaxshilash va boshqalar. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. O’zbekiston Respublikasi prezidenti qarori. “Respublikada kartoshka yetishtirishni kengaytirish va urug’chilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida’’. PQ- 4704-son, 2020-yil 06 may. 2. Ibragimov Gayrat Ablaqulovich. Farms as a form of entrepreneurship in Agriculture / International Scientific conference-Symposium “Agricultural Transitions along the Silk Road: Restucturing, Resources and Trade in the Central Asia Region”.-Almaty, 2016. 3. Mamasoliev Sodikjon Avazalievich, Ibragimov Gayrat Ablaqulovich, Murtazaev Olim, Ganiev Ibragim Mamadievich, Mariusz Maciejczak. Production capacity and financial results of an enterprise from the grain industry in Uzbekistan.//ANNALS of The Polish Association of Agricultural and Agribusiness Economists, 2013. ISSN 1508-3535. Volume 15/5-11-15 pp. 4. Ibragimov Gayrat Ablaqulovich. The impact of agricultural services on farm profits //SAARJ Journal on Banking & Insurance Research (SJBIR). ISSN: 2319-1422 Vol 10, Issue 1, January 2021, Impact Factor SJIF 2020 = 7.126. –p 19-24 5. Ibragimov Gayrat Ablaqulovich. Consulting Services in Uzbekistan Agriculture //Regional economic cooperation in Central Asia: Agricultural production and trade. 24-26 November 2014. Halle (Saale) |Germany. 6. Ozod Tursunov, Gayrat Ibragimov. Roles of investment and service system sector in agriculture//Вiсник ХНАУ: Серiя Економiчнi науки. –ХНАУ, Харковь, Украина, 2013. –№3. –с 203-215. 7. Murtazaev Olim, Ibragimov Gayrat Ablaqulovich The Effectiveness of Economic Relationships and Forecasting between Farms and Agricultural Services//The Indian Journal of Economics (ISSN: 0019-5170) Issue 400. Pages 6 8. Ibragimov Gayrat Ablaqulovich. The impact of agricultural services on farm profits//SAARJ Journal on Banking & Insurance Research (SJBIR). ISSN: 2319-1422 Vol 10, Issue 1, January 2021, Impact Factor SJIF 2020 = 7.126. –p 19-24 9. Ibragimov Gʻayrat Murtazaev Olim, Rakhmonov Davlat. Klaster tizimining qishloq xo’jaligi samaradorligiga ta’siri//Agroiqtisodiyot. –Toshkent, 2020. -№1. -20-23 b. CURRENT ISSUES OF BIO ECONOMICS AND DIGITALIZATION IN THE SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF REGIONS International scientific - practical conference 27-28 April, 2022 | Samarkand branch of Tashkent state university of economics. www.sbtsue.uz 634 10. Ibragimov G.A., Janibekov F.B., Nazarova M.S., Khurramov A.M., Tursunov O.M. The role of agricultural clusters in increasing the efficiency of Agriculture //Colloquium-journal: Economics, Earth sciences, Agricultural Sciences. -№14 (66), 2020. Warszawa, Polska. –p. 6-9. ISSN 2520-6990 11. Kurramov O.K. Ibragimov G.A., Tursunov O.M. Agrarian reforms in Uzbekistan: resources and results//Trends in Economics and Management for 21th Century: inter. conf. 2012 20th-22nd September. – Brno, Czech Republic, 2012. –pp-120-121. 12. Stas.uz- O’zbekiston Respublikasi Markaziy Statistika qo’mitasi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling