Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22
Download 1.57 Mb. Pdf ko'rish
|
859c2567a66b9c9a890d4c3b3f287fe5 TUPROQSHUNOSLIK VA O‘SIMLIKSHUNOSLIK ASOSLARI
4 1- MA’RUZA: KIRISH. TUPROQSHUNOSLIK FANINING MAQSADI, VAZIFALARI VA QISQACHA RIVOJLANISH TARIXI Reja: 1. Tuproq haqida tushuncha 2. Tuproqshunoslik fanining maqsadi, vazifalari va qisqacha rivojlanish tarixi 3. Tuproqning bioqatlamdagi asosiy vazifalari, ahamiyati 4. Tuproqshunoslik fanini boshqa ijtimoiy tabiiy fanlar bilan bog‘liqligi va uning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati Tuproqshunoslik fani biologik tabiiy fanlar va qishloq xo‘jalik fanlari jumlasiga kiradi. Bu fan tuproqlarning kelib chiqishi genezisi, tuzilishi, rivojlanishi, tarkibi, xossalari va geografik tarqalishi, xususan tuproqlarning eng muhim xossasi hisoblangan unumdorligiga doir masalalarni o‘rganadi. Tuproqning unumdorligini oshirish va qo‘llaniladigan agrokompleks tadbirlarni qo‘llashni o‘rganadi. Ma’lumki, tuproq qishloq ishlab chiqarishining birdan bir vositasi va mamlaktning bitmas tuganmas tabiiy boyligi hisoblanadi, shu bilan birgalikda kishilik jamiyati uchun zaruriy oziq mahsulotlarni va turli xom ashyolar etishtirib byeruvchi asosiy hamda yagona bir manbai hisoblanadi. SHuning uchun ham I.Karimov “Yer o‘lkamizning eng asosiy boyligi. U ediradi, ichiradi, yashash uchun asosiy shart sharoitlarni yaratib byeradi, shu sababli, respublikamizning kelajagi ko‘p jihatdan yerdan foydalanish munosabatlarining qanday tashkil etilishiga bog‘liqdir” deyishi beziz emas. Tuproq bu boshqa tabiiy boyliklar bilan almashtirib bo‘lmaydigan noyob tabiiy resursdir. Ota bobolarimiz qadimdan hozirgacha fan texnika yerishganulkan muafaqqiyatlariga qaramay, o‘zining yashashi uchun zarur bo‘lgan qariyib hamma narsani tuproqdan olishganlar. Hozirgi kungacha tabiiy tuproq o‘rnini bosadigan sof sun’iy tuproq yaratish mumkinligini isbotlagan emas. SHunday ekan mamlakatimizning xar bir siqim tuprog‘ini ko‘z qorachig‘idek asrab kelgusi avlodlarga topshirish xar birimizning muqaddas burchlarimizdan biriga aylanishi lozim. Tuproq ma’lum sharoitdagi turli tabiiy faktorlar va tirik organizmlarning o‘zaro ta’siri natijasida yer yuzida turlicha tog‘ jinslaridan hosil bo‘ladi. Tog‘ jinslarini har xil tabiiy omillar ta’siri ostida chuqur o‘zgarishlarga uchragan tog‘ jinsidan unumdorligi bilan farq qiladigan tabiiy tarixiy tanaga tuproq deb tushunamiz. Tuproq qoplami ikki uslubda, tarixiy geomorfologik hamda geokimyoviy usullar yordamida o‘rganiladi. Dala va laboratoriya sharoitida, tuproq genetik qatlami, morfologik, kartografik, statsionar, ekspyerimental, vegetatsiya, modellar usuli yordamida aniqlanadi. Demak, tuproq ko‘p komponentli, murakkab ko‘p funksiyali, ko‘p fazali ochiq sistema bo‘lib, tirik organizmlar va jonsiz tog‘ jinslari, minyerallarning o‘zaro ta’sirida hosil bo‘lib, mustaqil tabiiy tanani tashkil etadi. Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling