Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/68
Sana23.12.2022
Hajmi1.57 Mb.
#1045093
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Bog'liq
859c2567a66b9c9a890d4c3b3f287fe5 TUPROQSHUNOSLIK VA O‘SIMLIKSHUNOSLIK ASOSLARI



1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY 
VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
AL-XORAZMIY NOMLI URGANCH DAVLAT 
UNIVERSITETI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
“TUPROQSHUNOSLIK VA O‘SIMLIKSHUNOSLIK ASOSLARI”
(MA’RUZA MATN) 
URGANCH – 2017 


2
Ushbu ma’ruza matni to’plamida tuproqshunoslik va o‘simlikshunoslik fanlarining
predmeti, maqsad-vazifalari va rivojlanish tarixi, tuproq hosil bo‘lish jarayoni, tuproq mineral 
qismining kelib chiqishi, turpoq paydo qiluvchi jinslarning mineralogik va granulometrik 
tarkibi hamda tasnifi, tuproq hosil qiluvchi omillar hamda tuproqlarni muhofaza qilish, asosiy 
qishloq xo‘jalik ekinlarining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi va 
hosildorligi, botanik va biologik tavsifi, ularning asosiy turlari, navlari va agrotexnikasi kabi 
asosiy bo‘limlari bo‘yicha ma’lumotlar berilgan bo‘lib, u oliy o‘quv yurtlarining 
“Tuproqshunoslik”, “Biologiya” yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun 
mo‘ljallangan.
Tuzuvchilar: prof. G.M.Satipov., dots. Z.R.Tajiyev. 
Taqrizchilar: UrDU “biologiya” kafedrasi
professori Bekchanov X.U. 
UrDU “biologiya” kafedrasi
dotsent Yakubov G’.Q. 
Ma’ruza matni to’plami Urganch Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakultetining
o’quv-metodik kengashida ko’rib chiqilgan va tasdiqqa tavsiya etilgan. 
 
 


3
S o ’ z b o s h i
O‘zbekistonimiz mustaqillikka erishgandan keyin, halqimiz farovon yashashi uchun 
Respublika iqtisodini ko‘tarishda asosiy tayanchlardan biri bo‘lgan qishloq ho‘jaligini 
rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Respublika xalq xo‘jaligining yaqin kelajakda barqaror rivojlanishini ta’minlovchi asosiy 
yo‘nalishlardan biri qishloq xo‘jaligidir. Hozirgi davrda ishlab chiqariladigan yalpi 
mahsulotning 90% dan ortig‘i agrar soha tarmoqlari hisobiga shakllanadi. Er qishloq 
xo‘jaligining asosiy ishlab chiqarish vositasi bo‘lsa, tuproq uning eng muhim tabiiy resursi, halq 
hayoti, faoliyati va farovonligini ifodolovchi omil hisoblanadi. SHu bois mavjud er fondini 
asrash, tuproq sifatini yaxshilash, unumdorligini muntazam ravishda qayta tiklash va oshirish 
davlat tomonidan nazorat qilinadi.
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining mamlakat milliy iqtisodiyotidagi o‘rni juda muhim. 
Mamlakat aholisining 63 % qishloqda yashaydi. Mehnatga yaroqli aholi bandligining 35%
qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri keladi. 
O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy salohiyatini belgilaydigan yo‘nalish qishloq 
xo‘jaligi va yer osti boyliklaridan iboratdir. Qishloq xo‘jaligida barcha etishtiriladigan madaniy 
ekinlar turli xil tuproqlarda o‘stiriladi. Ulardan yuqori va sifatli hosil olish bevosita tuproq 
xossalariga, uning unumdorligiga bog‘liq. SHu boisdan tuproqshunoslik va o‘simlikshunoslik 
asoslari fani asosiy umumkasbiy fanlaridan hisoblanib, ishlab chiqarish texnologik tizimida 
asosiy o‘rinlardan birini egallaydi.
Respublikamizda agrar sanoat juda rivojlangan bo‘lib, tabiiy sharoitlar, iqlim, tuproq va 
suv manbalari qishloq xo‘jalik ekinlari paxtachilik, bog‘dorchilik va poliz sabzovot 
mahsulotlaridan yuqori hosil olish imkoniyatiga egadir. Respublikamizda haydalma yerlar 4 
mln 800 ming gektarni, bundan sug‘oriladigan yerlar 4 mln 200 ming gektarni tashkil qiladi. 
Hozirgi kunda sir emaski, shu intensiv sug‘orilib ekin ekilishidan, dehqonchilikning ko‘p 
yillar mobaynida qo‘llanishidan yerlarimizning 60-70 foizi sho‘rlangan, yuvilgan, eroziyaga 
uchragan yerlarga aylangan yoki turli kimyoviy mineral moddalarning surunkasiga ishlatilishi
natijasida tuproqlarning ekologik holati yomonlashgan.
Davlatimiz har bir sessiya va majlislarida bu narsalarga e’tibor berganlar shu 
muammolarni hal qilish maqsadida Yer kodeksi va kadastrini ishlab chiqish uchun bir qator 
qonunlarni qabul qildilar. 

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling