Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22


Tuproq qoplamining biokimyoviy vazifasi


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/68
Sana23.12.2022
Hajmi1.57 Mb.
#1045093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Bog'liq
859c2567a66b9c9a890d4c3b3f287fe5 TUPROQSHUNOSLIK VA O‘SIMLIKSHUNOSLIK ASOSLARI

4. Tuproq qoplamining biokimyoviy vazifasi. Tuproqdagi kimyoviy elementlar yalpi va 
harakatchan shaklda bo‘lib, harakatchan turlari o‘simliklar tomonidan ildizlari orqali
tuproqning pastki qatlamida S, N, N, O, P, Ca, S, K, Mg, Al, Si, Zn va boshqa kimyoviy 
elementlarni o‘zlashtiriladi. Element tarkibi tuproq hosil bo‘lish jarayonining eng muhim 
tomonlarini ifodalaydi. Elementlarning tarkibiga ko‘ra tuproq genetik qatlamlaridagi farqlar 
aniqlanadi. Masalan, chirindi to‘planadigan akkumulyasiya qatlamida uglyerod, fosfor, azot 
elementlarining ko‘plitgi bilan farqlanadi. Illyuvial qatlamlarda temir, alyuminiy va boshqa 
elementlar to‘planadi.
5.Tuproqqoplamining 
gidrologik 
vazifasi.Tuproqda 
atmosfyera 
yog‘inlaridan 
to‘planadigan bug‘simon suvlar kondensatsiyalanib quyuqlashishi natijasida yerkin suvga 
aylanadi. Hosil bo‘lgan bu suvlar tuproqning pastki qatlamlariga sizib o‘tadi va sizot suvlarini 
hosil qiladi. Sizot suvlarining yer yuzasiga yaqinligi, chuqurligi qanday bo‘lishiga qarab 
avtomorf, gidromorf tuproqlarni hosil qiladi. Tuproq paydo bo‘lish jarayonida suv asosiy 
omillardan hisoblanadi. YOg‘in-sochin suvlari va sizot suvlarning harakati har xil 
geomorfologik zonalarda turlicha bo‘lib, ularning tuproq hosil bo‘lishidagi ta’siri ham har 
xildadir.
6. Tuproqqoplamining atmosfyera va gaz tarkibiga ta’siri vazifasi.Tuproq qoplami unda 
kechadigan azotning to‘planishi, dinetrifikatsiya, kislorod va vodorodning to‘planishi, 
disulfikatsiya, oksidlanish - qaytarilish, nafas olishi va boshqa jarayonlar atmosfyera va uning 
gaz tarkibiga katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Yerni sevib, ardoqlash, uning qadriga etish ajdodlarimizdan, Zardushtiylik va islom 
dinidan qolgan me’rosdir. 
Mislsiz boylik hisoblangan yerni e’zozlaganning, yerni to‘ydirganning umri nurafshon
rizqi mo‘l, ikki dunyosi obod bo‘lishi xaqidagi qanchadan- qancha xalq maqollari, yertaklar, 
dostonlar va qo‘shiqlar «Avesto» ta’limoti asosida SHarqda ko‘plab dunyoga kelgan. O‘zbek 
xalq og‘zaki ijodiyotining barcha janrlarida ona-zamin ulug‘langan. Tariximizda yerning 


7
qadriga etishga da’vat etuvchi xalq og‘zaki ijodiyoti namunalari juda ko‘p: «Yer-don, dehqon 
hazinabon», «Dehqonning hazinasi -yer», «Yer- boylikning onasi, mehnat- uning otasi», «Yer 
el bilan obod, el yer bilan obod», «Yerli bo‘lmaguncha, molli bo‘lmaysan», «Yer to‘ydirar, o‘t 
kuydirar», «Yering bo‘lsa- eyarsan, tog‘ing bo‘lsa to‘yarsan», «Yer olgan- ko‘karadi, yer 
sotgan- quriydi», «Yerni tepma joni bor, urib turgan qoni bor». 
SHuning uchun yerni sevmagan, unga butun borlig‘i bilan mexr qo‘ymagan biron-bir 
o‘zbek yo‘q, deb bemalol aytsa bo‘ladi. Ona zaminni astoydil sevish o‘zbeklar uchun iymon- 
e’tiqod, yuksak odob, madaniyat, ma’naviyatlilik va ma’rifatlilik belgisi ekani Hamid 
Olimjonning «Men o‘zbek xalqi nomidan so‘zlayman!» nomli maqolasida o‘z ifodasini topgan. 
«Mening xalqim o‘z kindigining qoni to‘kilgan tuproqni o‘z onasiday aziz ko‘radi. Qadim 
o‘zbek botirlari uzoq safarga ketganda bir hovuch Vatan tuprog‘ini doim o‘z yonida olib 
yurganlar. CHunki bu tuproq ularga o‘zi tug‘ilgan yerlarini eslatib turgan, xalq oldida ichgan 
qasamini yodga solgan. Vatanga bulgan muhabbatini bir nafas ham unittirmagan. Bir hovuch
tuproq unga o‘z ota-onasini, qarindoshlarini, xalqini eslatgan, uzoq o‘lkalarda bo‘lsa ham, uni 
o‘z Vatanida his qildirgan va qayerda bo‘lmasin, xalqi sha’niga isnod keltirmaslikka, o‘z 
xalqining nomusli sodiq o‘g‘li bo‘lishga chaqirgan. U Vatanni qancha sevsa… ota-onadan
sevimli yordan, qadrdon Vatandan nishon bo‘lgan shu bir hovuch tuproqni ham shuncha 
sevgan. 

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling