Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22
Download 1.57 Mb. Pdf ko'rish
|
859c2567a66b9c9a890d4c3b3f287fe5 TUPROQSHUNOSLIK VA O‘SIMLIKSHUNOSLIK ASOSLARI
11-MAVZU: MOYLI EKINLAR Reja: 1. Moyli ekinlar xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. 2. Kungaboqar ekinlarining botanik va biologik xususiyatlari 3. Kunjut ekinlarining botanik va biologik xususiyatlari Moyli ekinlar deb, urug‘lari yoki mevalarida iste’mol uchun yaroqli, o‘simlik moyi byeradigan o‘simliklarga aytiladi. Moyli o‘simliklarga kungaboqar, maxsar, xantal, raps, kanakunjut, kunjut, ko‘knori, yer yong‘oq kiradi. Ular turli oilalarga mansub o‘simliklardir. Moyli o‘simliklarning xalq xo‘jaligida ahamiyati katta, chunki ularning urug‘idan (mevasidan) yog‘ olinadi. Moyli o‘simliklardan tashqari yog‘ yana tolali o‘simliklardan: paxtadan, zig‘irdan, narkotik ekinlardan nashadan hamda don-dukkakli ekinlardan soyadan olinadi. O‘simlik yog‘i oziq-ovqat, konsyerva sanoatda, to‘qimachilik, sovun olishda, bo‘yoq ishlab chiqarishda, tyerichilik, tabobat, parfyumyeriya sanoatida qo‘llaniladi. Urug‘lardan yog‘ olishda xosil bo‘ladigan chiqindilardan kunjara tayyorlanadi, qishloq xo‘jalik xayvonlari uchun qimmatli oziq hisoblanadi. Kanakunjut chiqindisi plastmassa, kley, kazein tayyorlashda ishlatiladi. Ma’lumki, kundalik insonlar hayotida faqat ikki xil moy ishlatiladi, bular o‘simlik va xayvon moyi. Ammo, iqlim, agrotexnik tadbirlarga qarab o‘simlik moyi 10 martadan 20 martagacha xayvon moyini etishtirishga qaraganda arzonga tushadi. Xayvonlardan olinadigan moylarning tannarxi hamma vaqt yuqori bo‘ladi. O‘simlik moyi xazm bo‘lish jixatidan ham xayvon moyiga qaraganda engil hisoblanadi, hamda, tarkibida xolestyerin moddasi yo‘q. Yer yuzida moyli ekinlar 140 mln. gektar maydonga ekiladi. Eng ko‘p tarqalgan soya (62,6 mln.ga), kungaboqar (18,3 mln.ga), raps (22,2 mln.ga), yer yong‘oq (21,8 mln.ga), moyli zig‘ir (7,5 mln.ga), kunjut (6,8 mln.ga) yer maydonini tashkil etadi. O‘zbekistonda, lalmi sharoitda zig‘ir, kunjut va maxsar ekib kelinmoqda. Sug‘oriladigan maydonlarda takroriy ekin sifatida kunjut, yer yong‘oq va soyani ekish mumkin. Mamlakatimizda asosiy moy byeruvchi xom ashyo chigit hisoblanadi, garchand u moy olish uchun ekilmasada. Tolasi ajratib olingan chigitlar respublika axolisini moy bilan ta’minlovchi asosiy xomashyo hisoblanadi. Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling