Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22
Download 1.57 Mb. Pdf ko'rish
|
859c2567a66b9c9a890d4c3b3f287fe5 TUPROQSHUNOSLIK VA O‘SIMLIKSHUNOSLIK ASOSLARI
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Soya o‘simligi oziq-ovqatda, texnikada, konsyerva
tayyorlashda, em-xashak sifatida ishlatiladi. Donining tarkibida 30-52% oqsil, 17-27% yog‘, 20% uglevod bor. Kulida kaliy, fosfor, kalsiy ko‘p bo‘ladi. Soya diabet bilan kasallangan bemorlar uchun parxez taom sifatida tavsiya etiladi. Soya donining asosiy oqsili glitsin bo‘lib, parchalanganda go‘sht aminokislotalariga tenglashadigan aminokislotalar xosil bo‘ladi. Soya tarkibida glistin aminokislotasi borligi uchun sut va va qatiq maxsulotlarini qayta ishlashda achitqi sifatida foydalaniladi. Soya donidan yog‘, margarin, sut, un, kondityer maxsulotlari va konsyerva tayyorlanadi. Moyi lak bo‘yoq sanoatida, bo‘yoq ishlab chiqarishda ishlatiladi. Dunyo bo‘yicha ishlab chiqarilayotgan o‘simlik moyining 40% ni soya moyi tashkil etadi. Soyaning vatani-janubiy-sharqiy Osiyo bo‘lib, Xitoyda, Xindistonda, Koreya, Indoneziyada ko‘p tarqalgan. Yer yuzida don dukkakli ekinlari orasida birinchi o‘rinni egallaydi va 73,5 mln. gektar ko‘proq maydonga ekiladi. O‘zbekistonda bu ekinga endi e’tibor byerilmoqda. 1998 yili 10 ming ga maydonga ekilgan. O‘zbekiston sharoitida soyadan gektariga 15-40 s don xosili olinadi. Botanik xususiyatlari. Soya Fabaceae oilasiga, Glycine L avlodiga kiradi. Dexqonchilikda soyaning bitta madaniy turi -Glycine hispida Max ekiladi. Bu madaniy tur 4ta kenja turga bo‘linadi: 1)Koreya turi,2) Manjuriya turi, 3)Xind turi, 4)Xitoy turi. Soya bir yillik o‘tsimon o‘simlik, poyasi dag‘al, yashil tusda, poyasining diametri 4-22 mm, usti tukli, baquvvat, tik o‘sadi, syershox bo‘ladi. Bo‘yi 1,5 m gacha etadi. Ildizi o‘q ildiz tuproqqa 1,5-2,0 metrgacha chuqur kirib boradi. Ildizida tuganaklar rivojlanadi. Barglari uchtali, toq patsimon, yon barglari mavjud. Barg shapaloqlari yirik, keng, urug‘i xar xil xaklda va kattalikda. Bargning yuzasi silliq yoki burishgan bo‘ladi. Gul to‘plami barg qo‘ltiqlarida joylashgan, ko‘p gulli, 13-20 ta guli bor. Guli mayda oq yoki och binafsha rangda. Dukkaklari turli shaklda, 1-5 tagacha urug‘i joylashgan bo‘ladi. Bitta tup o‘simlikda dukkakning soni navning xususiyatiga, tuproq iqlim sharoitiga bog‘liq xolda 10-35 tagacha bo‘lishi mumkin. Urug‘i jigarrang, qora, yashil, sariq ranglarda bo‘ladi. 1000 ta urug‘ining vazni 400-520 gr gacha bo‘ladi. Urug‘ining uzunligi 5-17 mm, eni 4-9 mm, qobig‘i silliq, yaltiroq yoki xira bo‘ladi. Biologik xususiyatlari. Soya-issiqsevar o‘simlik. Urug‘ining unib chiqishi uchun minimal tempyeratura 8 0 S bo‘lishi kyerak. Maysalari 2-3 0 S gacha sovuqga chiday oladi. Muqobil xarorat 20-22 0 . Vegetatsiya davri 100 dan 160 kungacha davom etadi. Soya namga juda talabchan. Transpiratsiya koeffitsienti 450-600 ni tashkil etadi. YOrug‘sevar qisqa kun o‘simlik. Soya kislotali, kuchsiz sho‘rlangan, botqoqlangan tuproqlardan boshqa yerlarda o‘savyeradi. Tuproqning optimal rN 6,5-7,0 ga teng. Soya baxorgi bug‘doy, suli, sholi va boshqa ekinlar uchun yaxshi o‘tmishdosh hisoblanadi. O‘zbekistonda soyaning Orzu, Do‘stlik, O‘zbekiston-2, O‘zbekiston-6 navlari ekiladi. Soya g‘o‘za, sholi, makkajo‘xori, jo‘xori, kanopdan bo‘shagan yerlarga ekiladi. Yerni xaydash chuqurligi 22-25 sm bo‘ladi. Yerta baxorda borona qilinadi va ekish vaqtigacha kultivatsiya yoki chizel ishlatiladi. 66 O‘g‘itlashda gektariga 10-15 t. go‘ng, 100 kg fosfor va 50 kg kaliy solinadi. Ekishdan oldin 20-30 kg azot, ekish bilan bir vaqtda 10-15 kg NRK va o‘suv davrida 30-50 kg fosfor solinadi. Soya aprel yoki iyun oylarida ekiladi, keng qatorlab, qator orasi 60, 70 sm, o‘simlik orasi 3-5 sm qilib ekiladi. Ekish me’yori 350-500 ming dona urug‘ yoki 60-100 kgga urug‘ ekiladi. Ekish uchun urug‘ saralanadi, bir tekis, toza, unuvchanligi davlat andozalariga javob byerishi lozim. O‘suv davrida qator orasiga ishlov byeriladi. 3-5 marotaba sug‘oriladi. Xosil don kombayinida yig‘ib olinadi. Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling