Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22
Download 1.57 Mb. Pdf ko'rish
|
859c2567a66b9c9a890d4c3b3f287fe5 TUPROQSHUNOSLIK VA O‘SIMLIKSHUNOSLIK ASOSLARI
Ildizmevali ekinlar
Ildizmevalilar guruxi ildizida oziq moddalari to‘planib boradigan o‘simliklarni o‘z ichiga oladi. Barcha ildiz mevalilar ikki yillik rivojlanish siklini boshidan kechiradi. Birinchi yili ularda ildiz bo‘g‘zida to‘p barglar va zapas oziq moddalariga ega bo‘lgan yo‘g‘on ildiz xosil bo‘ladi. Ildiz mevaning kallagidagi to‘pbarglar qo‘ltig‘idan kurtaklar chiqib, ular birinchi yili odatda o‘smaydi. Ikkinchi yili esa odatda yozilib o‘sa boshlaydi va barg, gul chiqaradigan hamda meva tugadigan poyalar xosil qiladi. Demak, ildizmevalar urug‘dan ekilib, to xosilga kirguncha rivojlanish siklini odatda, ikki yilda o‘tadi. Ildiz mevali o‘simliklar texnika (qand lavlagi), oziq-ovqatda (sabzi, sholg‘om, turp, lavlagi), chorvachilikda (xashaki lavlagi, turneps), tabobatda (sachratqi) qo‘llaniladi. Qishda ko‘kat bo‘lmaganida ildiz mevalilar asosiy shirali oziq bo‘lib qoladi. Em-xashak sifatida barglari ham ishlatiladi. Bu guruxga syersuv, shirali quruq moddasi kam bo‘lgan ildiz mevalilar kiradi.. Bu guruxlardagi o‘simliklar turli botanik oila ( sho‘radoshlar, soyabonguldoshlar, karamdoshlar, murakkabguldoshlar) vakillari bo‘lib, ularning oilasida bir, ikki va ko‘p yillik turlari uchraydi. Respublikamizda ko‘pincha ikki yillik turlari (qand lavlagi, xashaki sabzi, xashaki lavlagi, sholg‘om) ekilmoqda. Bu o‘simliklar tarkibida engil xazm bo‘ladigan oqsil va uglevodlar bor. Ildiz mevalilar xar xil yo‘nalishlarda qo‘llaniladi. Qand lavlagi qand ishlab chiqarish sanoatida, boshqa ildiz mevalilar oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi. Ildizmevalilarni ildizmevasi va barglari chorva mollari uchun muxim ahamiyatga ega, ularni barglari to‘yimli bo‘lib, bargida vitaminlar (vitamin A) ko‘p bo‘ladi. Ildizmevalilar ichida qand lavlagi sanoatda shakar olish maqsadida, xashaki lavlagi esa chorva mollari uchun ozuqa etishtirish maqsadida ekiladi. Ildiz mevalilar tarkibida 10-30% gacha quruq modda bo‘ladi, ko‘p miqdorda qand, kraxmal, tuzlar, xar xil vitaminlar (S, V 1 , V 2 , R, RR, K, E va xokazo) va karotin bo‘ladi.. Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling